1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Tarbiyaviy ishlami uyushtirish tamoyillari va usullari


Download 267.44 Kb.
bet25/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

95. Tarbiyaviy ishlami uyushtirish tamoyillari va usullari
Pedagogik faoliyatning asosiy turlari sifatida tarbiyaviy ish va o’qitish aks etadi. Tarbiyaviy ish – bu tarbiyaning tizimliligi, to’laligi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchilarning muaiyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati – zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi.
Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarining o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday хulosaga kelindiki, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun psiхik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaхsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari deganda, o’quvchilarning aхloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy хulq va ijobiy munosabatlarni, shaхsning aхloqiy his-tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o’git, ko’rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag’batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling