1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


O‘qituvchi faoliyatida diqqatni to‘g‘ri taqsimlay olish qobilyati


Download 267.44 Kb.
bet27/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

98. O‘qituvchi faoliyatida diqqatni to‘g‘ri taqsimlay olish qobilyati
diqqatni to’g’ri taqsimlay olish – bir paytning o’zida bir necha faoliyatni olib borish
Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha obyektlarga bir davrning o’zida o’z munosabatini bildirish. O’quvchi, o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o’z fikrini (yoki o’quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqate’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z shaxsiy xatti-harakatlarini (mimikasi, pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi.


99. Jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari
Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining alohida bir oqimi sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, “yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrimtatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir. 1851-yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk g’oyalarni musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z navbatda jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti birinchi navbatda maorifga bog’liq ekanligini anglab etb, jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishni yangi usuldagi maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan ochilgan yangi usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining ommaviy tus olishiga asosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883- yildan boshlab nashr etla boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv jarayonini tashkil etsh, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va metodik ko’rsatmalar bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi. I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmoiy fikrlar taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek ziyolilari, pedagoglarining kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi. 1893-yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat amaldorlarini va Buxoro amiri Abdulahadni musulmon maktablarini isloh qildirishga ko’ndirmoqchi bo’ladi.



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling