1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Pedagogik muloqotning asosiy funksiyasi (tarkibi)


Download 267.44 Kb.
bet33/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

156. Pedagogik muloqotning asosiy funksiyasi (tarkibi)
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o'qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqotiga ko'plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, awalo, o'qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo'ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o'qituvchiga yo'nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:
1.Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan boiajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O'qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahJil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model­lashtirish.


157.Muloqot turlari va madaniyati
Pedagogik muloqot esa, bu o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda ta'lim va tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo'ladi hamda uning o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta'sir ko'r-satish vazifalari va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo'ladi:

  1. Kommunikativ muloqot.

  2. lnteraktiv muloqot.

  3. Perseptiv muloqot.


158.O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi
O‘qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
1) shaxsga yo‘nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o‘z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko‘pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo‘lishi, tashqi ko‘rinish va nutq madaniyati.


Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling