1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati O‘RQ–637


Download 267.44 Kb.
bet32/35
Sana16.06.2023
Hajmi267.44 Kb.
#1498469
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Pedagogikadan ma\'lumotlar bazasi

153. Tashkilotchilik qobiliyati
Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir.


154. Avtoritar qobiliyatlar
Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi.


155. Pedagogik muloqot haqida tushuncha
Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixo-logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogik muloqotbu o 'qituvchining o 'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o 'zi uchun eng qulay bo 'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.



Download 267.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling