4-Mavzu: nutqning uslubiy turlari
4-Mavzu: NUTQNING USLUBIY TURLARI. -
REJA:
-
Nutq uslublari haqida ma’lumot.
-
So`zlashuv va badiiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari.
-
Rasmiy va ilmiy uslubdagi ahaimtyali jihatlar.
-
Publisistik uslub va uning matbuotdagi ahamiyati.
-
O`qituvchi ish faoliyatida nutq uslublaridan o`rinli foydalanish.
-
-
-
1. O`z nutqini to`g`ri tashkil eta bilish lektorlik va notiqlik san'atini egallashning muhim shartlaridan biridir. Yaxshi lektor (notiq)ning nutqi hamisha mazmunli, tushunarli, ifodali va ta'sirchan bo'ladi. Nutqni to`g`ri tashkil eta bilish klassik notiqlar va lektorlar tajribasini o'rganishdan tashqarii nutq madaniyatini o'qibo lishni talab etadi. Nutq madaniyati qo'yidagi ko`rinishlarga ega: 1) nutqning til madaniyati; 2) nutqning psixologik madaniyati va 3) nutqning aloqa madaniyati (kommunikatsiyasi)
-
Nutq vositasi bilan aloqa bog'lash odamning doimiy ehtiyoji bo'lib, bu aloqa fikr olishuviga xizmat qiladi.
-
Nutq tarixiy taraqqiyot protsessida, ong bilan birga, insonlarda til vositasi bilan aloqa bog'lash, bir-birlariga biror narsa aytish ehtiyoji tug'ilishi natijasida paydo bo'lgan. Mehnat faoliyatida kelib chiqqan nutq-tilning taraqqiyot, tafakkur taraqqiysi bilan birga rivojlana bordi.
-
Til esa ijtimoiy hodisadir. Tilning ijodkori xalqning o`zidir. Har bir avlod o`zidan oldin o'tgan avlodlar foydalangan muomiladangi tilga duch kelad va uni egallab oladi, ya'ni o`zining nutq orqali qiladigan muomilasida shu tildan foydalanadi.
-
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni bir vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi, nutq ham til ham bir-biriga bog'langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har biri til taraxiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog'lash protsessi vujudga kelgan va o'sib borgan.
-
2. Intonatsiya-muomila munosabatining muhim vositasidir. U nutq ta'sirini ko'chaytirish, so`zlar va iboralarning mazmunini aniqlashi yoki buzib ko'rsatishi mumkin. Intonatsiya kishilarning muomila-munosabat protsessida emotsional-iroda munosabatlarini aks ettirdi. Biz intonatsiya yordami bilan sodda gap, so'roq gap, undov gaplar tuzamiz. Intonatsiya nutqni bo'lak-bo'laqlarga, jumlalarga va mazmunan kichik-kichik bo'lakchalarga bo'ladi. Intonatsiya nutqning sintagma to`g`ri bo'linishida va mantiiqiy urg`uning qo'yilishida ifoda qilinadi:
-
Notiq nutqining ta'sirchanligida intonatsiyaning ahamiyati katta. Notiq tinglovchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga, narsaga qiziqish paydo qilish, nutq qaratilgan predmetning xususiyatlarini ularga to`laligicha etkaza bilish uchun nutqda talaffuzga alohida e'tibor berishi lozim.
-
Nutqning til madaniyat lug'at madaniyatini egallashini talab etadi. Bunda notiqning individual lug'ati aktiv ravishda kengayib borishi, nutqg'da so`zlarning to`g`ri va ko'chma ma'nolari ahamiyatining ortib borishi ko`zda tutiladi. Sinonimlar, omonimlar va antonimlardan to`g`ri foydalanish, terminlar va ularni to`g`ri tadbiq eta bilish, chet el so`zlari va qisqartirilgan, murakkab so`zlarni bilish hamda ularni o`z o'rnida ishlatish lug'at madaniyatini egallashning muhim shartidir.
-
Har bir so`zning o`z ma'nosi bor,har bir so`z muayyan bir narsaga yoki narsalar turkumiga,shuningdek, narsalarning muayyan bir belgilariga---ularning xususiyatlariga, bog'lanishlariga,munosabatlariga va boshqa shu kabi belgilarga taalluqlidir. So`zning ma'nosi kishilarning nutq praktikasida bir biri bilan bo'layotgan o`zaro aloqasida ma'lum bo'ladi va kishilarning bir-birlarini tushunishlarini ham ta'minlaydi.Chunki gaplashayotgan kishilarning har biri muayyan bir narsa to`g`risida muhokama yuritadi va har bir so`zni muayyan bir ma'noda ishlatadi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |