1. O'zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana23.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1388354
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

278
3
-modda. Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) 
foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash 
yoxud o‘tkazish va tarqatish 
Himoyalangan kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) 
foydalanish uchun maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini o‘tkazish maqsadini 
ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish — 


eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha 
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
O‘sha harakatlar: 
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; 
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; 
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 
— 
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda 
jarima yoki bir yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
6. Intellektual mulk himoyasi 
intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti 
huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy 
faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, 
jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, 
ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, 
maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari 
va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni 
muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi. 
intellektual mulk huquqi nima? Bu - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli 
huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’yektlaridan o‘z xohishiga ko‘ra, har 
qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. 


Intellektual mulkning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksida mustahkamlangan. 
Ya’ni, kodeksning 19-65-boblarida ixtiro, foydali model, sanoat namunalariga 
bo‘lgan huquq, o‘simliklar yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan 
huquq, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, oshkor etilmagan axborotni noqonuniy 
foydalanishdan muhofaza qilish, fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar 
va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalarini muhofaza qilish belgilangan. 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, intellektual mulkka nisbatan bo‘lgan huquqlarni 
buzish oqibatida tayyorlangan va tarqatilgan nusxalar soxtalashtirilgan (kontrafakt) 
nusxalar deb tan olinadi. Soxtalashtirilgan nusxalar deb, shunday asar va 
fonogrammalar yoki qo‘riqlanishi to‘xtatilgan davlatlardan mualliflik va turdosh 
huquqlar egalarining roziligisiz respublikada qo‘riqlanadigan asar va fonogramma 
(yozuv) nusxalari tushuniladi. Intellektual mulk ob’yeklaridan ana shunday 
g‘ayriqonuniy usullarda foydalanish natijasida fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy 
javobgarlik kelib chiqadi. 
Fuqarolik kodeksining 1040-moddasida intellektual mulkni fuqarolik huquqlarini 
himoya qilinishining umumiy usullari bilan himoya qilinishi mumkinligi havola 
qilinadi. Shuningdek, intellektual mulkni himoya qilishning maxsus usullari belgilab 
qo‘yilgan. Huquqbuzar o‘zining g‘ayriqonuniy harakatlari natijasida ma’muriy 
javobgarlikka tortilsa, bir vaqtning o‘zida unga shu huquqbuzarlik natijasida 


yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lashi uchun fuqarolik javobgarligi 
qo‘llaniladi. 
2019 yil 3 dekabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi 
(O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy 
nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish) yangi tahrirda 
qabul qilindi. Mazkur kodeksning 177-(1)-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh 
huquqlarni buzish), 177-(2)-modda (Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga 
bo‘lgan huquqlarni buzish) nomli yangi moddalar bilan to‘ldirildi. 
Mazkur moddalarda tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat 
namunasini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, 
import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda 
kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza 
qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza 
qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish 
yoki shu maqsadda saqlab turish huquqbuzarlik sifatida e’tirof etildi. 
 
Intellektual 
mulk 
sohasini 
rivojlantirish 
mamlakatimizning 
jahon 
integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk 
obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish 
maqsadida: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling