1. O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish faoliyati va buning statistik tadqiq qilish asosi


O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish faoliyati va buning statistik tadqiq qilish asosi


Download 149.79 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi149.79 Kb.
#1563429
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hisobat

O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish faoliyati va buning statistik tadqiq qilish asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi 1PQ-4291-son “2019 — 2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi davlat Statistika davlat qo’mitasi qarorlari va ushbu qoidalar asosiy tushuncha sifatida foydalaniladi
Unga ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ko'zda tutiladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda.


Shuningdek, farmonda aytilishicha, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlarbundan keyin rejadan tashqari tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (11-qavat) manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Bunda egallab turilgan xonalar uchun ijara haqi va foydalanish xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tijorat banklaridagi depozitlarga mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlarining bir qismi hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosariga shaxsan biriktiriladigan 1 birlik, shuningdek, 1 birlik navbatchi xizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.




  1. Download 149.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling