1. O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida 2
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risida
Download 46.1 Kb.
|
ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN DkA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati subyektlari.
- 6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati.
4. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risida.
Mazkur Nizom “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni olib borish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish, shuningdek chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini yurituvchi davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi faoliyati chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, saqlash, tashish, ko‘mish, qayta ishlash, utillashtirish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi. Quyidagilar chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi. 5. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati subyektlari. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan davlat hisobi va nazoratini olib boruvchi subyektlar hisoblanadi. Chiqindilarning egalari bo‘lgan yuridik shaxslar va ixtisoslashtirilgan korxonalar chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari hisoblanadi. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari quyidagilarga majbur. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladigan statistika hisobotlari ko‘rib chiqilishi va kelishilishini uch kun muddatda ta’minlaydilar. 6. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi. texnologik tartibni, chiqindilarning hosil bo‘lish uchastkalari bo‘yicha alohida — ro‘yxatga olish hujjatlarini, xomashyo resurslari harakatining moddiy balansini va chiqindilarni olib chiqib ketish, zararsizlantirish va utillashtirishning shartnomaviy munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi dastlabki hujjatlarini yuritish. chiqindilarning hosil bo‘lishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilash; -chiqindilarni pasportlashtirish; -chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish; -chiqindilarni ko‘mish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq davlat statistika hisobotini yuritadi. “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” tematik qatlamining atributiv ma'lumotlari jadvali
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o'simlik dunyosi” tematik qatlamining atributiv ma'lumotlari jadvali
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hayvonot dunyosi” tematik qatlamining atributiv ma'lumotlari jadvali
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilishning asosiy natijalari” tematik qatlamining atributiv ma'lumotlari jadvali
Download 46.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling