1. O‘zbekiston Respublikasining mdh davlatlari va gruziya


Download 36.44 Kb.
bet3/10
Sana23.12.2022
Hajmi36.44 Kb.
#1047670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12- mavzu

O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan hamkorigi
Ozbekiston-Qozogiston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 2 032,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Ozbekiston Respublikasi va Turkmaniston ortasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalar qaror topgan bo‘lib, davlatlararo munosabatlarining barcha jabhalarida hamkorlik darajasi yuksalmoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikkа oid hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 2016-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 213 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Muhim strategik xomashyoni eksport qilish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini bergan «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» transmilliy gaz quvurining qurilishi bo‘yicha yirik loyihaning amalga oshirilishi ikki mamlakatning ushbu sohadagi samarali hamkorligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Transport kommunikatsiyalari iqtisodiy hamkorlik borasidagi yana bir muhim yo‘nalishdir. «O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon» yangi xalqaro transport-kommunikatsiya yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan ko‘p tomonlama shartnomaning hayotga tadbiq etilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratadi, tranzit yuklar oqimini ko‘paytirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning muhim omilidir. O‘zbekiston va Turkmanistonning madaniyat va san‘at namoyandalari ikki mamlakatda tashkil etiladigan festival, ko‘rgazma va forumlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.



Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling