Mavzu: korxonani boshqarish. Reja: Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida ob`ektiv zaruriyat sifatida


Download 10.19 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi10.19 Kb.
#1500409
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu korxonani boshqarish-azkurs.org


Mavzu: korxonani boshqarish

MAVZU: KORXONANI BOSHQARISH.

Reja:

 

1. Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida ob`ektiv zaruriyat sifatida

2. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani boshqarishning tamoyillari, maqsad va vazifalari

3. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va vazifalari

4. Korxonani boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari

5. Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari.

BOSHQARUV

ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob`ektiv qonunlari asosida yo`naltirilgan tarzda ta`sir o`tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o`zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir.

Boshqaruv tizimi

Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo`lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko`plab kichik tizimlarni - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko`rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) bo`linmasi, bo`g’ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog’liq bo`lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari shakllantiriladi.

Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo`lib tasniflashimiz mumkin:


  • amalga oshirish muddatiga ko`ra - joriy va istiqbolli;

  • ahamiyat darajasiga ko`ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);

  • boshqaruv ob`ektiga munosabatiga ko`ra - xususiy va umumiy;

  • natijaga erishish darajasiga ko`ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.

Boshqaruv qarori

boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo`g’indir. Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko`p jihatdan qarorlarning to`g’ri qabul qilinishiga bog’liq bo`ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat bo`lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir. U insonning boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida to`plagan tajribasi, bilimi va fikrlash doirasining chuqurligiga bog’liq bo`ladi.


Download 10.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling