1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


partizanlarning axborot urushidir


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
media

partizanlarning axborot urushidir ". Vasilev — Podsoxin, bizning 
davrimizning axborot urushlari haqida gapirar ekan, ular rus ijtimoiy 
tadqiqotchisi A. LEKIN. Zinovyev — „axborotni 
yigʻish, qayta ishlash va 
tarqatish vositalarining jadal rivojlanishi, aloqa vositalarining rivojlanishi, 
odamlar massasini manipulyatsiya qilish vositalarining rivojlanishi va 
odamlarni boshqarishning boshqa omillari“ ni nazorat qilish qobiliyatining 
oʻsishi omillari sifatida qayd etadi. Vasilev-Podsoxin talqinida Zinovyevning 
fikriga 
koʻra, „aksiya qilishning axborot usullaridan keng foydalanishga“ hissa 
qoʻshadigan yana bir omil 
ommaviy madaniyatning odamlar turmush tarzini 
standartlashtirishga 
taʼsiri edi 
.
Axborot urushida hokimiyat tomonidan yaratilgan tuzilmalar ham, alohida 
jamoalar, guruhlar va shaxslar ham qatnashishi mumkin. Axborot urushi uzluksiz 
va nafaqat qurolli kurash paytida, balki tinchlik davrida ham olib boriladi. Axborot 
urushi axborot qarama-qarshiligining eng qiyin turidir.
Qoida tariqasida, axborot urushi usullari 
notoʻgʻri maʼlumotlarni toʻldirish yoki 
maʼlumotni oʻzi uchun foydali boʻlgan tarzda taqdim etishdir
[7] 
.
62-savol.......
O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat hisoblanib,ma lum bir rivojlanish bosqichlarini 
boshidan otkazgan.Mana shu vaqt davomida bu yurtga yaxshi goyalar bilan birga 
salbiy goyalar ham kirib keldi.Bunday salbiy va buzgunchi goyalarga diniy 
ekstrimizm,terrorizm kabilar kiradi. Har qanday ekstremistik va terroristik 
faoliyatning mohiyati o‘zgalar ustidan hukmronlikka yoxud mavjud siyosiy- 
mafkuraviy, ijtimoiyiqtisodiy tartibotga qarshi zo‘ravonlik, daxshat solish, 
jismoniy kuch ishlatish orqali o‘zgalarning g‘arazli maqsadlariga erishishdan 
iboratdir. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi


53 
xavfsizligiga solayotgan zamonaviy tahdidi, terrorizmga qarshi kurashishda 
fuqarolarning ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirishni talab qilmoqda. 
Terrorizm tom ma’noda jaholatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro 
terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, 
bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning 
tajovuzidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bo‘lmoqda, jamiyat 
rivojlanishi ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining 
taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda va tarqalishi ham ekstremizm va 
terrorizmning jahon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda.
Butun dunyo xalqlari diqqat markazida – Iroq va Shom islom davlati (ISHID) 
terrorchi tashkiloti vahshiyona harakatlarini hamon davom ettirmoqda. Birgina 
2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir 
etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlashlarni amalga oshirgan.
XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Padarkush” asarida bu illatning 
kelib chiqishini aytib bergan edi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon, bevatan va 
bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur…” Jaholat 1999 yil 16 fevral kuni 
tariximiz sahifasida o‘zining qonli izlarini qoldirdi. Buyuk shoir bobomiz Alisher 
Navoiy “Johillikdan besaodatliroq nima bor?” – degan ekanlar. Suriyadagi urush 
qurboni bo‘lgan bola o‘limidan so‘ngi so‘zlari butun olamni larzaga soldi desam 
xato bo‘lmaydi. Shifokorlar yaralangan bolaning hayotini saqlashga qancha 
urunishmasin, barcha harakatlar behuda ketdi. Endigina uch yoshga kirgan 
norasida o‘zining o‘lishini sezib, jon taslim qilar chog‘ida ko‘z yoshlari yuzini 
yuvib, shunday dedi: “Hammangizning ustingizdan Ollohga arz qilaman.
Hammasini unga aytib beraman.” Albatta bu so‘zlarni eshitgan odamning nafaqat 
vujudi larzaga, balki ko‘zi yoshga to‘ladi. Mingdan-ming bor shukur, shunday 
jannatmakon, tinch, osuda, go‘zal yurtda yashayman.
Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: 
“Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi 
odamlarning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning 
aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, 
g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.” Odam 
qachon tom ma’noda mustaqil bo‘la oladi? Qachonki, qalbi va ongi, butun vujudi 
uning o‘ziga tegishli bo‘lsa, u faqat o‘z xohishirodasiga tayanib harakat qila olsa. 
Ma’naviy tahdidlar bizni ana shunday buyuk imkoniyatlardan, ya’ni bu dunyoda 
ixtiyori o‘zida bo‘lgan ozod va hur inson bo‘lib yashash baxtidan judo qilmoqchi 
bo‘ladiXulosa shuki, yurtimizda osoyishtalik hukm surayotgan davrda dunyoning 
turli hududlarida keskin qarama-qarshiliklar, to‘s-to‘palonlar sodir bo‘lmoqda. Bu 
esa barchamizni doimo hushyor va sergak bo‘lishimizga da’vat etadi. Demak, 
yoshlarimizda yovuz xurujlarga qarshi kuch-immunitet shakillansa, ularda hech 
qanday tahdid o‘zining zararli ta’sirini o‘tkaza olmaydi. 
Mutaxassislarning 
tadqiqotlari natijasiga ko’ra hozirda internet tarmog’idagi ma’lumotlarning 70-75
%i inson uchun zarar keltiruvchi g’oyalar hisoblanadi. Afsuski bu nisbat yil sayin 
ortib bormoqda.Yangi poligonlarda inson ongini egallash uchun jang qilayotgan


54 
buzg’unchi g’oyalar qatoriga diniy-ekstremizm, terrorizm, missionerlik, “ommaviy 
madaniyat” va turli axborot xurujlarini kiritishimiz mumkin. Yoshlarni muqaddas 
diniy ta’limotlarimiz va qadiriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, xalq dardi bilan 
yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka umid ko’zi bilan boqish kabi ezgu 
tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi desak 
mubolag’a bo’lmaydi.
63-SAVOL......

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling