1. O‘zbekistonda makroiqtisodiy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari
Download 39.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqIkramov Murodjon ON Makroiqtisodiyot
2 VARIANT 1.O‘zbekistonda makroiqtisodiy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari. 2.Yalpi xarajatlardagi o‘zgarishlar. 3.Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Bugungi kunda raqobat kurashi tobora kuchayib, shiddatli tus olayotgan va jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgarib borayotgan murakkab vaziyatda hamda mamlakat aholisi soni va ularning iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabining oshib borishi hisobga olinib, Respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va YaIMning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash vazifalari qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining kelajakda mamlakatni yana-da rivojlantirishga mo‘ljallangan strategik vazifalarida “2030-yilga borib mamlakatimizda YaIM hajmini kamida 2 barobar oshirish...”2 masalasining qo‘yilishi va Prezident Sh.M.Mirziyoyevning – “Makroiqtisodiy barqarorlikni yana-da mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish – eng muhim ustuvor vazifamizdir”3 – deb ta’kidlashlaridan hamda “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da “...yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”4 vazifasining belgilab qo‘yilishi Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash naqadar dolzarb masalalardan ekanligi ko‘rinib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni5 da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Butun jahonda «O‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. iqtisоdiy bоsqichlarni bahоlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammо barcha iqtisоdchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va bоshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdоriga bоg’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, kоrxоnalar o’z tоvar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Bоshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, kоrxоnalarda tоvar va xizmatlarni katta miqdоrda ishlab chiqarish fоydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va darоmadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi xarajatlar miqdоri qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta fоyda оlib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va darоmadlar darajasi оrtib bоradi. Iqtisоdiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi оmillarni o’rganish, iqtisоdiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makrоiqtisоdiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi mikdorini ko`rsatadi. Download 39.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling