1. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanishni tashkil qilishning geografik muhitga va iqtisodiy sharoitga bog’liqligi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 314.72 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi314.72 Kb.
#1516051
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALTERNATIV

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Захидов Р.А. Зеркальные системы концентрации лучистой энергии. Ташкент: Фан. 1986. -176 с.


2. Захидов Р.А., Умаров Г.Я., ВайнерА.А.Теория и расчёт гелиотехнических концентрирующих систем. Ташкент: Фан. 1977. - 144 с.
4-Mavzu: O’zbekistonda muqobil energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar
REJA:

1. Ozbekistonda energiya muammolari.
2. Muqobil energiya – barqaror rivojlanish manbai.
3. Muqobil energiyadan foydalanish istiqbollari.

Dunyo aholisining yildan yilga kopayishi hisobiga, elektr energiyasi bilan bevosita foydalanuvchilar (aholi, firma, minizavod, zavod, fabrika, kompaniyalar) soni ortayotganligi tufayli hozirda butun dunyoda elektr energiyasi tanqisligi vujudga kelmoqda. Shuning uchun ham elektr energiyani tejash maqsadida noananaviy energiya manbalari bilan butun dunyo olimlari shugullanmoqdalar.
Hozirgi kunda xalq xojaligi uchun ishlab chiqarilayotgan energiya turlarining asosiy qismini neft maxsulotlari, tabiiy gaz, toshkomir, slanets kabi orniga yangidan bino bolmaydigan, zaxrasi cheklangai, tabiiy boyliklarni iste’moli xisobiga xosil boluchi energiya tashkil etishi kopchilikka ma’lum
Ayniqsa, bunday tabiiy boyliklarni sarfi bizni mamlakatimizda katta miqdorni tashkil etadi.
Agar bashariyat nelajakda xali qollanilishi odat bolmagan energiya turlaridan: quyosh, shamol, dengiz va okeanlar yer osti issiqligi kabi energiya manbaalaridan unumli va arzon foydalanishning yangi usullarini kashf qilinmas ekan energetik inqiroz yuz berishi muqarrar.
Shunday ekan tabiiy yoqilgilarni iloji boricha tejash, ayrim soxalarda ulardan foydalaiib ishlovchi mexanizm va . energetik iste’molini boshka turdagi noananaviy ya’ni xali ishlatilishi odat tusiga kirmagan energiya manbaalari xisobiga ta’minlash shu kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Energiya sayyoramizdagi barcha mavjudotlar va osimliklarning hayotiy ehtiyoji hisoblanib, u ishlab chiqarishni takomillashtiruvchi muhim omillardir.
Muqobil energiya manbalari va ularning yangi turlarini ozlashtirish barobarida kelajak avlod uchun qayta ishlanmaydigan zahiralar (gaz, neftь, komir)ni saqlab qolish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Iste’molchilarning energiyaga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojini tola qondirish, bu jarayonda atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish vazifasi energetika sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirishni, qayta tiklanuvchan, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni taqozo etayotir.
Demografik va statistik xisoblashlar shuni kursatadiki, 21 asrning oxiriga kelib axoli soni 12 mlrd kishini tashkil kiladi. Usha davrga borib dunyo axolisining kishi boshiga togri keladigan energiyasi 20 kvt yil bu degani 7,312 Mvt energiyaga togri keladi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda ishlab chikarilayotgan energiya kursatkichi (AKD1, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Frantsiya, va Yaponiya) 10 kvt yilni tashkil kiladi. Bu kursatkich 6% ni, ishlab chikarilayotgan energiya 22% davlatda esa 7 kvt yilni 72% davlatda esa 2 kvt yilni tashkil kiladi.
Olimlar va mutaxassislarning fikricha, kuzatilayotgan global isish jarayonlari va boshqa tabiat anomaliyalari kop jihatdan organik yoqilgi turlaridan foydalanadigan issiqlik elektrstansiyalari, sanoat korxonalari ishlashidan hosil boladigan gazlarning, shuningdek, ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan ishlatilgan gazlarning atmosferaga chiqarib tashlanishi bilan bogliq.
Holbuki, uglevodorod xomashyosini tejash va tabiatning ekologik holatini yaxshilash qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan faol foydalanish yoli bilan ta’minlanishi mumkin. Mazkur energiya turlarining afzalligi shundaki, ular uglevodorod resurslarini elektr toki ishlab chiqarish maqsadida shunchaki yoqib yuborish orniga, ulardan neft kimyosi sanoatida foydalanish uchun bu resurslarni boshatib olish imkonini beradi.
Toza ekologik energiyani qayyerdan va qancha miqdorda olish mumkin.
Dengiz tulqinlaridan- 0,03q
Shamol yordamida 0,04 q
Suv resurslari hisobiga -0,065 q
Quyosh nurlari hisobiga 10 q
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanish borasida ulkan imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarida yilning qariyb 350 kuni quyoshli boladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko`p.17:33

Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qol keladi.
Ozbekistonda qayta tiklanadigan enegiyaning yangi potentsiali deyarli 51 mlrd. t.n.e. ni tashkil etadi. Unda gidro energiyaning hissasi 9.2 mln.t.n.e. Quyosh enegiyasi 50973 mln t.n.e. Shamol energiyasi.2.2 mln t.n.e. va geotermal energiyasi hissasi esa. 0.2 mln t.n.e. dir. Umumiy texnikaviy potentsiali esa 179 mln t.n.e. ni tashkil etadi(gidro–1.8, quyosh– 176.8, shamol–0.4 mln t.n.e.) Hozirgi vaqtda mavjud texnikaviy potentsialdan bor yogi 0.3 foizi foydalanilmoqdaki, bu ham bolsa gidroenegiya hissasiga togri keladi. Ozbekiston daryolarining texnikaviy potentsiali 21 TVt soat bolib shundan kichik gidroenegetika hissasi 10.4 TVt soatni tashkil etadi. Umuman daryolarimiz, suv havzalari va konlardagi umumiy quvvat 5,8 GVt soat bolgan 250 ta GES larni qurish imkoniyatlari mavjud. Hozirgi vaqtda bu potentsialning uchdan bir qismidan foydalanilmoqda: 31 ta GES 1,7 GVt quvvat bilan ishlab, yiliga 5,0–7,0 TVt soat elektr energiya xosil qilmoqda.
Respublikamizda qayta ishlangan energiya manbalaridan foydalanishni joriy etishning asosiy omillari — chekka hududlarga energiya yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etish, fermer xojaliklarida energiyadan foydalanish darajasini oshirish, chuqur quduqlar qazish va elektr nasoslardan foydalanish orqali suv bilan ta’minlash ishlarini yaxshilashdir. Bundan tashqari aholi soni kopayishi natijasida energiyaga bolgan talab bir necha marotaba ortib, bu holat atrof-muhit ifloslanishi hamda kelajakda tabiiy energiya zahiralari yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Aytish kerakki, energiya bilan ta’minlash jarayonida quvvatni yangi texnologiyalar asosida qayta ishlash an’anaviy energiya bilan ta’minlash uslublariga qaraganda ancha arzonga tushadi. Bugungi kunda fermerga irrigatsiya tadbirlarini mustaqil ravishda olib borish imkonini beruvchi muqobil energiya manbalari (artezian quduq suvlari bilan sugorish) muhim ahamiyat kasb etadi. Suvni chuchuklashtirish, fermer xojaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlarida ham shunday hollar uchraydi. Texnik jihatdan olib qaraganda, avtomatlashtirilgan va kompьyuterlashtirilgan boshqaruv tizimlari sharoitida qishloq xojaliklarida muqobil ish jarayonlarini yaratish qiyinchilik tugdirmaydi.
Quyosh va shamol energiyasida ishlovchi modulь tizimlarining ustunligi ularning ekologik jihatdan tozaligidir.Olim va mutaxassislarimiz bu borada keng qollaniladigan zamonaviy texnologiyalarni yaratish boyicha koplab loyihalarni taklif etmoqda. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan ilgor texnologiyalarni amalga keng joriy etish, quyosh, biomassa, suv va shamol energiyalaridan foydalanishning yangi va samarali usullarini izlab topish maqsadida Ozbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi huzurida “Eko-yenergiya” ilmiy-tadbiqiy markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz tashabbusi bilan yurtimizning turli hududlarida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan koplab fotoyelektr stansiyalari ishga tushirildi.Toshkent, Fargona, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida qishloq vrachlik punktlari va boshqa inshootlarga quyosh va shamol kollektorlarini ornatish boyicha amalga oshirilayotgan tadbirlar tabiiy gazni tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rivojlantirish hamda energetika ta’minotini yaxshilash imkonini berayotir.
Muqobil energiya turlari, chunonchi geotermal energiyaning, quyosh, suv, shamol va biomassa energiyasining (shu jumladan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishdan olinadigan energiyaning) imkoniyatlari katta.
Umuman yashindan ham energiya olish mumkin. Yashin ulkan elektr uchkunidir. Yashinda tok kuchi juda ulkan va odatda 10000 dan 1000000 A gacha boladi. Yashin yuzaga kelish arafasida yer bilan bulut orasidagi kuchlanish 108 -109 Volьtga yetadi. Yashin razryad ining davomiyligi juda qisqa mikrosekund tartibida. Shuning uchun xar bir aloxida yashinda utadigan umumiy zaryad miqdori uncha katta bo`lmaydi.Buning uchun yangi texnologiyalar yaratib elektr energiyasi olish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Захидов Р.А. Зеркальные системы концентрации лучистой энергии. Ташкент: Фан. 1986. -176 с.


2. Захидов Р.А., Умаров Г.Я., ВайнерА.А.Теория и расчёт гелиотехнических концентрирующих систем. Ташкент: Фан. 1977. - 144 с.
Download 314.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling