1. O’zbekistonning diplomatik munosabatlari va tamoyillari Kanada bilan O’zbekistonning diplomatic munosabatlari
Download 201.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Safarova Hayitgul
Õzbekiston va Kanada orasida deplomatik va iqtisodiy aloqalari Reja : 1.O’zbekistonning diplomatik munosabatlari va tamoyillari 2.Kanada bilan O’zbekistonning diplomatic munosabatlari 3.Iqtisodiy munosabatlar 4.xulosa 5.foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Mustaqillik yillarida Оʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta оʻzgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar оʻtkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yоʻnaltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun- mohiyatini tahlil etish, turli xil yot gʻoyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu оʻrinda ta’kidlash kerakki, Oliy оʻquv yurtlarida Оʻzbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur оʻrganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi оʻrnini, davr qahramonlarini, ayniqsa оʻzining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini tоʻgʻri va tоʻliq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi xaqida sоʻz ketganda, avvalo 1991 yildan beri mamlakatimiz bosib оʻtgan tarixiy yоʻlning mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday оʻtganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir. Оʻzbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish, ilmiy, ilmiy- ommabop, оʻquv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar оʻquvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida: Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari tоʻgʻrisida»gi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq Oliy va Оʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashi Оʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Оʻzbekistonning eng yangi tarixi bоʻyicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi. Jamoatchilik kengashi Оʻzbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va оʻqitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, оʻquv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga kоʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. SHu qarorning mazmun maqsadidan kelib ushbu оʻquv- uslubiy qоʻllanmani tayyorlashni maqsad qildik. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini оʻqitishning maqsadi – mustaqillik yillarida Оʻzbekiston Respublikasida yuz bergan muhim оʻzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini kоʻrsatish va jamiyat haѐtida talabaning оʻrnini, оʻzligini anglatishdan iborat. Оʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini оʻqitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida Оʻzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy gʻururni shakllantirishdan iborat. Download 201.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling