1. O’zbekistonning diplomatik munosabatlari va tamoyillari Kanada bilan O’zbekistonning diplomatic munosabatlari
O‘zbekiston Kanada bilan Toshkentda viza markazini ochish
Download 201.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Safarova Hayitgul
O‘zbekiston Kanada bilan Toshkentda viza markazini ochish
masalasini muhokama qildi 31-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Kanadaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekle rni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar rasmiy vakili xabar berdi Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Kanada elchisi O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni yuksak baholagan. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan izchil harakatlanishda davom etayotgani e’tirof etilgan. Kanada hukumati O‘zbekistonga bu yo‘nalishda ko‘mak berishga tayyorligi aytib o‘tilgan. Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda ushbu mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikda kadrlar tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Oʻzbekistonning Kanadadagi elchixonasi (qarorgohi Vashingtonda) Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasining Yevrosiyo boʻyicha bosh vakili Darsi Ferron, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha mintaqaviy direktori Robert Kemeron bilan muzokaralar oʻtkazdi. Videokonferensiyada elchi Javlon Vahobov yirik investitsiya loyihalari doirasida respublikaning xorijiy moliya institutlari bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari haqida batafsil soʻzlab berdi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, xorijiy eksport kredit agentliklari kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oʻtildi. Shuningdek, ishtirokchilarga neft-gaz va togʻ-kon sanoati, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, turizm va boshqa sohalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Darsi Ferron Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va chet el biznesi uchun ochilayotgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda, Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasi respublika hukumati va moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini katta qiziqish bilan oʻrganayotganini taʼkidladi. Korporatsiya Kanada kompaniyalaridan arizalar kelib tushsa, Oʻzbekistondagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha takliflarni qabul qilishga tayyor ekani maʼlum qilindi. Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasining Istanbuldagi vakolatxonasi Oʻzbekiston yoʻnalishini muvofiqlashtiradi, shuningdek respublikada biznes qilishni rejalashtirgan Kanada kompaniyalariga yordam beradi. Darsi Ferronga koʻra, soʻnggi besh yil ichida korporatsiya Oʻzbekistonga, asosan, qishloq xoʻjaligi va togʻ-kon sanoatini rivojlantirish uchun Kanada kompaniyalari hamda 4 ta kichik va oʻrta korxonaga 7,6 million dollar ajratgan. Suhbat davomida korporatsiya vakillari elchixonaning Oʻzbekistonda Kanada ilgʻor texnologiyalari asosida goʻsht ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi. Elchining taʼkidlashicha, 2020-yil respublikada chorvachilik sohasida 84 yangi loyiha amalga oshiriladi va goʻshtni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi. Muzokaralarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi delegatsiyasining mol goʻshti yetishtirish va eksport qilish, shuningdek, qoramollar soni boʻyicha Kanadada yetakchi boʻlgan Alberta viloyatiga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Oʻz navbatida, Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha mintaqaviy direktori Robert Kemeron korporatsiya Kanada kompaniyalarining 184 ta xorijiy mamlakatda investitsiyalarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Mijozlarni chet elda qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish maqsadida korporatsiya 17 mamlakatda oʻz vakolatxonalarini ochgan. Bundan tashqari korporatsiya 200 dan ortiq tashqi bozorda, shu jumladan 130 rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritadigan kompaniyalarga yordam beradi. Natijada, korporatsiyaning bevosita koʻmagi bilan 2019-yilda 510 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilgan, shuningdek, Kanadaning 542 kompaniyasi va xalqaro moliyaviy institutlar oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatishda yordam koʻrsatgan. Uchrashuv yakunida Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasi vakillari Oʻzbekiston bozoriga kirish va biznes loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan Kanada kompaniyalari bilan hamkorlikni oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganishni tasdiqladi. Shuningdek, Kanada tomoni respublikaga investitsiya loyihalarini taqdim etish uchun Kanada biznes hamjamiyati orasida qoʻshma onlayn-biznes brifinglarni tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasi 1944-yil Kanada kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi kunda korporatsiya Kanadadagi korxonalarga eksportni moliyalashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan asosiy moliya institutidir. Kanada korxonalarining tashqi iqtisodiy operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash doirasida korporatsiya oʻz mijozlariga eksportni sugʻurtalash, eksportni kafolatli qoʻllab-quvvatlash va eksportni moliyalashtirish, shuningdek konsalting xizmatlarini taklif etib kelmoqda Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tomonlar Toshkent shahrida Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olingan. Oʻzbekiston-Kanada parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi Joriy yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyevning Kanada-Oʻzbekiston doʻstlik guruhi raisi Z.Abultaif bilan videokonferensiya formatida uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar siyosat, iqtisodiyot va parlamentlararo hamkorlik sohalarida Oʻzbekiston-Kanada hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi. Bundan tashqari, uchrashuvda taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish, xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Alberta universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Parlament aʼzosi bu sohadagi hamkorlik istiqbollarini qayd etib, Kanadaning tegishli muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va axborot almashish, ilmiy-uslubiy resurslarni jalb etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlari va stajirovkalarni tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini bildirdi. Kanada parlamenti vakillari bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston- Kanada parlamentlararo munosabatlari masalalari yuzasidan doimiy aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Shu kunlarda O'zbekiston-Kanada aloqalari faollashgan . O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Kanada bilan munosabatlarga ham mas'ul. Vahobov sal oldin Ottavada bo'lib muzokaralar o'tkazgan edi. Bu hafta Vashingtondagi elchixona va Kanada parlamenti orasida muloqot kechgan. Reychel Bendayan, Kanada Qonunchilik palatasining liberal a'zosi hamda Kichik bizneslar, eksport masalalari va xalqaro tijorat vazirligiga parlamentdan turib kotiblik qiluvchi siyosatchiga ko'ra, uning davlati O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlaydi va bu borada ko'maklashadi. O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov va Kanada parlamenti a'zosi Reychel Bendayan onlayn muloqotda Kanada va O'zbekiston orasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqida gap ketgan. Kanada respublika bilan qishloq xo'jaligi, konchilik, mashinasozlik va turizm sohalarida yaqindan ishlamoqchi. Parlamentlararo hamkorlik yo'lga qo'yiladi va ikki davlat orasida rasmiy safarlar va almashinuv jadallashishi kutilmoqda. O'zbekistonda Kanada elchixonasi yo'q. Yaqin kelajakda ochilishi ehtimolini rasmiylar inkor etmaydi O‘zbekiston Kanada bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini rivojlan tirishga muhim e’tibor qaratmoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o‘rnatilgan. Ikki tomonlama aloqalar O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingto n shahrida bo‘lgan Kanadadagi Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan O‘zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib kelmoqda. Ikkitomonlama munosabatlarda tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida olib borilayotgan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar muhim ahamiyatga ega. Ikkitomonla ma hamkorlikni mustahkamlash uchun “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda amalga oshirish o‘zaro muloqotlarga tizimli tus berilmoqda. Davlatlaro‘rtasidagi o‘zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Tomonlar o‘rtasida, xususan, Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (CERBA) orqali o‘zaro savdo- iqtisodiy hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etmoqda. Jumladan, Kanada delegatsiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan «UzMining Expo-2017» Xalqaro ko‘rgazmasida eng faol ishtirokchilaridan bo‘ldi, diplomatik munosabatlarining 25 yilligi arafasida esa, Toshkentga tog‘- konsanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes- jamiyati vakillaridan iborat ikki davlat hamkorligi tarixidagi eng ulkan b iznes-delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi. Download 201.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling