1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
#21..Farg'ona voqealari.1989-yil may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi. Shu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov “...o‘shanda barcha voqealarning ildizi – Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘liq edi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman, vodiy viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga taʼminot va daromad manbayini topib berish zarur edi. 1989-yilning iyul oyiga qadar Farg‘ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini taʼminlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989-yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oladi. O‘sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Аndijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ldi. 1989-yilning 23-iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo‘lib saylangan kunining ertasigayoq, yaʼni 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg‘ona voqealariga bag‘ishlangan katta majlis o‘tkazadi. 1989-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga munosabati haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga “ko‘nikmagan” mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 1989-yil 8-iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. Umuman 3-12-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling