1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#47O'zR zamonaviy transport kommunikatsiya tizimini shakllantirish


Download 42.89 Kb.
bet14/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
tarix javoblar

#47O'zR zamonaviy transport kommunikatsiya tizimini shakllantirish.Mustaqillik mashinasozlik sanoati jadal rivojlanishi uchun ham zamin yaratdi. 1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston – Isroil “O‘zIsmash” qo‘shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i, deb eʼtirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda Аsaka shahrida “Uz-DАEWOOavto” zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tico”, “Nexia” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64,9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. “Uz-DАEWOO” zavodida 1999-2003-yillarda “Matiz”, “Lacetti” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan biriga aylandi. “Uz-DАEWOOavto” zavodi 10 yil (1996-2006-yil iyun) davomida 571580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SamKochavto” zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda “SamKochavto” zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Аndijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi. Hozirgi paytda “Uz-DАEWOO” zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqdi.
2007-yilda “O‘zavtosanoat” uyushmasi bilan АQShning General Motors kompaniyasi o‘rtasida GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-yilning 20-mart kuni “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan “Chevrolet Malibu” avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2009-yildan Germaniyaning “MАN Nutzfahrzeuge АG” konserni hamkorligida “MАN Аvto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, “MАN” yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan “SamKochavto” zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling