1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
#50 O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 51Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasi.
#50 O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati.
Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Norma’ning xabar berishicha, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Yoshlar kuni arafasida hukumat dasturi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi.Dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.Hujjat bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2022-2023 yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish; “yoshlar bo‘sh vaqti - yetakchi ish vaqti” tamoyili asosida tashabbus olimpiadasini o‘tkazish, yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish; #51Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasi.2021 yil 22 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Men parlamentda yoshlarni qo'llayman” (I SAY YES TO YOUTH IN PARLIAMENT) mavzusida yoshlar parlamentlari forumi tashkil etildi.Ushbu forumda Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, akademik Akmal Saidov, Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo'yicha komissiyasi hamda Yoshlar parlamentlari a'zolari ishtirok etdilar.Ta'kidlanganidek, Parlamentlararo ittifoq — turli davlatlarning milliy parlament guruhlarini birlashtiruvchi xalqaro (hukumatlar qaramog'ida bo'lmagan) tashkilotlardan biri. 1889 yil tuzilgan. Asosiy vazifalari: parlamentlar o'rtasidagi shaxsiy aloqalarni rag'batlantirish va xalqaro tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat ko'rsatish uchun ularni birlashtirish. Parlamentlararo ittifoq faoliyatida 170 dan ortiq davlatning parlament guruhlari qatnashadi. Parlamentlararo ittifoq kotibiyatining qarorgohi — Jeneva shahrida joylashgan.Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida, jumladan O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda erishilgan natijalarni, yoshlarning davlat boshqaruvi va parlamentdagi ishtiroki masalalarini keng muhokama qilish.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo'mitasining raisi o'rinbosari Akmal Saidov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan o'rin olgan “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” - degan fikrlari yer yuzidagi har bir mamlakat uchun birdek ahamiyatli ekanligini ta'kidlab, O'zbekistonda so'nggi yillarda yoshlarga qaratilayotgan mazmundor islohotlar haqida so'z ochib, yoshlar huquqlarini ta'minlashda O'zbekistonning xalqaro minbarlardan bildirayotgan tashabbuslari alohida e'tibor bilan qabul qilinayotganini ta'kidladi. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling