1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#55.O‘zbekiston xalqining milliy va diniy qadriyatlarini tiklash masalalari


Download 42.89 Kb.
bet19/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
tarix javoblar

#55.O‘zbekiston xalqining milliy va diniy qadriyatlarini tiklash masalalari.Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar milliy madaniyatimiz tarixini o'rganishning unga xolisona baho berish, chunonchi o'zbek falsafasidagi ma'naviy me'rosimizni o'rganish, tarixiy yodgorliklarimizni asrash, milliy, diniy qadriyatlarning tiklanishi tabiiy va ijtimoiy borliqqa yangicha munosabatning shakllanishi, shaxs erkinligi va haq - huquqlarining oliy qadriyat sifatida e'tirof etilishi, yuksak qadriyatli ong va dunyoqarashning qaror topishini ta'minlamoqda.
Darhaqiqat, yoshlar ma'naviy barkamol, yetuk shaxs sifatida erishuvining muhim yo'nalishi ular ongida milliy urf-odat va an'analarni shakllantirishdir. Milliy urf - odatlar hayotimizning har bir sohasiga singib ketgan bo'lib, bu urf - odatlar bizni aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni ko'rsatuvchi izoh, ya'ni bizni kim ekanligimizni isbotlovchi dalil hisoblanadi. Chunki ma'naviy, barkamol yoshlarni o'ziga xos bo'lgan milliy urf - odatlar xayr - saxovat, mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm - hayo, iffat, bosiqlik, ulug'vorlik, sabrlilik kabi ma'naviy fazilatlar, mehmondo'stlik, bag'rikenglik, bolajonlilik, oqko'ngillilik, mehnatkashlik kabi milliy qadriyatlar aynan urf - odat, an'analarda qaror topadi. Shunday ekan milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o'ziga hurmat bilan qarashning asosiy belgisidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy - ma'naviy boyliklar bilan qo'shilib, yangi zamonaviy qadriyatlarni yaratadi va taraqqiyotimizni tezlashtiradi, g'oyaviy va ma'naviy poklanishni ta'minlashga ko'maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning ayniqsa yoshlarning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi ma'naviy - axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo'lib hisoblanadi.
#56.Talim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish.O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab berdilar.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling