1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
#57.Oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni takomillashtirish masalalari
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kinematografiya va sanatni rivojlanishi.
#57.Oliy ta'lim va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni takomillashtirish masalalari.Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
2013-yilning 1-yanvaridan boshlab doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilinishi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi. O‘tgan davr ichida barcha zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi, o‘rnatilgan talablarga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarining faoliyati, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish tashkil etildi. Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur’atlar oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. #58.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda kinematografiya va sanatni rivojlanishi.Mamlakatimiz kino san’ati bir asrdan ziyod tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu davr mobaynida o‘zbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi.Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya rivojiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan katta e’tibor natijasida sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Mazmun va shakl jihatidan rang-barang kino asarlar yaratilib, ular tomoshabinlar e’tiborini qozondi.O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz ko‘rsatkichlari belgilansin: 2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan to‘liq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish;2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda — 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish;multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling