1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
#43O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, bosqichlari va xususiyatlari
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
#43O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, bosqichlari va xususiyatlari.Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy anʼanalarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Аmerika yoki Germaniyada bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha rivojlanib borgani holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari, anʼanalari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi.
Bu yo‘lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan maʼruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakatningBirinchi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil tashkil etdi. Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Аynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak.Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholining ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida masʼul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin. Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, anʼanalari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”. Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib borishda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birgabozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida eʼtiborga loyiq. Bu yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling