20. 21-аср арафаси ва бошларида халкаро ахвол.Узбекистон ташки сиесатининг асосий тамойиллари
Xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
Xalqaro vaziyatning o'zgarishi. XXI asr bo'sag'asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90— yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam
o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligj, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog'lom skologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |