1. Ozbekistonning eng yangi tarixining organishning siyosiy va ijtimoiy ahamiyati?
Download 126.79 Kb.
|
Tarix imtixon javoblari.WPS Office
12. Узбекистонда сиёсий ислохотлар.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda. Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: • Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; • Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; • Ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi; • Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi; • Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo'li tanlandi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990 —yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994—yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o'z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. Oliy Majlis.l992— yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamen-tining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo'ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko'rildi. 1993— yil 28-dekabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida", 1994— yil 22-sentabrda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'p partiya-viylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo'Iishi belgilandi.1994—yil 25-dekabrkuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko'p partiyaviylik va muqobillik asosida saylovlar o'tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Nomzodlarning birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995— yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo'ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.Oliy Majlis 1995-1999—yillarda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo'lni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konvensiyalarga qo'shilish to'g'risida 58 ta qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999— yil dekabrda saylovlar bo'lib o'tdi. Saylovlarda 7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O'zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi.O'zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo'lib o'tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O'zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bir palatali O'zbekiston Respublikasi parlamenti - Oliy Majlisi 1995-2004— yillarda o'z faoliyatini quyidagi yo'nalishlarda samarali olib bordi: • O'zbekistonda o'tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; • qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; • parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; • shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish; • amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o'rgangan holda olib borish; • joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko'rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004— yillarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e'tiborga olish, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o'rin egalladi. Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi.Prezident Islom Karimov 2000—yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Rcs- publikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o'tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o'tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o'tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001—yil 6-7-dekabr kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002— yil 27-yanvar kuni "Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?" degan masalada referendum bo*lib o'tdi. Referendumda qatnash-ganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar.2002—yil 4-5-aprel kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida "Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to'g'risida" Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo'yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata - Senat deb ataldi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002—yil dekabrda bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'ninchi sessiyasida "O'zbekiston Res-publikasining Qonunchilik palatasi to'g'risida", "O'zbekiston Respub-likasining Senati to'g'risida" Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar sena-tordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o'zgarishlar 2003—yil aprelda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgarti-rishlarda ham o'z ifodasini topdi. 2003—yil 29-avgustda "O'zbekiston . Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida"gi Qonunga o'zgar-tirish va qo'shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllan-tirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004—yil dekabr - 2005—yil yanvar oylarida mamlakatimizda Як bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hudu-didan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005—yil 27-yanvar kuni bo'lib o'tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko'ra yashirin ovoz berish yo'li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilovni sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o'rinbosari etib saylandi, qo'mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etildi va ro'yxatga olindi.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005—yil 27-yanvar kuni bo'lib o'tgan birinchi majlisida Prezident tavsiyasiga muvofiq, Senat a'zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Murod Sharifxo'jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek, 2 nafar senator Rais o'rinbosarlari etib saylandi, Senat qo'mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005—yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamentni shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va faoliyat yutitmoqda. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o'rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi roli ortdi. Prezident vakolatlarining bir qismi -davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar vaxalqaro tashkilotlardagi diplomatikvakillarni tayinlash vatasdiqlash Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi. O'zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an'analarini o'zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat - Vazirlar Mahkamasi tuzildi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hoki-miyatni amalga oshiradi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalari raislari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ко'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig'iga binoan xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi. Sud hokimiyati. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993—yil 2-sentabrda qabul qilingan "Sudlarto'g'risida" gi qonun asosida sud islohotlari o'tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonun-lashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta'minlandi. O'zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlash yo'lida faoliyat ko'rsatmoqda.Malialliy davlat hokimiyatiMilliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqib, "O'zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq 1992—yil yanvaridan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik tashkil etildi. Hokimiyat qoshida ijroiya apparati tuzildi.Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, davlat va fuqarolarning manfaatini ko'zlab o'z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadi.Hokim va uning ijroiya apparati joylardagi korxona va muassasalarga rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlariga mos ravishda hal qilish bilan shug'ullanmoqda.Boshqaruv sohasidagi ishlohatlar.O'zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishni ta'minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkama-chilik va ma'muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o'zini-o'zi idora etishga o'tildi. Ma'muriy-buyruqbozlik, to'rachilik tizimining o'zagini tashkil etgan Davlat reja Qo'mitasi, Davlat ta'minot Qo'mitasi, Davlat narxlar Qo'mitasi, Davlat agro-sanoat Qo'mitasi va boshqa qo'mitalar, vazirliklar, ularning ma'muriy apparatlari tugatildi.Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o'zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakilatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo'linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik - tijorat banklari -"O'zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O'zjamg'armabank", "G'allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi.Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq Qo'mitasi, Bojxona Qo'mitasi tuzildi. Davlat nazorati Qo'mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimi-yatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi.Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat Qo'mitasi tashkil etildi, Bu qo'mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo'mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko'chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzil-malarini tashkil etmoqda.O'zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo'yicha tarmoq vazirliklari tugatilib. ular o'z-o'zini mablag' bilan ta'milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo'jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o'zgardi.Umummilliy ahamiyatga molik bo'lgan tarmoqlarda, masalan, turizm, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.Shunday qilib, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri o'tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqaro-laming o'zini o'zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazib borilmoqda. 2001-2005— yillarda boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 foizga qisqartirildi. Download 126.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling