1. O’zebek davlatchiligining shakllanishi O’zbek tarixiga doir davr


Download 24.98 Kb.
bet2/3
Sana24.10.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1719029
1   2   3
Bog'liq
Tarix mustqil ish (oziq-ovqat)

2.O’zbek tarixiga doir davr
Katta Xorazm davlati tarkibiga Amudarening quyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg’ab vahosi va Parfiya xududlari, Baktriya davlati tarqibiga esa xozirgi Surxandaryo, Tojikistonning Amudaryoga yoki erlar va Shimoliy Afganiston xududlari, Sug’diena — Zarafshon daryosidan suv ichgan erlar va Qashqa vahosi xududlari kirgan.
Markaziy Osiyo xalqlari mil. avv. VI-IV asrlarda, ya’ni qarayib 200 yil mobaynida Eron ahamoniylari xukumronligi ostida yashadilar.
Faqat mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.
Iskandar Zulqarnayn Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, mil.avv. 329 yilning bahorida Xindikush tog’idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi.
Bosqinchilarga qarshi umum xalq urushi e’lon qilgan Baktriyaliklar, so’g’ienaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qiladilar.
Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkordalardan bo’lgan Spitamen boshchilik qiladi.Mil.avv. 327 yilning oxirlarida Sug’diena Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo’zg’olon bostirildi.

Mil.avv. IV asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Curiya va sharqqa bo’linib ketadi. Suriyadan to Markaziy Osiyo Hindistonchaga Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkadarlaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining mil. avv. 312 yldan 250 yilgacha bo’lgan tarixi salavkiylar tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.


Mil. avv. 250 yillagacha kelib, Markaziy Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Baktriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baktriya davlatlarining asosi Baktriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida Xindistonning shimoliy-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baktro shahri edi.
Yunon-Baktriya m.a. II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak kabilalari xujumi natijasida butunlay inqirozga uchradi.Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan qadimgi parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan.
Mil. avv. II-I asrlarda M.Osiyoda mavjud bo’lgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy ma’lumotlariga ko’ra mil. avv. II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko’p bo’lib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi.Davon qishloq xujaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi.
Mil. avv. III asrning boshlarida payda bo’lgan yana bir davlat Kang’ davlati edi. Bu davlatning xududi dastlab Sirdaryoning o’rta oqimidagi erlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog’ va cho’l zonalari) iborat edi.Mil avv. II-I asrlarda qang’liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi erlarni va Xorazmni o’zlariga bo’ysindiradilar.
M.a. I va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi.Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan.
M.a. II-I asrlarda Urta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar qabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so’ng uni shunday nomlashdi.
Toxarlar qisman ko’chmanchi bo’lib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ham yo’q edi, har bir shahar o’z hokimi tomonidan boshqarilgan.

Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling