1. O’zebek davlatchiligining shakllanishi O’zbek tarixiga doir davr


O’zbek xalqining dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 24.98 Kb.
bet3/3
Sana24.10.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1719029
1   2   3
Bog'liq
Tarix mustqil ish (oziq-ovqat)

3.O’zbek xalqining dastlabki taraqqiyot bosqichlari
Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan M.Osiyo ulariga surib chiqarildilar va miloddan avv. 140-130 yillarda ular yunon-Baktriyaga kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashadilar. Tez orada yuechji qabilalarining taz’yiki ostida yunon-Baktriya davlati parchalanib ketdi.
M.av. 1-asr oxirida mil. 1 asr boshida bu erda ya’ni Baktriyada yuechji qabila birinchi xokimi Kujula Kadfiz bo’lgan Qushon davlati tashkil topdi.Miloddiy 1 asrga kelib Qushon davlati o’z axamiyatiga kura antik davr Xitoydagi Xan davlati, parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi.
Kujula Kadfizdan sung uning ug’li Vima Kadfiz davrida mamlakatda pul islohati o’tkazilib oltin tangalar zarb qilina boshladi.Qushon podsholari ichiga eng malihuri Kanishka xisoblanadi. Uning xokimlik davrida Qushonlar saltanati yanada izllab yashnadi.
Mamlakat poytaxti Peshavar atrofida edi. Mamlakatining xududi Shimoniy Xindstan, Afganiston, Markaziy Osiyoda kupgina viloyatlar, sharkiy Tarkistondagi ibarot edi.Kanishkadan so’ng Vosishka podsholigi davrida kushonlar saltanati, inqirozga uchray boshladi.Qushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari qishloq xujaligini yaxshi o’zlashtirib olgan edilar chorvachilik ham rivojlanadi.
Xunarmadchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda ham rivojlandi. Qushonlar davrida savdo-sotiq ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi.IV asrda Urta Osiyoda Qushon podshoxlari yo’q buldi boshqa kabiloviy vakillari-xonlar yoki xionitlar etakchi rol uynay boshladi.
V asr urtalarida esa Urta Osiyo xududida yangi qudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishi oxiriga etdi.Manbalarda baxo berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Chog’anien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo’ysindirgan.
Massagetlar avlodi — eftalitlar qushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir qismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalqlarini yagona davlatga birlashtirdilar.
Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, keyinchalik o’z urnini 563-567 yillardagi quralidan so’ng tarix moydanidagi yangi siesiy kuch-Turk xokonligiga bo’shatib berdi.
Turk xokonligi tarkibiga Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bo’lgan O’rta Osiyo xududi kirar edi.588 y. Erondagi sosoniylar davlati va turk xokonligi lashkarlari orasida jang bo’lib, unda turklar mag’lubiyatga uchradilar. Shundan so’ng Turk xokonligi sharqiy xamda g’arbiy qismga bulinib ketdi.
VII asr urtalarida yirik Arab xalifaligi davlati tashkil topdi. Arab xalifaligi VIII asr boshlarida butun Mavarounnaxrni bosib oldi. Arab istilosi bilan birga bu erga islom dini ham kirib keldi.VIII asrning oxiri IX asr boshlarida Arab xalifatligi chuqur siesiy inqirozga uchradi.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan vaziyat xalifalikni sharkiy viloyatlarni va Mavarounnaxrni idora qilishni mahalliy zadag’onlar vakillari Toxoriylar va Somoniylarga berishga majbur qildi. Ular tez orada falifalikdan mustaqil siyosat yurita boshladi.
Somoniylar Mavarounnaxrni boshqarishda mahalliy an’analarga asoslanadilar. Ular dehkonchilik, xunarmandchilik va savdoni rivojlantirishni, soliq tizimini tartibga solishni mamlakatni boshkarishda shariat qonunlariga amal qilishni davlat vazifasi darajasiga ko’tardilar.
Ismoil Somoniy davrida davlat tizimini mustaxkamlaliga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Natijda qadimgi sharq davlatchiligi an’analariga asoslangan markazlashgan boshqarish tizimi yaratildi.
Narshaxiyning ma’lumotlari bo’yicha, Somoniylar davlatining markaziy boshkaruvi 10 davondan iborat bo’lgan.
X asr oxirlarida Somoniylar davlati qulab, Mavarounnaxrda xukimronlik Qoraxoniylar quliga utdi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo’lib boshqardilar.
Qoraxoniylar davlatning boshlig’i tamgachxan ya’ni xonlar xoni yoki Qoraxon-ulug’ xon deb yuritilgan. Qoraxoniylar davrida er egaligining iqta shakli keng avj oldi.
XII asrning 2 yarmida Mavorounnaxrda Qoraxoniylar davlati inqirozga yuz tutib, uning o’rnida harbiy turk sarkardalari tomonidan boshqariladigan mayda feodal ulkalar paydo bo’ldi.
O’rta Osiyoning janubiy g’arbidagi qudratli Seldjukiylar davlati XII asr o’rtalarida zaiflasha boshladi. Yuzaga kelgan siesiy vaziyatda Xorazmshaxlar mamlakati kuchaya boshladi.
Xorezmshaxlar unvonini XI asr oxirida Qutbaddin Muxammad tiklagan edi. 1127-1156 yillarda xukmronlik qilgan Otsiz davrida Xorazm kuchli davlatga aynaldi. Uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alauddin Takash (1172-1200) davrida Xorazm erlari yanada kengayib u sharqdagi qudratli davlat bo’ldi. Xorazmshax Muxammad davrida (1200-1220) Xorazmga butun Mavarounnaxr qushib olindi.


Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling