1. Oziq-ovqat sanoati aylanma mablaglar va kapitalning iqtisodiy hususiyatlari va vazifalari
Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish
Download 76.5 Kb.
|
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining aylanma kapitali.
Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish
Ishlab chiqarish jarayonining bir maromliligi va uzluksizligini ta’minlash uchun yo’l xojaligi bolimlari ish sharoitiga togri keladigan ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlangan bolishlari kerak. zahiralar tashkil etish zaruriyati shundaki, alohida turdagi asosiy materiallar turlari boyicha yetkazib berishlar miqdori u materiallarni iste’mol qilish muddatlari bilan mos kelmaydi. Davrdan davrga otuvchi zahiralar-bu yo’l tashkiloti uchun zaruriy bolgan rejadagi material resurslardir. Davrdan davrga otuvchi materiallarning umumiy zahirasi quyidagilarni kozda tutadi: -materiallarning yetkazib berilishlari orasidagi omborxonada bolish vaqtlari -ya’ni joriy zahira Ntek (Mjoriy) -materiallarni texnologik jihatdan ishlab chiqarishga tayyorlash vaqti, tayyorgarchilik zahirasi Npodg (Ntayyorg.) -tolov hujjatlarining yetib kelishi bilan moddiy boyliklar yetib kelishi bilan moddiy boyliklar yetib kelishi orasidagi vaqt farqi-transport zahirasi Ntr. -materiallarning qurilish tashkiloti omborxonasida kafolatlangan zahira sifatida bolish vaqti, Ngar (Nkafolat) Joriy zahiraning miqdori materiallarning yetib kelish vaqtlari va ularni toxtovsiz iste’mol etilishlari bilan bogliq. U yetkazib berishlarning vaqtlari bilan togridan-togri bogliq, chunki materiallar qanchalik tez-tez keltirilib turilsa, shunchalik joriy zahira miqdori kamroq boladi. Joriy zahira me’yori odatda ikkita yetkazib berishlar orasidagi vaqt intervalining 50% miqdorida qabul qilinadi. Тayyorgarchilik zahirasi komplektlanish, materiallar sifatini laboratoriyada tekshirish, materialni qabul qilish va omborxonadan yetkazib olib kelish vaqtlarini hisobga oladi. Тransport zahirasi moddiy boyliklarning temir yo’l orqali yetib kelishi vaqti bilan tolov hujjatlarini pochta orqali yetib kelish vaqtlari orasidagi farqdan iborat. Kafolat zahirasi yetkazib berishlardagi bir maromlilikni kutilmagan holda buzishlarini oldini olish uchun kerak. Uning miqdori joriy zahira me’yorining 50% miqdorida qabul qilinadi. Korxonaning oziga tegishli bolgan aylnma mablaglar me’yori, ya’ni yonilgi va boshqa materiallar zahirasini hosil qilish uchun zarur bolgan mablaglar me’yori ham, rejalashtirilayotgan davrdan oldingi yilda amalda mavjud bolgan ortacha ma’lumotlarga asoslanib, kunlarda belgilanadi. Kam qiymatli va tez yeyilib ketadigan predmetlar zahirasini hosil qilish uchun kerak boladigan aylanma mablaglar me’yori ham rejalashtirilayotgan yildan avvalgi yil hisobotlari asosida aniqlanadi va bir ishlovchiga nisbatan pul korinishida belgilanadi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling