1. Oziq-ovqat sanoati aylanma mablaglar va kapitalning iqtisodiy hususiyatlari va vazifalari
Aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish yo’llari
Download 76.5 Kb.
|
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining aylanma kapitali.
Aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish yo’llari
Oziq-ovqat korxonalarida aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish ilmiy texnika progressining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, uni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish bilan chambarchas bogliq. Aylanma mablaglarning aylanuvchanligi yo’l xojaligining bevosita qurilish-montaj va ta’mirlash - qurilish, avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlashni materiallar va yarimfabrikatlar, transport bilan ta’minlovchi barcha bolimlarining faoliyatlari natijasiga ham bogliq. Aylanuvchanlikni oshirishda reja bolimi ishini aniq tashkil etish, moddiy texnika ta’minoti, buxgalteriya, moliyaviy xojalik bolimlari ishi ham katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarini muddatlari yoki alohida ishlarning bajarilishiga sarflanadigan vaqtlarning qisqartirilishi tugallanmagan ishlab chiqarishning umumiy hajmini kamayishiga va oz navbatida aylanma mablaglar aylanuvchanligining tezlashuviga olib keladi. Aylanma mablaglar qiymatiga ishlab chiqarish moddiy boyliklari zahiralarining miqdori katta ta’sir korsatadi. Ishlab chiqarishning material zahiralari, buyumlar, konstruksiyalar, yarimfabrikatlar miqdorlariga juda kop omillar: yetkazib beruvchilarning uzoq - yaqinligi, yetkazib berishlarning bir maromligi va tezligi, transport turlari va tashish usullari, yetkazib berishlarning komplektligi va yetkazib berish hajmlari, yuklarni qabul qilish va ortish-tushirish harajatlari, omborxonalarga joylashtirish va komplektovkalash, hisob-kitob formalari va hujjatlarning aylanish tezliklari ta’sir etadi. Moddiy texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablaglarga bolgan extiyojning kamayishiga sababchi boladi. Material zahiralaridagi aylanma mablaglarni ortiqcha bolgan moddiy boyliklarni aniqlash va realizatsiya qilish, tashish masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar xojaligini togri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir etadi. Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bolmasligining muhim shartlaridan biri tayyorlovchi-zavodlar tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish maqsadida, tayyor holda va togridan-togri qurilish maydonlariga, yetkazib berish ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan: kichik va ortacha kopriklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha yigma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish maydonida moddiy-texnika ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni toxtatib oldini olish maqsadida, avvaldan tayyorlab qoyilishi kerak. materiallar va konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodlar tomonidan nokomplekt holda yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa oz navbatida qoshimcha ravishda aylanma mablaglarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Aylanma mablaglarga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda yetkazib berish katta ahamiyatga ega. Yo’l xojaligida amalda qollaniladigan sezonlik zahira tayyorlash aylanma mablaglarga bolgan ehtiyojni kopaytiradi va aylanuvchanlikni sekinlashtiradi. Muomala fondlaridagi aylanma mablaglar strukturasini tahlil qilish belgilangan normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablaglarni aniqlash imkonini beradi. Bu mablaglar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan schetlar boyicha tolovlarni oz vaqtida amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar yoki korsatilgan xizmatlarga haq tolanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadilar. Hisob-kitoblarni amalga oshirishlarda tartib ornatish, moliyaviy intizomga rioya qilish – muomala fondlaridagi mablaglarning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yo’ldir Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling