16-мавзу: Инвестицияларни лойиҳавий молиялаштириш Назорат учун саволлар
Download 52 Kb.
|
16-мавзу 2-қисм Mansurov Jamshidbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar Sindikatli kreditlash
16-мавзу: Инвестицияларни лойиҳавий молиялаштириш Назорат учун саволлар Синдикатли кредитлаш деганда нимани тушунасиз? Синдикатли кредитлаш босқичлари? Синдициялаштирилган (синдикатли) кредитлашни амалга ошириш учун банк синдикатини ташкил этиш тартиби? Кредитларни расмийлаштириш тартиби? Синдициялаштирилган (синдикатли) кредитлаш, унинг ҳисобини юритиш, мониторингини олиб бориш ва уни қайтариш тартиби? Ўзбекистонда инвестиция лойиҳаларини молиялаштиришда синдикатли кредитлаш афзалликлари ва камчиликлари (мустақил фикрингиз билан ёзма тарзда изоҳлаб беринг). Javoblar Sindikatli kreditlash – bu bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash degani. Sindikatli kreditlashga jalb qilingan mablag’lar loyihalarni moliyalashtirishga, tovar-material zahiralari uchun to’lovlarga, ishni bajarish va xizmat ko’rsatishga, shuningdek boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin. Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi. 1)Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni (keyingi matnda — ishtirokchi banklar) jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi (bundan keyingi matnda — yetakchi bank) sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi. 2)Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida yetakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 3)Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar yetakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Etakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. 4) Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi. 5) Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar. 4. Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi yetakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kredit buyurtmasi; loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi; qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari (pul oqimi) taxmini albatta ko‘rsatilgan biznes-reja; qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan 1, 2, 2a-shakllardagi oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti; 5. Ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi kelishuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi. Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisobvarag‘idan naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi. Har bir ishtirokchi bank tomonidan berilgan sinditsiyalashtirilgan kredit ushbu bank balansida kredit muddatiga qarab mos ravishda quyidagi balans hisob raqamlarida olib boriladi: 12700 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15100 “Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”; 12900 “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15300 “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”; 13100 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 15500 “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”. . Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar kredit bo‘limi xodimining ko‘rsatmasi asosida muddatli majburiyatnomalar shaklida rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, kreditlar to‘la qaytarilguniga qadar 91901 — “Qarz oluvchilarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari” va 91905 — “Qarz oluvchining uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplanishini ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin. Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. Etakchi bank tomonidan qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyatini, berilgan kreditdan maqsadli foydalanishi va garov holati yoki kafilning moliyaviy holati bo‘yicha kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoring amalga oshiriladi. Ushbu monitoring ishtirokchi banklar talabi asosida, ular ishtirokida yoki kredit shartnomasida belgilangan tartibda har bir ishtirokchi bank tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin. . Monitoring jarayonida yetakchi bank va har bir ishtirokchi bank tomonidan qarzdorning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tomonidan tuzilgan shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarilishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning aylanishi, barcha bank hisobvaraqlaridagi harakatlarni tahlil qiladi va ushbu ko‘rsatkichlarni qarzdorning kredit yig‘majildida umumlashtirib boradi. Bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyiga chiqib o‘rganiladi. Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha yetakchi va ishtirokchi banklar monitoring jarayonida kreditlangan obyektda bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida amalga oshiradi. Monitoring natijalari yetakchi bank tomonidan ishtirokchi banklarga hamda ishtirokchi banklar tomonidan boshqa sindikat a’zolariga sinditsiyalashtirilgan kredit haqidagi kelishuvda belgilangan muddatlarda yuboriladi. Monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bo‘yicha javobgarlik har bir ishtirokchi bank zimmasida bo‘ladi. Monitoringni amalga oshirish bank sindikati kelushivida yoki kredit shartnomasida yetakchi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi javobgarlik yetakchi bank zimmasida bo‘ladi. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, ishtirokchi banklar yoki yetakchi bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega. Sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan hisoblangan foizlarni undirish va kreditni qaytarish yetakchi va ishtirokchi banklar tomonidan ularning mazkur kredit umumiy summasidagi ulushiga mos holda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan, kredit shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda undiriladi. Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarish uchun qarz oluvchining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda kredit uchun hisoblangan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini to‘lash bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish Fuqarolik kodeksining 784-moddasiga muvofiq belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi. Etakchi bank tomonidan muammoli kreditni paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Etakchi bank, uning tomonidan kreditlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilishi va uning natijasida zarar ko‘rilishiga olib keladigan quyidagi harakatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi: kredit hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish, yuzaki monitoring o‘tkazish, ishtirokchi banklarga kredit qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar borligi haqida ma’lum qilmaslik, qarz oluvchining depozit hisobraqamida mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, kreditlarni qaytarish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik yoki umuman o‘tkazmaganlik va h. k. Qarzdorning to‘lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi uchun mas’uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv asosida barcha ishtirokchi banklar zimmasida bo‘ladi. Etakchi bank mazkur bitimni tashkil etish paytidagi bevosita va qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflarini qoplashi uchun qarz oluvchidan vositachilik haqi undirish huquqiga ega. Vositachilik haqi miqdori sinditsiyalashtirilgan kreditlash haqidagi kelishuvda va kredit shartnomasida nazarda tutiladi.
Garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘ summasi barcha hisoblab yozilgan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini qoplash uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishtirokchi banklar o‘rtasida ularning mazkur sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘idagi ulushiga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mamlakatimizda sindikatli kreditlashni afzalligi sifatida shuni keltirib o’tish lozimki, albatta yirik investitsiyalarni moliyalashtirishda hamma banklar yuqori risklardan qochish maqsadida sindikatli kreditlashni amalga oshiradi. Kamchiligi sifatida esa, sindikatli kreditlashni amalga oshirish jarayonida yetakchi bank muhim ro’l o’ynaganligi uchun kreditlash jarayonini notog’ri tashkil qilganligi sababli ishtirokchi banklar ham bundan ziyon ko’rishini keltirib o’tsak bo’ladi Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling