1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash davr talabi. Qishloq


Download 107.75 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi107.75 Kb.
#1817712
  1   2   3   4
Bog'liq
IX 2-mustaqil ish


MAVZU: OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI.

Reja:

1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash - davr talabi.
3. Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili.


1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi.

Oziq-ovqat xavfsizligi va uni ta’minlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Ushbu muammo o’zining dolzarbligi jihatidan harbiy va umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakat suverinitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda. O’z-o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamasdan turib, milliy xavfsizlikning boshqa komponentlari to’grisida so’z yuritib bo’lmaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligi - murakkab tizimli va ko’p pog’onali muammo bo’lib, mamlakatning juda ko’p iqtisodiy va ijtimoiy jihatlariga tegishli bo’ladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini uchta darajada ko’rib chihish mumkin:

    • xalqaro darajada;

    • ichki iqtisodiy;

    • alohida inson, oila, aholining ijtimoiy guruhlari darajasida.

Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini xalqaro jihatidan ko’rib chiqiladigan bo’lsa, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti tomonidan xavfsizlikni yetarli darajasini belgilash yoki aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mezonlarini aytib o’tish kerak bo’ladi. Ushbu Tashkilotning ta’kidlashicha, alohida mintaqalarda ishlab chiqarish hajmlaridagi qisqarishlarni o’rnini bosish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining ma’lum darajadagi zahiralariga ega bo’lish kerak bo’ladi. Mana shunday zahiralar darajasi jahon ehtiyojlarining 20 foizi darajasida bo’lishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, ushbu daraja bir necha yillar davomida kritik nuqtadan pastda bo’lgan.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi bozor baholarini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy usullaridan foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Bundan tashhari oziq-ovqat xavfsizligi davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tizimida turli tabiiy ofatlar va favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bo’lgan qodirligini ham ko’zda tutadi. Buning uchun esa doimo yangilanib va o’rni to’ldirib turiladigan strategik oziq-ovqat zahiralarini va ularni taqsimlash hamda ulardan foydalanish tizimini yaratish zarur bo’ladi.
Demak, oziq-ovqat xavfsizligi ichki imkoniyatlardan foydalangan holda mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada
ta’minlanishini, import mahsulotlarga bogliqlikni kamaytirshga erishishni ifodalaydi.
Bugungi kunda yer yuzida 6 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Har sohada kechayotgan globallashuv jarayoni taraqqiyot sari tashlangan dadil qadam sifatida talqin etilayotgan bo’lsada, qishloq xo’jaligi, energetika, ekologiya kabi ayrim masalalarda muammo keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. Bunday holat tabiiyki, jahon hamjamiyati muammolarga jiddiy munosabat bildirishi va ularning yechimini topishda mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozimligini taqozo etadi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, yaqin vaqtlar ichida dunyodagi qator mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Oziq-ovqat taqchilligi ayrim mamlakatlarda tartibsizliklar, g’alayonlar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon oziq-ovqat dasturining ekspertlari oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi ayrim mamlakatlarda ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan tashvishlanmoqdalar. BMT ma’lumotlarida keltirilishicha, bugungi kunda dunyo miqyosida 100 millionga yaqin kishi ocharchilikni boshdan kechiryapti. Tabiiyki, shu o’rinda oziq-ovqat taqchilligining sabablari nimada degan savol tugiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat iste’mol qilish hajmi ortib boryapti. Don mahsulotlaridan yonilgi ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Qolaversa, dunyo oziq-ovqat zaxiralari so’nggi 25 yilda eng past darajaga tushib ketgan, dunyo birjalarida olib-sotarlik bilan bog’liq firibgarliklar borligi, sobiq mustamlakalarda iqtisodiyotning bir yoqlama rivojlanishi ham oziq-ovqat taqchilligini keltirib chiqarmoqda.



Download 107.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling