1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash davr talabi. Qishloq


Download 107.75 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi107.75 Kb.
#1817712
1   2   3   4
Bog'liq
IX 2-mustaqil ish

3. Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omili..


Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan bo’lib hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish natijasida, birinchidan, dunyo bozoriga chiqish, ikkinchidan esa, mamlakat ichida kapital jamg’arishga erishish imkoniyatlari kengayadi.
Umuman, qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanganligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanish darajasini ifodalaydi, deyilsa xato bo’lmaydi.
Umuman, mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ifodalovchi eng asosiy
ko’rsatkich iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, oziq-ovqat sanoati, ayniqsa, sabzavot va mevani qayta ishlash sohasida tarmoqning eksport salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayapti. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ichki bozorga import qilinayotgan mahsulotlar sifatidan pastligi, bu mahsulotlarning respublikada ishlab chiqarish hajmini va ularga bo’lgan iste’mol talabini kamayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, bu mahsulotlarning asosiy qismi kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi, lekin, ularning hajmi yil yakunlari bo’yicha natural ko’rsatkichlarda statistika organlari tomonidan hisobga olinmaydi.
Respublika hukumati tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar aholini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarining kafolatli qondirilishini ta’minlamoqda. Respublikaning ishlab chiqarish salohiyati hamda don, un, o’simlik yogi va boshqa turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining shakllantirilgan ishonchli zahiralari, ulgurji va chakana savdodagi zarur zahiralar aholining ularga bo’lgan ehtiyojini to’liq qoplaydi, ichki iste’mol bozorining uzluksiz to’ldirilishini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligini ifoda etuvchi parametrlar tarkibiga aholining oziq- ovqat bilan ta’minlanganligi, uning assortimentining xilma-xilligi, oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi, unda foydali elementlarning mavjudligi, sogliq uchun xavfsizligi kabilar kiritiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati inson salomatligini belgilovchi tayanch omildir. Yevropa davlatlari o’zaro hamkorlikda ichki bozorni sifatsiz inson salomatligi uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan, qishloq xo’jalik hayvonlarini esa xavfli ozuqalardan himoya qilish maqsadida, 1998-yilda oziq-ovqat mahsulotlari va hayvon ozuqasida uchraydigan xavf va illatlarni (fizikaviy, kimyoviy va biologik) nazorat qilish uchun “Xavf tahlili va kritik nuqtalar nazorati» tizimli yondoshuvini ishlab chiqishdi hamda 2006-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etildi. Bunday qaror masalaning yuqori darajada dolzarbligini ko’rsatadi, chunki oziq-ovqat mahsulotlaridan kelib chiqadigan xavflarning inson salomatligiga, ayniqsa, go’dak organizmiga salbiy ta’siri Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan chuqur o’rganilib, tahlil etilib, keng jamoatchilikka ma’lum qilingan.
O’zbekistonda mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimi shakllantirildi. Bunda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yildagi «Ichki bozorni sifatsiz, xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan himoya qilish to’g’risida»gi qarori alohida ahamiyat kasb etadi.


Download 107.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling