1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash davr talabi. Qishloq
Download 107.75 Kb.
|
IX 2-mustaqil ish
MAVZU: OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI. Reja: 1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. 2. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash - davr talabi. 3. Qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning muhim omili. 1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligi va uni taminlash masalasi bevosita milliy xavfsizlikni taminlash bilan chambarchas bogliqdir. Hozirgi paytda oziq-ovqat xavfsizligi muammolari kishilar hayot faoliyatining muhim tizimi sifatida jiddiy ahamiyatga ega bolib bormoqda. Ushbu muammo ozining dolzarbligi jihatidan harbiy va umumiqtisodiy xavfsizlik bilan bir qatorda turadi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash mamlakat suverinitetini, iqtisodiy xavfsizligini va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning muhim shartlaridan biriga aylanmoqda. Oz-ozini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlamasdan turib, milliy xavfsizlikning boshqa komponentlari togrisida soz yuritib bolmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi - murakkab tizimli va kop pogonali muammo bolib, mamlakatning juda kop iqtisodiy va ijtimoiy jihatlariga tegishli boladi. Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini uchta darajada korib chihish mumkin: xalqaro darajada; ichki iqtisodiy; alohida inson, oila, aholining ijtimoiy guruhlari darajasida. Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini xalqaro jihatidan korib chiqiladigan bolsa, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti tomonidan xavfsizlikni yetarli darajasini belgilash yoki aniqlash boyicha ishlab chiqilgan mezonlarini aytib otish kerak boladi. Ushbu Tashkilotning takidlashicha, alohida mintaqalarda ishlab chiqarish hajmlaridagi qisqarishlarni ornini bosish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining malum darajadagi zahiralariga ega bolish kerak boladi. Mana shunday zahiralar darajasi jahon ehtiyojlarining 20 foizi darajasida bolishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, ushbu daraja bir necha yillar davomida kritik nuqtadan pastda bolgan. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taminlanishi bozor baholarini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy usullaridan foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bundan tashhari oziq-ovqat xavfsizligi davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq-ovqat bilan taminlash tizimida turli tabiiy ofatlar va favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bolgan qodirligini ham kozda tutadi. Buning uchun esa doimo yangilanib va orni toldirib turiladigan strategik oziq-ovqat zahiralarini va ularni taqsimlash hamda ulardan foydalanish tizimini yaratish zarur boladi. Demak, oziq-ovqat xavfsizligi ichki imkoniyatlardan foydalangan holda mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada taminlanishini, import mahsulotlarga bogliqlikni kamaytirshga erishishni ifodalaydi. Bugungi kunda yer yuzida 6 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Har sohada kechayotgan globallashuv jarayoni taraqqiyot sari tashlangan dadil qadam sifatida talqin etilayotgan bolsada, qishloq xojaligi, energetika, ekologiya kabi ayrim masalalarda muammo keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. Bunday holat tabiiyki, jahon hamjamiyati muammolarga jiddiy munosabat bildirishi va ularning yechimini topishda masuliyatni oz zimmasiga olishi lozimligini taqozo etadi. BMT malumotlariga kora, yaqin vaqtlar ichida dunyodagi qator mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlari taminotida jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Oziq-ovqat taqchilligi ayrim mamlakatlarda tartibsizliklar, galayonlar kelib chiqishiga sabab bolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon oziq-ovqat dasturining ekspertlari oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi ayrim mamlakatlarda ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan tashvishlanmoqdalar. BMT malumotlarida keltirilishicha, bugungi kunda dunyo miqyosida 100 millionga yaqin kishi ocharchilikni boshdan kechiryapti. Tabiiyki, shu orinda oziq-ovqat taqchilligining sabablari nimada degan savol tugiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat istemol qilish hajmi ortib boryapti. Don mahsulotlaridan yonilgi ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Qolaversa, dunyo oziq-ovqat zaxiralari songgi 25 yilda eng past darajaga tushib ketgan, dunyo birjalarida olib-sotarlik bilan bogliq firibgarliklar borligi, sobiq mustamlakalarda iqtisodiyotning bir yoqlama rivojlanishi ham oziq-ovqat taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Download 107.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling