1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash davr talabi. Qishloq
Download 107.75 Kb.
|
IX 2-mustaqil ish
3. Qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning muhim omili..
Qishloq xojaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning muhim omillaridan bolib hisoblanadi. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish natijasida, birinchidan, dunyo bozoriga chiqish, ikkinchidan esa, mamlakat ichida kapital jamgarishga erishish imkoniyatlari kengayadi. Umuman, qishloq xojaligi sohasining rivojlanganligi oziq-ovqat xavfsizligini taminlanish darajasini ifodalaydi, deyilsa xato bolmaydi. Umuman, mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ifodalovchi eng asosiy korsatkich istemol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, oziq-ovqat sanoati, ayniqsa, sabzavot va mevani qayta ishlash sohasida tarmoqning eksport salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayapti. Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ichki bozorga import qilinayotgan mahsulotlar sifatidan pastligi, bu mahsulotlarning respublikada ishlab chiqarish hajmini va ularga bolgan istemol talabini kamayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, bu mahsulotlarning asosiy qismi kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi, lekin, ularning hajmi yil yakunlari boyicha natural korsatkichlarda statistika organlari tomonidan hisobga olinmaydi. Respublika hukumati tomonidan korilayotgan chora-tadbirlar aholini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ehtiyojlarining kafolatli qondirilishini taminlamoqda. Respublikaning ishlab chiqarish salohiyati hamda don, un, osimlik yogi va boshqa turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining shakllantirilgan ishonchli zahiralari, ulgurji va chakana savdodagi zarur zahiralar aholining ularga bolgan ehtiyojini toliq qoplaydi, ichki istemol bozorining uzluksiz toldirilishini taminlaydi. Oziq-ovqat xavfsizligini ifoda etuvchi parametrlar tarkibiga aholining oziq- ovqat bilan taminlanganligi, uning assortimentining xilma-xilligi, oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi, unda foydali elementlarning mavjudligi, sogliq uchun xavfsizligi kabilar kiritiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati inson salomatligini belgilovchi tayanch omildir. Yevropa davlatlari ozaro hamkorlikda ichki bozorni sifatsiz inson salomatligi uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan, qishloq xojalik hayvonlarini esa xavfli ozuqalardan himoya qilish maqsadida, 1998-yilda oziq-ovqat mahsulotlari va hayvon ozuqasida uchraydigan xavf va illatlarni (fizikaviy, kimyoviy va biologik) nazorat qilish uchun Xavf tahlili va kritik nuqtalar nazorati» tizimli yondoshuvini ishlab chiqishdi hamda 2006-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etildi. Bunday qaror masalaning yuqori darajada dolzarbligini korsatadi, chunki oziq-ovqat mahsulotlaridan kelib chiqadigan xavflarning inson salomatligiga, ayniqsa, godak organizmiga salbiy tasiri Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tomonidan chuqur organilib, tahlil etilib, keng jamoatchilikka malum qilingan. Ozbekistonda mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimi shakllantirildi. Bunda, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yildagi «Ichki bozorni sifatsiz, xavfli oziq-ovqat mahsulotlaridan himoya qilish togrisida»gi qarori alohida ahamiyat kasb etadi. Download 107.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling