1. Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash davr talabi. Qishloq


Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash - davr talabi


Download 107.75 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi107.75 Kb.
#1817712
1   2   3   4
Bog'liq
IX 2-mustaqil ish

2. Oziq-ovqat xavfsizligini taminlash - davr talabi.

Iqlimning global isishi yer yuzi aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Agar sayyoramizda havo harorati faqat bir darajaga ko’tarilsa, don ekinlaridan olinadigan hosil miqdori 10 foizga pasayib ketar ekan. Oziq-ovqat taqchilligi xavf solayotgan mamlakatlar vaziyatdan chiqish uchun, avvalo, ichki imkoniyatlarni ishga solmoqdalar. Jumladan, dunyoda guruch eksport qilish bo’yicha birinchi bo’lgan Tailand, Hindiston, Vetnam va Braziliya mamlakatlaridan farqli o’laroq guruch eksportini kamaytirmaslikka qaror qildi. Hozirda Tailandda guruchdan bir yilda ikki marta hosil olinayotgan bo’lsa, endi bu ekindan xatto uch marta hosil olish choralari ko’rilmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan asosiy ehtiyojlarni o’z hisobiga qondirish mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mana shunday hayotiy muhim vazifani mamlakat iqtisodiyotining yirik tarmog’i bo’lgan agrosanoat majmuasi amalga oshiradi. SHuning uchun ham O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi.
Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to’qimachilik, yengil sanoatni, oziq-ovqat, kimyo sanoatini, qishloq xo’jalik mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir. Mustaqillik yillarining ilk davrida agrar sohalarni barqaror rivojlantirish tufayli sanoat potentsialini saqlab qolish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq tarmoqlarda esa ishlab chiqarish ko’lamini hatto kengaytirish mumkin bo’ldi. Aynan agrar sektor O’zbekistonda iqtisodiy barqarorlikning qudratli omili bo’ldi. Eng asosiysi mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mustahkam asos yaratila boshlandi.
Islohotlar davrida qishloqqa butun choralar bilan yordam ko’rsatilishi shart, degan qoidadan kelib chiqqan holda respublikada agrar munosabatlarni isloh qilish uchun, qishloq xo’jalik korxonalarini qaytadan tashkil etish, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko’paytirish, ayrim mahsulot turlarini chetdan keltirishdagi qaramlikni kamaytirish uchun zarur sharoitlar yaratib kelindi.
Islohotlar davomida iqtisodiy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi - qishloq xo’jaligida va umuman agrosanoat majmuasida chuqur progressiv siljishlarga erishildi. Bu siljishlar oziq-ovqat muammosini tubdan hal etishga, qishloq xo’jalik xom ashyosini chuqurroq qayta ishlashga va qishloqlarda kichik korxonalar barpo etishga, qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishga, qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga qaratildi.
Respublika qishloq xo’jaligi tarkibini o’zgartirish siyosati zonalar ixtisoslashuvi sharoitlariga muvofiq ekin maydonlari tarkibini eng maqbul holga keltirish yo’li bilan amalga oshirildi. O’zak tarmoqlar qatoriga paxta bilan birga g’allachilik va kartoshkachilik ham qo’yildi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarkibini qayta qurish O’zbekistonda qishloq ekinlari va oziq-ovqat mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirishni jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. Ayni paytda respublikani don va yem, margarin mahsulotlari, iste’mol spirti va eng muhim tovarlarning boshqa turlarini import qilishdan holi etish imkonini berdi.
2000-2010-yillar davomida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulishi sezilarli darajada qisqargan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ikki yo’nalishda chora-tadbirlar amalga oshirildi.
- birinchidan, qishloq aholisi tomorqa maydonlarini kengaytirish va yangilarini ajratib berish amalga oshirildi;
-ikkinchidan, qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibini qayta ko’rib chiqish yo’lga qo’yildi.
Natijada paxta maydonlari 2 mln. gektargacha qisqartirilib, don ekinlari, sabzavot, mevali bog, uzumzor va yem-xashak ekinlari maydonlari ancha kengaytirildi. Mamlakatda don mustaqilligi dasturi qabul qilinib, sugoriladigan yerlardagi bugdoy ekishga ajratilgan yer maydoni 1,2 mln gektarga oshirildi. Buning natijasida bugdoyning bir yillik yalpi hosili 3 mln tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston don mustaqilligiga erishdi.
Davlatning oziq-ovqatga oid siyosati kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari bilan ham o’z-o’zini ta’minlashni ko’zda tutadi. Aholiga yetarli darajada chorvachilik mahsulotlari va o’simlik moyi yetkazib berish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo’lgan bazani barpo qilish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining yetarli zahirasini shakllantirish, ularning chakana baholari barqarorligini ta’minlashga erishish, chetdan keltirilayotgan mahsulotlar ulushini qisqartirib borish ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim yo’nalishlari hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish hajmlari ancha oshdi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, balki bug’doy eksportini ham amalga oshirish imkoniyati paydo bo’ldi. 2009-yilda 6,8 mln.tonna bug’doy yetishtirildi. Mamlakat ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan un va non mahsulotlariga baholarni yuqori chegaralarini belgilash siyosatini amalga oshirilganligi ushbu mahsulotlarga narxlarni aholi imkoniyatlariga mos keladigan darajada ushlab turish imkonini berdi.



Download 107.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling