1. Parazitizmni turli xil ko’rinishlari. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari
Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari
Download 52.54 Kb.
|
1493890933 68228
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parazitlarni xo’jayinlari bilan o’zaro bog’lanishi.
- Parazit-xo’jain munosabatlari klassifikatsiyasi.
Parazitlarni xo'jayin tanasiga kirish yo'llari. Parzitizmni kelib chiqishi bilan parazitlarni xo'jayinlariga kirish yo'llari bir-biri bilan bog’liq bo'lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo'jayinlari organizmiga asosan og'iz bo'shlig'i va teri qoplami orqali o'tadi. Parazitologiyada parazitlarning teri orqali o'tishi ekzogenli yo'l, og'iz orqali o'tishi esa endogenli yo'l deb ataladi. Tabiatda parazitlarning endogenli yo'l bilan o'tishi keng tarqalgan. Ekzogenli yo'l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - Ancylostoma lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon aylanish tizimiga, undan nafas olish organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - ingichka ichakka o'tadi. Tremato-dalardan shistosomalarning lichinkalari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali hay-vonlardan qon sporalilar, leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so'nalar ekzogen yo'l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi. Endogenli yo'l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek, jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga - askaridalar, tasmasimon chuvalchanglar, trematodalar va akantosefallar kiradi. Ko'pchilik parazitlar xo'jayinlariga asosan peroral yo'l bilan o'tadi (masalan, turli o'txo'r hayvonlar oziqalari orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi). Shuningdek, parazitlar xo'jayini organizmiga jinsiy teshiklar, burun bo'shlig'i, ko'z va quloq orqali ham o'tishi mumkin. Ba'zi parazitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o'tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid va boshqalar). Resperator yo'l bilan - nafas olish a'zolari orqali: Trematodalarning-serkariylari. Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma integerrum. Kon'yuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi: Thelaziidae. Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho'chqalarini eksperimental yo'l orqali askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan. Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qornidagi embrionni zararlanishi: 1676 yilda Forman yangi tug’ilgan qo'zichoqlarning jigar o't yo'llaridan jigar qurtini topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichnkalari bilan zararlanganligi ham kuzatilgan. Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish: ko'pchilik hayvonlarda ayniqsa qushlarda o'z bolalarini oshqozonidagi yoki jig’ildonidagi ovqatni qaytarib chiqarib berish xususiyati bor. Shu vaqtda ovqat bilan birga voyaga etgan gelmintlar ham o'tib qolishi mumkin. Bu zararlanishni biosstiklik parazitizm, paststiklik xo'jayin deyiladi. Parazitlarni xo’jayinlari bilan o’zaro bog’lanishi. Parazitlarni vaqtinchalik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlarni parazitlarning xo’jayinlari deyiladi. Parazitlar xo’jayinlarining (odam, hayvon, o’simliklar) barcha organ va to’qimalarini zararlaydi. M: ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o’t yo’llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so’rg’ichlilari; teri ostida rishta; to’qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o’pkada toksokara, askarida va boshqalar uchraydi. Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko’payish jarayonida xo’jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo’jayinlarga o’tadi. Parazitlarni bitta xo’jayindan ikkinchi bir xo’jayinga, xo’jayinlaridan tashqi muhitga o’tish mexanizmlari va taxminiy xo’jayinlar bo’lishi mumkin bo’lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta ularni tabiatda keng tarqlishini ta’minlaydi. Parazitlarni vaqtincha yoki doimiy o'z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo'jayinlari deyiladi. Parazit xo’jayinlari bir necha xil bo’ladi. Turli-tuman parazitlar o'zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko'proq xo'jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo'shimcha, rezervuar xo'jayinlar mavjud. Xo'jayinlarning bu darajada xilma-xil bo'lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi. Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo'l bilan ko'payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo'jayin hisoblanadi. Parazitlarning asosiy xo'jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo'lishi mumkin.M: exinokokkning asosiy xo'jayinlari - itlar, bo'rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go'shtxo'rlar, ya'ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglarining asosiy xo’jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo’jayini mushuklar hisoblanadi. Oraliq xo'jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo'jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo’l bilanko’payishi ham mumkin. M: Jigar qurtining lichinkalari. Qo'shimcha xo'jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo'jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma'lum bir rivojlanish davrlari o'tadi. M: Keng tasmasimon chuvalchangdada birinchi oraliq xo'jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari esa baliqlar hisoblanadi. Rezervuar xo'jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo'lgan kasal qo'zg'atuvchilarini o'zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo'jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo'jayinlar parazitning ma’lum bir rivojlanish davrlaining tarqalishini tezlashtiradi. M: serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv (asosiy, oxirgi) xo'jayinlar - odam, mushuk, it, bo'ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo'jayini mayda qisqichbaqasimonlardani - sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo'jayinlari esa yirtqich baliqlar (rezervuar xo’jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) hisoblanadi. Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo’jayinlarida parazitning licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xo’jayinlarida ya’ni, qo’shimcha xo’jayinlarida parazitning ma’lum lichinka bosqichi o’tadi. Uchinchi, ya’ni, rezervuar xo’jayinlar parazit rivojlanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar xo’jayinlarda parazit rivojlanmaydi balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada kengroq tarqalishida muhim rol o’ynaydi(M: tripanasomalar antilopalarda, plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi). V.A.Dogel tarifiga ko’ra haqiqiy (obligat) parazitlikda parazit-xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar o’zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. Parazitlar xo’jayinlarida sensibilizatsiya qo’zg’atib, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi, ularni funktsiyalarini buzadi. Parazitlar xo’jayin organizmida moddalar va vitaminlar so’rilishini yomonlashtiradi, anemiya rivojlanishiga olib keladi. Parazitlar xo’jayinlarini jismoniy rivojlanishini susaytiradi, mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi. O’z navbatida parazit ham xo’jayinning himoya reakstiyalaridan qochib, ularni yo’q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o’rtasida qarama-qarshi munosabatlar kuzatiladi. Parazit-xo’jayin o’rtasidagi o’zaro ta’sir uch xil shaklda namoyon bo’ladi: 1. Parazitni xo’jayinga ta’siri. 2. Xo’jayinni parazitga ta’siri. 3. Tashqi muhitni parazit va xo’jayinga ta’siri. Parazit xo’jayin organizmida turli xil allergik reaktsiyalarni hosil qilib, turlicha zarar keltiradi. Mexanik ta’sir – parazitlar xo’jayinlarini to’qima va organlarini shikastlaydi. M: ichak parazitlaridan- askarida va sestodalar ichakda ko’payib ketib, moddalarni o’tkazmay, ichakni shikastlashi mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral organlarda rivojlanib, ularni siqib qo’yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar funktsiyasini buzilishiga, turli xil yallig’lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Xo’jayin organizmiga turli xil oziqa va vitaminlarni so’rilishini yomonlashtiradi. Organizmning immun sistemasiga salbiy ta’sir qilib, organizmni kurashish qobiliyatini susaytiradi. Parazitlar xo’jayinlariga mexanik ta’sir bilan bir qatorda toksik ta’sir ham ko’rsatadi. Parazitlar xo’jayin organizmiga tushgandan keyin turli toksinlar (zahar) ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo’jayin organizmida turli intoksikatsiyalarga olib keladi. Natijada kasalliklarni kechishi qiyinlashadi va har xil og’ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi. O’z navbatida xo’jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli himoya reaktsiyalarini ko’rsatadi. M: parazit rivojlanishini to’xtatishi, parazitni o’ldirishi, tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. Parazit-xo’jayin o’rtasida murosasiz kurash boradi va bu kurashda bittasi g’alaba qozonadi. Parazit g’alaba qozonsa xo’jayinda kasallik keltirib chiqaradi. Xo’jayin g’alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib tashlaydi va bu kurash har-xil himoya reakstiyalari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo’ladi, tabiiy immunitetlar paydo bo’ladi: -hujayra reaktsiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. M: bezgak plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal eritrotsitlardan hajmini kattaligi bilan farqlanadi; -to’qima reaktsiyalari, parazit o’z atrofida biriktiruvchi to’qima yordamida chegaralanadi. M: trixinella, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari lichinkalari kapsulalari; -gumoral reaktsiyalar, immunitet hosil bo’lishi bilan boradi. Parazit ishlab chiqargan antigenlarga qarshi, xo’jayin organizmida antitelalar hosil bo’ladi. Leyshmanioz va tripanasomoz qo’zg’atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil bo’ladi. Xo’jayin organizmida kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil bo’ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono’z) vaqtinchalik immunitet hosil bo’ladi. Parazit lichinkalik davrida xo’jayin to’qimalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, faol antigenlar ishlab chiqaradi. Parazit-xo’jain munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo'jayin bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan biologik sistema bo'lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon, ya’ni parazit foyda ko'radi. Parazit xo'jayinga zararli ta'sir ko'rsatib, kasallik keltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi. Ko'pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo'jayin ishtirok etsa bularni biogelmintlar (mushuk ikki so’rg’ichlisi, qora mol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo'jayinlar ishtirok etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to'g’ridan-tog’ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I.Skryabin, R.S.Shults, E.S.Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan. Parazit-xo'jayin o’rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I.Skryabin va R.S.Shults (1937, 1940) tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita kategoriyaga bo'lib o'rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar. Obligat, bu parazitlarning yashashi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. M: kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub, sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo'ladi, ko'p avlod beradi). Kartoshkani pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit kartoshka bilan bir avlodda bo'lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin, lekin parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo'lib hisoblanadi. Pomidor ildizida nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni ham kam bo’ladi. Demak parazit uchun kartoshka obligat xo'jayin, pomidor esa fakultativ xo'jayin hisoblanadi. Keyinchalik R.S.Shults va E.A.Davtyan (1954) yuqoridagi kategoriyalar klassifikatsiyasiga yana ikkita kategoriya kiritadilar. Koptiv va aborti. Koptiv, kaptivus - asrga olmoq, bunda parazit xo'jayin organizmiga kirishi mumkin, lekin bu xo’jayinda rivojlanish davom etmaydi. Uni ko'rinishi, hajmi tashqi muhitda, toki xo'jayinga kirguncha qanday bo'lsa shundayligicha saqlanadi. M: odamlarda parazitlik qiluvchi ankilostomalar bilan kemiruvchilarni zararlantirilganda, kemiruvchilar organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki marvariddor mollyuskalarning chig’anoqlari orasiga turli gelmintlarning tuxumlari tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan. Abortiv, abortivus - oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo'jayin tanasiga tushib, uni zararlaydi, xo'jayin tanasida birqancha vaqt yashaydi, rivojlanadi, lekin oxirigacha voyaga yetmaydi. M: Angiostrongillus kantonensis nematodasi bilan odamlar zararlansa, parazit rivojlanadi, organizmda migratsiya qiladi, miyaga borib joylashib, meningoentsefalit kasalligini keltirib chiqaradi, lekin hech qachon voyaga yetmaydi. Shuningdek, cho'chqa askaridasi tuxumlari bilan yosh qo'zichoqlar zararlantirilganda, askarida tuxumlaridan lichinkalari chiqib, qonda migrastiya qilgan, lekin voyaga yetmagan. Shunga qaramasdan zararlangan hayvonlarda kasallik alomatlari kuzatilgan. Download 52.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling