1. Parazitizmni turli xil ko’rinishlari. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanish shakllari
Download 52.54 Kb.
|
1493890933 68228
Parazitizmni kelib chiqishi. Yerda organik olamni paydo bo’lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo’lgani haqida turli fikrlar mavjud, aniq bir to’xtamli fikr yo’q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo’ladigan turli dalillar mavjud.
Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar guruhlarida turli yo’llar bilan boradi. Ye.N.Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo’lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo’lgan. Ko’pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o’tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog’liq. Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo’lishi to’g’risida ham turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog’liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. K.I.Skryabin va V.M.Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo’lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo’jayin bo’lolmaydi deydi va bir qancha misollar keltiriladi. Sestodalar avval ko’ptuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sut emizuvchilarga o’tgan. Shu tariqa birlamchi xo’jayin – umurtqasizlar oraliq xo’jayinlarga aylangan. Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin, ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo’jayinlariga aylangan. Trematodalarda birlamchi xo’jayinlari mollyuskalar bo’lgan, umurtqalilar paydo bo’lganidan keyin mollyuskalar ularni oraliq xo’jayinlariga aylangan. Taxminlarga ko’ra parazit chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo’lgan. Hasharotlardan - ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o’tishi Yura davridan boshlangan. Yashash joyiga qarab parazitlar (Ectozoa) tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlar(Entozoa)ga bo'linadi (bunda parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi) Evolyutsion taraqqiyot jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi. Har ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida foydalanish manfaatdorligi yotadi. Ko’pchilik ektoparazitlar asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o’tgan. Ektoparazitlik ko’proq bo’g’imoyoqlilarda (kanalar, parxo’rlar, junxo’rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo’g’imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog’lanishda (kontaktda) bo’lishi bilan bog’liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg’ochilari bir daqiqadan ozroq, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo’jayuinlarida hayotini ko’p qismini, bitlar esa xo’jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy yashaydi. Ektoparazitlarning paydo bo’lishida yana boshqa yo’llar ham mavjud, ya’ni ko’pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog’liq. Ular teriga borgan sari botib kirib, to’qimalar hisobiga oziqlanishga o’tgan va shu guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar kelib chiqqan. Yana bir yo’li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo’rlarni, qush kanalarini olish mumkin. Bu kanalarni dastlabki avlodlari qushlarni kommensallari bo’lgan. Avvaliga qushlarning inlarida organik qoldiqlar hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o’tib, (uy egalariga o’tgan) tana shox moddalari hisobiga oziqlanishga o’tgan. Endoparazitlarning kelib chiqishi ektoparazitlarning kelib chiqishi bilan bog’liq. Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi, ayrim hasharotlarning lichinkalari endoparazitlarga aylangan. Endoparazitlarning kelib chiqishini tushunish juda murakkab. Ayrim hollarda endoparazitizm, ektoparazitizmdan kelib chiqqan. M:saqoqushlarni ektoparaziti - kana avvaliga patxo’rlik bilan oziqlangan, keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o’tib, qon hisobiga oziqlanishga o’tgan. Ko’pchilik hollarda endoparazitlar ichak parazitlaridan kelib chiqqan. Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo’lib, ko’pchilik parazitlar uchun qulay hisoblanadi. Ichak kommensallari xo’jayinni chiqindi oziqasi hisobiga emas, xo’jayin oziqasiga sherik bo’lib kommensallikdan to’g’ridan to’g’ri parazitlikka o’tadi. Endoparazitlarning kelib chiqishini yana o’ziga xos xususiyatlaridan biri, tabiatdagi erkin yashovchi umurtqasizlarning sistalari, tuxum va lichinkalari, tasodifan boshqa organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasiga tushib qolgan, u yerda rivojlanishni davom ettirgan va shu holat bir nechta avlodda takrorlanib, keyin ichak parazitlari vujudga kelgan. Ko’pchilik bir hujayralilarda va nematodalarda endoparazitlik shu yo’l bilan kelib chiqqan. Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli yo’llar bilan qonga o’tib, qon parazitlariga aylangan. Bunda qon parazitlari ichak bo’shligida yashaydigan parazitlardan kelib chiqqaniga shubha yo’q. Umurtqali hayvonlarni qonida yashaydigan parazitlar, oldin umurtqasizlarning ichak parazitlari bo’lgan. Umurtqasizlar umurtqalilarni qonini so’rib parazitlarni yuqtirgan (Plasmodium avlodi vakillari umurtqasizlar ichagida va umurtqali hayvonlarni qonida parazitlik qiladi). Endoparazitik hayotga o’tish ba’zan erkin yashovchi organizmlarni instinktini o’zgarisi natijasida ham yuzaga keladi. M: Volfart pashshasi tirik tug’adi. Ular lichinkalarini hayvonlarni burun bo’shlig’iga, og’iz bo’shlig’iga, quloq suprasining ichiga qo’yadi. Bu lichinkalar jag’lar orasiga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitik qilib hayot kechiradi. Parazitlar uchun suv va quruqlikdagi tirik organizmlarning barcha organ va to’qimalari yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi. Download 52.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling