Frazeologiya iboralarni o‘rganuvchi soha Dars rejasi
Download 28.37 Kb.
|
Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha 1
Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha Dars rejasi: 1. Turk tilining frazeologiyasi haqida ma’lumot 2. Frazeologiya keng va tor ma’noda 3. Turk tilshunosligida deyim, söz grubu va özdeyiş orasidagi o‘xshashlik va farqliliklar 4. Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari Tayanch tushunchalar: frazeologiya (frazeoloji, deyimler), ibora, aytim (deyimler), tilning frazeologik qatlami (Deyim hazinesi), turg‘un ibora, söz grubu, özdeyiş, polisemantik iboralar, sinonimik iboralar, antonimik iboralar, omonimik iboralar. Frazeologiya (lotincha frazes «ibora», logos «ta’limot» yoki «fan») iboralarni va ularning ma’nolarini o‘rganadi. Turk tilshunosligida frazeoloji atamasi bo‘lsa-da, ushbu atamaga kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi. Bu o‘rinda, asosan, deyimler (ibora, aytim) atamasi qo‘llanadi. O‘z ma’nosidan farqli ma’no tashuvchi, obrazli ifoda xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z birikmalariga deyimler (iboralar) deyiladi: abayı yakmak (‘chakmonni yoqmoq’, ya’ni oshiq bo‘lib qolmoq, yuragidan urmoq), saman altından su yürütmek (‘somon tagidan su yuritmoq’, ya’ni zimdan ish qilmoq) va b. Umumiy tilshunoslikda ikki yoki undan ortiq so‘zning yaxlit holda bir ma’noni ifodalashiga ibora (deyim) deyiladi: keyifçatmak (kayf-safo qilmoq), boşa kürek sallamak (behuda eshkak eshmoq, ya’ni behuda urinmoq), sözlerinitartmak (so‘zlarinin tarozida tortmoq, ya’ni o‘ylab gapirmoq), sözü ağzından almak (gapini og‘zidan olmoq), dereyigörmedenpaçayısıvamak (darani ko‘rmasdan pochasini shimarmoq), elsıvamak (yeng shimarmoq), hertaraktabezivar (har taroqda bo‘zi bor, ya’ni har yomon ishda qo‘li bor), karıncayı bileincitmemek (chumoliga ham ozor bermaslik) kabi. 39
frazeologik qatlamini bilmay turib, nutqni na og‘zaki, na yozma shaklda tushunish, na u tilda erkin so‘zlashish mumkin. Frazeologiya keng va tor ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda, frazeologiya, turg‘un birikmalarning barcha turlari: qo‘shma tarkibli atamalar, qo‘shma va juft so‘zlar, balandparvoz iboralar, gazeta shtamplari, aforizmlar, maqollar, matallar, idiomalar va shunga o‘xshash birikmalarni o‘z ichiga oladi.Tor ma’noda, frazeologiyaning qamrovi juda toraytirib yuboriladi va faqat iboralar o‘rganiladi. (O‘zbek tilida maqol, matal, aforizmlar, iboralarni umumiy o‘rganadigan soha paremiologiya deb ham yurilimoqda.) Yuqorida ta’kidlangan hodisalardan faqat bir turi – so‘zlarning turg‘un birlashishi hodisasi – turg‘un iboralarni til birligi deb baholash mumkin. «Frazeologik birlik bo‘lish uchun so‘zlarning obrazli birlashuvi obrazli ma’no, ko‘chma ma’no anglatishi shart» 9
. Bunga ko‘ra, frazeologik birlikdan kelib chiqadigan ma’no uning tarkibidagi so‘zlarning alohida leksik ma’nolari yig‘indisiga emas, birikmaning umumlashgan ma’nosiga teng bo‘ladi. Turk tilshunosligida olimlar orasida iboralar haqida turli fikrlar mavjud bo‘lsa- da (“deyim”, “söz grubu”, “özdeyiş”), ular yagona fikrga (deyim) asoslanishadi. Ya’ni deyarli barcha olimlar iboralarga quyidagicha umumiy ta’rif berishadi: “Bir tushunchani, holatni jozibador bir ifoda bilan yoki o‘ziga xos bir birikma ichida ta’kidlagan va asosiy ma’nolaridan alohida boshqa bir ma’nosi bo‘lgan qoliplashgan birikmalarga frazeologizmlar (deyimler) deyiladi» 10
- deyishadi. Masalan: ‘burnu bűyűmek’ (‘burni ko‘tarilmoq’) - “deyim”, ‘acıları dindir- mek’(‘og‘riq, iztirobni tindirmoq’), ‘akıl hastası’(‘ruhiy hasta’), ‘akıl dişi’(‘aql tishi’) - “söz grubu”, ‘her kemalin bin zevali vardır’ (so‘zma-so‘z: ‘har kamolning bir zavoli bor), ‘bize göre hava hoş’ (‘biz uchun havo yaxshi’, ya’ni boshqalarini muammosi bizni qiziqtirmaydi) birikmalari - “özdeyiş” deb beriladi. Aslida, turg‘unlik, ma’no butunligi, boshqa tilga so‘zma-so‘z tarjima qilinmaslik, muqobillarning mavjudligi, metaforiklik, obrazlilik, ekspressivlik kabi alomatlarning hech biri frazeologizmning belgilovchi, farqlovchi alomati bo‘la olmaydi. Buni belgilash uchun frazeologizmning tabiati, uslubiy xususiyatlari, nutqda qo‘llash qonuniyatlarini aniqlashtirish to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi zamon turk tilining frazeologik xazinasi uzoq davom etgan taraqqiyot yo‘lining mahsulidir. Frazeologik birliklar inson ongi «aniqlikdan mavhumlikka, predmetlilikdan obrazlilik sari» taraqqiy eta boshlagan uzoq o‘tmishda yuzaga kela boshlagan. Iboralar quyidagi xususiyatlarga ega: 1.
Bir necha so‘z birgalikda yaxlit bir ma’no ifodalanadi. Ibora tarkibidagi so‘zlar alohida-alohida olinsa, kutilgan ma’no kelib chiqmaydi: gözü oyulmak – cezalanmak, yanağından kan damlamak – sağlıklı, sağlam, ödü kopmak - korkmak 9 Raxmatullaev Sh.U. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati, –T., 1992, –B.3. 10
40
mutlu). Turk tilida iboralar ba’zan gap shaklida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, koynunda yılan beslemek, kökűnű kazmak, köşeye sıkışmak, körler ülkesinde ayna satmak, kulak dikmek iboralari so‘z birikmasiga, köhne hamam, köhne tas, kulağına çalındı,kuş uçurtulmadiiboralari esa gapga teng. Gapga teng iboralar tarkibida ega va kesimlik munosabati mavjud bo‘ladi. 2.
Iboralarning ma’nosi ko‘chma bo‘ladi. Undagi so‘zlar o‘z ma’nosida ishlatilmaydi. Masalan, demiri tavında dövmek(temirni qizig‘ida bosmoq) iborasi ishni o‘z vaqtida bajarmoq ma’nosida, başına taç etmek (boshiga ko‘tarmoq) iborasi hurmat qilmoq ma’nosida ishlatiladi. 3. Iboralar sintaktik tahlil qilinganda yaxlit holda gap bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Babası elinin ekmeğiyle geçinirdi (Otasi halolnon topib kun kechirardi) gapida elinin ekmeğiyle geçinmek ‘halolnon topib kun kechirmoq’ iborasi gapda kesim vazifasini bajarib keladi. Şu anda başımı kaşıyacak vaktim yok (Shu topda boshimni qashlashga ham vaqtim yo‘q) gapida esa “ish bilan band bo‘lganidan hech narsaga vaqt topa olmaslik” ma’nosidagi başını kaşıyacak vakti olmamak iborasi bir tarkibli gap shakliga ega. Ayağa kaldırmak (oyoqqa turg‘izmoq)iborasi “moddiy ahvolning yaxshilanishi”ni bildiradi: Yıllardır batmış durumda olan fabrika kısa sürede ayağa kalktı (Ko‘p yillardan beri botib yotgan fabrika qisqa muddatda oyoqqa turdi) gapida ayağa kalktı iborasi kesim vazifasini bajargan. Iboralar ham so‘zlar singari til birligi hisoblanadi. Ular shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra 4 turga bo‘linadi: 1. Polisemantik iboralar – bir iboraning bir necha xil ma’nolarda ishlatilishi: başı dönmek (boshi aylanmoq) – 1. behush bo‘lmoq; 2. esankiramoq. baş kaldırmak (bosh ko‘tarmoq) 1. qo‘zg‘almoq; qo‘zg‘olon ko‘tarmoq 2. qilib turgan ishini to‘xtatmoq; 3. kurashga chog‘lanmoq. 2. Sinonim iboralar(frazeologik sinonimlar) – bir tushuncha doirasidagi sinonim iboralar: ağzınabirkemikatmak -
boyasımeydanaçıkmak - su yüzüneçıkmak; günışığına çıkarmak - kirli samaşırlarınıortaya dökmek; elikalemtutmak - mekter medrese görmek, gönül yeğlendirmek – gününügünetmek - hayatsürmek - halivaktiyerinde olmak; hırkayıbaşına çekmek - içinekapanmak - kabuğunaçekilmek; kanadının altına almak - kolkanat olmak; kefeniboununda - kelle koltukta; tıngır elektıngırtaş - yerinde yelleresmek - cinler tor ounamak; umutsuzluğakarılmak-ümidinikesmek - hayalkırıklığınauğramak; göz açıp karanıncaya kadar - kaşla göz arasında - derdemez; varını yoğunu uemek - (servetini) havaua savurmak va h. Ba’zan so‘z bilan ibora yoki ibora bilan so‘z sinonim bo‘lishi mumkin: karıncayı bile incitmeyen – iyi kalpli (beozor), yere bakan yürek yakan – (hiç) konuşmayan (pismiq) va b. 41 3. Antonim iboralar (frazeologik antonimlar) – ma’nosi bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan iboralar: ayağa kalkmak ‘oyoqqa turmoq’– yere düşmek (yerga yiqilmoq),alnının teriyle geçinmek ‘peshona teri bilan kun o‘tkazmoq’ – ekmek elden su gölden (non qo‘ldan, suv ko‘ldan), bir baltaya sap olmak ‘bir boltaga sop bo‘lmoq’, ya’ni ‘biror ishga yaramoq, mustaqil ravishda bir ishning boshini tuta olmoq’ – ciğeri beş para etmemek (so‘zma-so‘z: jigari ikki pulga arzimaslik) kabi. 4. Omonim iboralar (frazeologik omonimlar) – shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan iboralar: boshga ko‘tarmoq iborasi – to‘polon qilmoq hamda hurmat qilmoq ma’nolarida; ko‘z yummoq iborasi kamchiliklarni ataylab ko‘rmaslik hamda o‘lmoq ma’nolarida ishlatiladi. Ba’zan ibora (turg‘un birikma) bilan erkin birikma orasida ham omonimlik uchrab turadi. Masalan, Eskiden lüzümsüz şeyleri bahane ederek göz açırmıyordu (İlgari arzimagan narsalarni bahona qilib ko‘z ochirgani qo‘ymas edi) gapidagi – ibora. Ko‘z ochirmay sovuq shiddat bilan qoqar qanotin – erkin birikma. Arzimagan maosh bilan ularning kuni o‘tar edi – ibora. Ishlining ishi bitar, ishsizning kuni o‘tar – erkin birikma. Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy nutqda ishlatiladi. Iboralarning grammatik xususiyatlari. Iboralarning asosiy grammatik xususiyatiularning kamida ikki so‘zdan iborat erkin so‘z birikmalaridan farqli, qoliplashgan, turg‘un birikma ekanligidadir. Iboraning tabiatini to‘g‘ri tushunish uchun, birinchidan, ushbu birliklarni u bilan umumiy belgilarga ega bo‘lgan so‘z bilan, ikkinchidan, erkin so‘z birikmasi bilan qiyoslash kerak. Chunki so‘z birikmasi iboralarning genetik manbai hisoblanadi. Ibora va so‘z leksik ma’no, komponentlar tarkibi va grammatik kategoriyalar kabi umumiy alomatlarga ega. Leksik ma’no iboraning nafaqat so‘z kabi izohlanishi bilan, balki ibora va so‘zning leksik ma’noga ko‘ra sinonimlarni tashkil qilishi bilan ham isbotlanishi mumkin. Masalan: ödü kopmak (o‘takasi yorilmoq) – korkmak (qo‘rqmoq); yanağından kan danlamak (yanog‘idan qon tommoq) – sağlam (sog‘lom), tereyağından kıl çeker gibi(saryog‘dan (xamirdan) qil sug‘urganday) – kolay (oson) va h. Ibora gap ichida so‘zlar bilan munosabatga kirishish uchun grammatik kategoriyalarga ega bo‘lishi, ya’ni ibora gap ichidagi boshqa so‘zlar bilan moslashishi, so‘zlarni boshqarishi yoki boshqarilishi, bitishishi mumkin. Shunga qaramay, ibora gap ichidagi so‘zlarga nisbatan alohida, bo‘linmas birlik sifatida namoyon bo‘ladi, so‘zlar bilan birlashib, qismlarga parchalana olmaydi. Iboraning gap ichidagi sintaktik vazifasini oldindan belgilovchi leksik-grammatik xarakte- ristikaga ko‘ra, ot ibora gapda ega, murakkab ot kesimning ot qismi; fe’l ibora - kesim, sifat ibora - aniqlovchi, ravish ibora - hol bo‘lishi mumkin. Masalan: Gözlerine doymadan gidersem eğer, gözlerim açık gider (Ko‘zlaringa to‘ymasdan ketsam, ko‘zim bu dunyodan ochiq ketadi). Ushbu gapdagi gözleri açık gitmek iborasi kesim vazifasida kelgan. Chunki bu ibora gap shaklida bo‘lsa-da, uni ega- kesimga bo‘lish mumkin emas. Ibora ham, so‘z ham paradigmatik shaklga ega va gap ichida ular orasida muayyan munosabat mavjud. Shu o‘rinda, «so‘z va ibora orasidagi munosabat o‘zi 42
bilan chegaralanadimi?» degan savol tug‘iladi. Masalan: Kadın da nasılsa şeytana uymuş ve çocuğunu bırakarak zabitle beraber kaçmış…(Xotin ham shayton vasvasasiga uchib, eri bilan bolasini tashlagan-u, o‘sha ofiser bilan qochib ket- gan…) Bu gap ichidagi şeytana uymuş iborasi kadın va nasılsa so‘zlariga bog‘langan. Bu yerda ibora leksik birikuv qoidasiga ko‘ra leksik jihatdan, grammatik birikuv qoidasiga ko‘ra esa grammatik jihatdan gapning boshqa bo‘laklari bilan bog‘langan. Tilning aniq leksik ma’no va grammatik xarakteristikaga ega bo‘lgan mustaqil birligi sifatida şeytana uymuş iborasi gapning egasi bo‘lgan kadın so‘ziga nisbatan kesim bo‘lib, “to‘g‘ri yo‘ldan adashmoq” ma’nosidagi harakat (holat)ni ifodalaydi. Şeytana uymuş iborasi gapning egasi (kadın) bilan moslashgan va hol (nasılsa) bilan bitishgan. Iboraning so‘z bilan birikuvi negizida leksik ma’no yotadi. Grammatik birikuv asosida esa har bir til birligining aniq grammatik kategoriyalari, ya’ni so‘z va iboraning grammatik ma’nosi bilan bog‘liq grammatik xossalari turadi. Iboraning so‘zlar bilan birikuvi bir vaqtning o‘zida ham leksik, ham grammatik birikuv qonuniga muvofiq reallashadi. Grammatik kategoriyalar iboraning leksik ma’no kabi farqlovchi belgisidir. Shu ikki alomati bilan ibora so‘zga juda yaqin turadi. Iboraning so‘z bilan birikuvi sanab o‘tilgan mushtarak belgi, alomatlar-ning mavjudligi bilan belgilanadi. Frazeologiyada ibora va so‘zning til birliklari sifatida bir-biriga muqobil birliklar ekanligi ko‘p tilga olinadi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Ibora so‘z kabi belgilar yig‘indisi, tilning o‘ziga xos birligidir. Biroq, uning kategorial belgilari so‘znikidan farq qiladi. Bular: leksik ma’no, komponentlar tarkibi va grammatik kategoriyalardir. Ibora so‘z birikmasi bilan faqat genetik jihatdan o‘xshashdir. Chunki har qanday ibora bir so‘z birikmasi yoki gapdir, faqat u oddiy so‘z birikmasi emas, inson fikrida qayta ishlangan obrazli, metaforik birikmadir. Ko‘pchilik iboralarning prototiplarierkin so‘z birikmalaridir. Masalan, kuyruk sallamak erkin birikmasi “it yoki boshqa bir hayvonning dumini likillatishi”ni bildirsa, uning ibora ma’nosi laganbardorlik qilmoqdir. Yoki kanadını kayırmak erkin birikma sifatida “parrandaning qanotini qayirish”ni, ibora sifatida esa birovni mavjud imkoniyatlardan mahrum qilishni bildiradi. Iboralar kamdan-kam hollarda o‘z birikuv manbaiga ega bo‘lmasdan so‘z birikmasi yoki gap modeli bo‘yicha yuzaga keladi. Masalan, turkcha “o‘ta kuchli” ma’nosidagi taşı sıksa suyunu çıkarır, “oldin yaxshilab o‘ylab, so‘ngra gapirmoq” ma’nosidagi sözlerini tartmak iboralari erkin birikma nuqtayi nazaridan mantiqsizday tuyuladi. Chunki hech qachon toshni siqib, suvini chiqarish, yoki so‘zni tarozida tortish mumkin emas. IX.
Ma’ruza
LEKSIKOGRAFIYA 43
Dars rejasi: 1. Leksikografiya haqida ma’lumot 2. Lug‘atlarning turlari 3. Mahmud Koshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» va Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlari Tayanch tushunchalar: Leksikografiya (leksikografiya), Lug‘at (sözlük), alifbo tartibi, Türkçe Sözlük, Osmanlıcadan Türkçe`ye Sözlük, Deyimler Sözlüğü, Mecazlar Sözlüğü, Köken Bilgisi Sözlüğü, Lug‘at bilimi (Sözlük bilimi), Ensiklopedik lug‘at (ansiklopediler), Lingvistik lug‘atlar: 1.Izohli lug‘atlar (açıklamalı sözlük). 2. Tarjima lug‘atlar (çeviri sözlükleri), Büyük Rusça-Türkçe Sözlük (Katta ruscha-turkcha lug‘at), Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta ruscha- turkcha lug‘at), Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta turkcha-ruscha lug‘at), «Devoni lug‘atit turk», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Abushqa». Leksikografiya (yunoncha leksikos - «so‘z», grafo - «yozmoq») – tilshunoslikning lug‘at tuzish va ularni tuzish prinsiplarini o‘rganuvchi bo‘limi. Leksikografiyada so‘z va iboralarning lug‘atlarda joylashishi, ularni joylashtirish qoidalari o‘rganiladi. Lug‘at(sözlük). Usmonli turk tilida lügat. Bir tildagi so‘zlarni asos olib, ularning asosiy va ko‘chma ma’nolari hamda boshqa so‘zlar bilan birga tashkil etgan ifodalardagi ma’nolari, farqli qo‘llanishlarini, iboralarini ko‘rsatuvchi va tilning butun zahirasini o‘z ichiga oluvchi kitob. Lug‘atlar, asosan, alifbo tartibiga ko‘ra tayyorlanadi. Lekin sohalar va turli mavzularga ko‘ra tuzilgan lug‘atlar ham bor: Türkçe Sözlük, Osmanlıcadan Türkçe`ye Sözlük, Deyimler Sözlüğü, Mecazlar Sözlüğü, Köken Bilgisi Sözlüğü va b. Lug‘atbilimi (Sözlük bilimi) bir til yoki bir necha tilning so‘z boyligini lug‘at shaklida yuzaga keltirish usul va metodlari va amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatuvchi soha (leksikografiya). Ko‘zlangan maqsadi jihatidan lug‘atlar ikki turli bo‘ladi: 1. Ensiklopedik lug‘atlarda (ansiklopediler) so‘zning anglatadigan ma’nosi emas, balki shu so‘z bilan nomlangan voqelik bayon qilinadi. Masalan, lug‘atda Türkiyeso‘zi berilgan bo‘lsa, uning yonida shu davlatning joylashgan o‘rni, chegaralanishi, poytaxti, aholisi, yetishtiriladigan xom-ashyolari haqida ma’lumotlar beriladi. 2. Lingvistik lug‘atlar so‘z va iboraning ma’nosini, uning turkumini, imlosini ko‘rsatuvchi lug‘atlardir. Lingvistik lug‘atlar ikki turli bo‘ladi: 1.Izohli lug‘atlar (açıklamalı sözlük). 2. Tarjima lug‘atlar (çeviri sözlükleri). Izohli lug‘atda so‘z yoki iboraga izoh beriladi, uning turkumi, qaysi tilga mansubligi, o‘z va ko‘chma ma’nolari izohlanadi, misollar keltiriladi. Har 10 yilda 44
lug‘ati (Türkçe Sözlük)da 100 000ga yaqin so‘zning izohi berilgan. Tarjima lug‘atlarda tanlangan so‘zning boshqa bir tildagi muqobili topiladi va uning ma’nolari beriladi. 1977-yilda Moskvada chop etilgan va 1995 yilda Istanbulda nashr etilgan Büyük Rusça-Türkçe Sözlük (Katta ruscha-turkcha lug‘at) va Büyük Türkçe-Rusça Sözlük (Katta turkcha-ruscha lug‘at)larning har birida 48 000 dan so‘z joy olgan. Turk tilining imlo lug‘atlari ham har 2-3 yilda qayta nash etiladi. Ularda 10000 dan boshlab 75000 tagacha so‘zning imlosi beriladi. Shuningdek, turk tilining izohli lug‘ati (Türkçe Sözlük)da 100000ga yaqin so‘zning izohi berilgan. Bulardan tashqari, turk tilining turli sohalariga oid atama lug‘atlari ham mavjud. Lug‘at tuzish qadimgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan. Masalan, XI asrda mashhur tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariy «Devoni lug‘atit turk» asarini yaratgan. Unda 6000 ta turkiy so‘zning arabcha izohi berilgan. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida o‘zbek va fors-tojik tillari bir-biriga qiyoslanadi. A. Navoiy unda o‘zbek tilining boyligini, o‘zbek tilida ham ajoyib asarlar yaratish mumkinligini asoslab bergan. Bu asarda Navoiy dunyoda uch asl va mo‘tabar til borligi (arab, fors-tojik va turkiy), Nuhning o‘g‘li Yofas «Abut turk» (turklarning otasi) ekanligi haqida fikr yuritadi. Qadimiy lug‘atlardan biri bo‘lgan «Abushqa» XVI asrga taalluqli bo‘lib, usmonli turk tilida yozilgan. Frazeologiya atamasi ibora, nutq oboroti, bilim, tushuncha maʼnolarini ifodalaydi. Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir qismi boʻlib shakllanganiga hali koʻp vaqt boʻlmagan esa-da, uning kelib chiqish tarixi til taraqqiyotining ilk bosqichlariga borib taqaladi. Ilmiy tadqiqotlardan maʼlum bulishicha, frazeologik birliklar til bilan birga paydo boʻlib, til bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Ammo jamiyatning turli davrlarida ularning oʻrni va ahamiyati turlicha baholanadi. Frazeologizmlar tuzilishi, leksik-semantik, funksional-uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, oʻziga xos shakllanish xususiyatlariga ega boʻlgan til birligidir. Tilshunoslikda „frazeologiya“ atamasi fransuz tilshunosi Sharl Balli tamonidan ishlatilib, stilistika fani bilan qoʻshib oʻrganilgan. Lekin taniqli tilshunos olim prof. Y. D. Polivanov frazeologiyani fan sifatida tan olish fikrini bildirgan. Shu fikrni qoʻllab-quvvatlagan olimlardan yana biri akademik V. V. Vinogradovdir. U oʻzining qator ilmiy tadqiqotlarida rus tilidagi frazeologik birikmalarni oʻrgandi va ularni semantik jihatdan guruhlarga boʻlib chiqdi.[1] Y. D. Polivanov va V. V. Vinogradov tomonidan oʻrtaga tashlangan frazeologiya haqidagi fikrlar keyinchalik bu sohada koʻplab tadqiqotlarning yuzaga kelishiga turtki boʻldi. Lekin xozirga kadar frazeologiyani fan sifatida qarash yoki qaramaslik haqidagi fikrlar oʻz yechimini toʻlaligicha topgan emas. Jumladan, frazeologiyaning hajmini tor maʼnoda tushunuvchilar iboralarning faqat oʻzini oʻrganish lozim deb, maqol, aforizm va hikmatli soʻzlarni frazeologizmlar tarkibiga kiritmaydi. Baʼzi olimlar frazeologik birikmalarni soʻzlarning ekvivalenti hisoblab, uni leksikologiya tarkibiga kiritadi.[2] Frazeologik birliklarni tarjima qilish[tahrir | manbasini tahrirlash] Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayoni oson kechmaydi, chunki bu jarayon bir narsa uni oʻz ichiga kiritadi. Bular soʻzlarning turli xil bogʻlanishi, omonim, va frazeologik birliklarning sinonimi turli maʼnoni ifodalashi, polisemiya va boshqalardir. Bulardan tashqari, frazeologik birliklarda muayyan xalqqa mansub uslubiy boʻyoqdorlik Mavjudki, bu baʼzi tillarda uchramasligi ham mumkin. Frazeologiya asosini tushunishda yuqorida qayd etilganlarni esda saqlash kerak. Frazeologik birliklarning quyidagi turlari mavjud: frazema va idiomalar. Frazemalar kontekst tobe va aniq indikatordan tashkil topganbirliklar. Idiomalar esa kontekstdagi umumiy maʼnoni belgilab beruvchi, tobe va aniqlovchilarning toʻlaligi va tengligini belgilovchi lugʻat birliklardir.[5] Professor Sh. Raxmatullayev ham shu fikrga qoʻshilib: „Lugʻat boyligi soʻzlardan va shu soʻzlar asosida tuzilgan iboralardan tashkil topadi. Soʻz lugʻat boyligi sifatida leksik birlik deb, iboralar esa frazeologik birlik deb ataladi. Boʻlar umumlashtirilib, lugʻaviy birlik deb yuritiladi. Ibora lugʻaviy maʼno anglatish uchun xizmat qiladi. Shunga koʻra u lugʻaviy birlik hisoblanadi va shu jihatdan soʻz bilan bir qatorda kuyiladi“, — deydi.[4] Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Frazeologik birliklarning quyidagi turlari mavjud: frazema va idiomalar. Frazemalar kontekst tobe va aniq indikatordan tashkil topgan birliklar hisoblanadi. Idiomalar esa kontekstdagi umumiy maʼnoni belgilab beruvchi, tobe va aniqlovchi unsurlarning tulaligi va tengligini belgilovchi leksik birliklardir. Frazeologik birliklarning xar bir turi va shakli aniq mikrotuzilma deb qaralishi mumkin. Ularni tarjima qilish vaqtida vazifadosh, teng lingvistik birliklar ikki til oʻrtasida taqqoslab tanlanadi. Taqqoslash tamoyili oʻrtadagi oʻxshashlik va farqni koʻrsatib beradi. Bu tizimning baʼzi qismlari shaklan teng (qisman yoki butunlay), baʼzilarining esa muqobil varianti umuman topilmasligi mumkin.[2] Tarjimada frazeologik muvofiqliklarning asosiy turlari quyidagilar: 1)toʻliq mos kelish; 2)qisman mos kelish; 3)umuman mos kelmaslik. Toʻliq. muvofiqlik, yaʼni ikki til frazeologik birliklarining ham shaklan, ham mazmunan toʻliq mos kelishi kamdan-kam uchraydi. Masalan: To bring oil to fire. — Olovga yog sepmoq. Stay-at-home - uyda o`tiradigan Qisman muvofiqlik frazeologik birliklar oʻz ichiga leksik, grammatik farqlanishga, ammo maʼno va uslubiyatning oʻxshashligiga asoslanadi, yaʼni ular shaklan bir xil, ammo leksik tuzilishi, morfologik tartibi va uslubiy yasalishi jihatidan umuman boshqacha bulishi mumkin. Leksik jihatdan qisman muvofiqlikka misollar: To get out of bed on the wrong foot. — Chap yoni bilan turmoq. Weak as a kitten — joʻjabirday jon Download 28.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling