Soʻz turkumlari tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning maye


Download 19.89 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi19.89 Kb.
#1023451
Bog'liq
Soʻz turkumlari


Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiggplarining, sintaktik h b k

umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.

Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.

Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.

Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.

So‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’no jihatdan o‘xshashligiga ko‘ra ayrim leksik — grammatik guruhlariga ajratilish so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning grammatik ma’no-lari bilan bir qatorda, lug‘aviy ma’nosi ham asosiy belgilardan hisob-lanadi. Ham grammatik, ham leksik ma’nolarga ega bo‘lib, gapda mustaqil sintaktik bo‘lak sifatida ishtirok etadigan so‘zlar mustaqil so‘zlar deyiladi. Mustaqil so‘zlarga: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi.


Shuni ham ta’kidlash joizki, tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gram-matik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Masalan: ko‘rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birikmalardagi qol, ol, ich so‘zlari o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosni yo‘qotgan holda yordamchi so‘z sifatida qo‘llangan.
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.

Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.

Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.

Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig’ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).

Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.

Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.

Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.


Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rang-tus, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa

Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.


Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.
Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor Sonlar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq S, dona S, chama S, jamlovchi S, taqsim Son va kasr Son Sanoq Son — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor Son turi (bir, ikki, oʻn, yuz). Dona Son — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor Son Bunday Sonlar sanoq Son ga ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda Sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va boshqa Chama Son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini koʻrsatadi. Miqdor Sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq Songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli Sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash [birikki kun, oʻnoʻn ikki yashar bola, besh oylar chamasi avval, oʻttizga yaqin (qariyb oʻttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jamlovchi Son bir turdagi predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq Songa ov, ala affiks larini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala). Taqsim Son predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq Songa tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan qalam ushlamoq). Kasr S butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq Sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), oʻndan bir ( h ). Yarim (yorti), chorak, nimchorak soʻzlari ham kasr Sonlardir. Tartib Son predmetning anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq Sonlarga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.
Tuzilishiga kura, Sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda Son — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab Son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft Son — birdan ortiq Sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan miqdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy Son — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.

Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, Sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma Son — qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma Son — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi S: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi Sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; Son kategoriyasi. Oʻzbek tilida Son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik Son — bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik Son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik Sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik Son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik Son koʻplik Songa qaramaqarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ikkilik S, baʼzan uchlik Son gʻam uchraydi.


Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — men, sen, u, biz , ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.
Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada “harakat” soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa

Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, “koʻmakchi Feʼllar” deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.


Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi “toʻliqsiz Feʼl” (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.

Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.

Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi Feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida Feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.

Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obʼyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obʼyektsiz Feʼlni obʼyektiv Feʼlga aylantiradi, obʼyektli Feʼldan yasalganda esa unga yana obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obʼyektsiz (oʻtimsiz) Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi “yoʻq” soʻzi va “emas” toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.


Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa

Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).

Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.

Bulardan tashqari Feʼlning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa

Feʼllar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.

Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).

Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.

Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.



Mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lmaydigan, gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so‘z va gaplarni o‘zaro bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no nozikligi kiritish (yuklash) uchun xizmat qiladigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Yordamchi so‘zlar umumiy vazifalarga ko‘ra uch turli bo‘ladi:
Ko‘makchi;
Bog‘lovchi;
yuklama.
Undov, taqlid va modal so‘zlar esa, yordamchi so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so‘zlar gap bo‘lagi sifatida ham, mustaqil so‘z-gap sifatida ham qo‘llanadi. Ayni paytda mustaqil so‘zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so‘zlar harakat va hodisaning atamasi bo‘la olmasligi, ya’ni lug‘aviy ma’no ifoda eta olmasligi bilan yordamchi so‘zlarga o‘xshashdir. Shuning uchun ham undov, taqlid, modal so‘zlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida — alohida turkumni tashkil etadi.
Ko‘rinadiki, so‘zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug‘aviy ma’no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktik vazifa bajarish xususiyati, to‘rtinchidan, qo‘llanish qurshovi (distributsiyasi) e’tiboridan kelib chiqiladi. Shunga ko‘ra so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi turkumlari: 1) ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kabi mustaqil so‘zlar; 2) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kabi yordamchi so‘zlar; 3) modal so‘zlar, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar kabi alohida yordamchi so‘zlar guruhidan iborat.
Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. K. aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: 1) sof (asl) K.; 2) funksional K. (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar). Sof K. mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa Funksional K. mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum oʻrinlardagina koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksioval K.ning morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari: 1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar); 2) sifat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar); 3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar); 4) ravish K. (burun, avval, ilgari va boshqalar).
Bogʻlovchi (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar („va“, „ammo“, „lekin“, „agar“, „chunki“, „uchun“ va boshqalar), takrorlanuvchi UYUSHIQ BÒLAKLAR („baʼzi“, „bir“, „goh“, „yo“ va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar „va“, „hamda“ — biriktiruv bogʻlovchilarga („bahor keldi va daraxtlar uygʻondi“); „ammo“, „lekin“, „birok“, „balki“ — zidlovchi bogʻlovchilarga („u ishga bordi, biroq ishlamadi“); „yo“, „yoki“, „yoxud“, „goh... goh“, „dam... dam“ — ayiruvchi bogʻlovchilarga („dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi“); „na... na“ — inkor bogʻlovchilarga („na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi“) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini „bilan“ koʻmakchisi, „ham“, „da“, „u“ („yu“) yuklamalari ham bajarishi mumkin. „U“ („yu“) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — „ki (m)“ — aniqlov bogʻlovchi („deydilarkim, oyda ham dogʻ bor“); „chunki“, „shuning uchun“, „negaki“, „toki“ — sabab va maqsad bogʻlovchi („keldi, shuning uchun quvondim“); „goʻyo“, „goʻyoki“ — chogʻishtiruv Bogʻlovchi („u tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi“); „agar“, „basharti“, „garchi“ — shart va toʻsiqsizlik bogʻlovchi („agar kelsa, gaplashaman“)larga farqlanadi.

Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklamaqoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʻroq va taajjub Yuklamalari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʻroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʻqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʻz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʻshish uchun ishlatiladi. Mas: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʻlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʻzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Mas: U faqat oʻsha voqea haqida soʻzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʻzi aloqador boʻlgan gap boʻlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mas: Oʻgʻli otasining xuddi oʻzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Va yordamchi vazifasida keladi.


Alohida olingan so’z turkumlari 3 guruhga bo’linadi.
Modal so’zlar – so’zlovchi o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar
Taqlid so’zlar – holatga va tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlar
Undov so’zlar – haydash, chaqirish, buyurish, undash va his- hayajonni bildiradigan so’zlar.
Modal soʻzlar (lotincha: modalis — „oʻlchov“, „usul“) — soʻzlovchining oʻz fikriga turlicha munosabatini anglatadigan va fikrning aniqligi, rostligi, gumonli yoki shartliligini ifodalash uchun xizmat qiladigan soʻzlar; shaklan oʻzgarmasligi bilan tavsiflanadi, gap boʻlagi vazifasida kelmaydi, gapning boshqa boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; butun fikrga yoki uning biror qismiga taalluqli boʻlib, odatda, kirish soʻz boʻlib keladi. Modal soʻzlar 2 katta guruhga boʻlinadi: fikrning aniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga rostlik, tasdiq-ishonch, qatʼiylikni bildiruvchi soʻzlar (darhaqiqat, haqiqatan; albatta, shubhasiz, soʻzsiz va shahrik.) kiradi. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modal soʻzlar Bularga taxmin, gumon, tusmol kabi maʼnolarni ifodalovchi soʻzlar (shekilli, chogʻi, chamasi; ehtimol, balki, aftidan va boshqalar) kiradi. Modal soʻzlarnutqda pauza, yozuvda vergul bilan ajratiladi. Modal soʻzlar takror qoʻllansa yoki emotsional mazmunli soʻz bilan birga kelsa, maʼno kuchayadi. Soʻzlashuv nutqida birdan optik modal soʻz qoʻllanishi mumkin. Modal soʻzlarni fikrning oʻzaro munosabati (xullas, demak, binobarin, qisqasi, umuman, masalan, chunonchi, jumladan, aksincha, avvalo, avvalambor, nihoyat), eʼtiborni tortish (aytganday, aytmoqchi, zotan), taʼkid (xususan, ayniqsa), emotsional maʼno (koshki, zora, yaxshiyamki, xayriyat, attang, afsuski, ajabo) kabilarni anglatuvchi modal maʼnoli soʻzlardan farqlash kerak. Modal soʻzlar va modal maʼnoli soʻzlar oʻzaro yaqin boʻlib, ularning har biriga xos belgi-xususiyatlarni aniqlash funksional grammatikaning dolzarb vazifalaridandir.
Taqlid soʻzlar - maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra taqlid soʻzlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar (shuningdek onomatopeya deb ham ataladi); obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qars-qurs, taq, duk-duk, gʻiyq, miyov kabi); obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivir-jivir, lip-lip, yalt-yult, hang-mang kabi).Taqlid so’zlarga illa,Ulla,ira,la qo’shimchalari qo’shilganda fe’l yasaladi.Masalan:Lovulla,taqilla,shaqilla,dupurla,hiqilla,yarqira,sharqira.Va ot bilan sifat ham yasash mumkin:sharshara,qahqaha,jizza,qarsak,varrak,tarsaki bularda ot yasalgan.”Jizzaki”da esa sifat yasalgan.Asosi “jiz” taqlid so’zi.
Undovlar — hishayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. U. asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy) U. va buyruqxitob (imperativ) U.

Emotsional U. kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi U. boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional U. matn va ohang bilan bogʻliq ravishda: 1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh); 2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o); 4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi. Salbiy histuygʻularni ifodalovchi U. esa: 1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo); 2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha); 3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh); 4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya); 6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh); 7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod); 8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.



Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq U. ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang, bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakKUR, Qulluq, marhamat va sh.k.
Buyruqxitob (imperativ) U. kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan U.ning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan U. ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh.k.).

Oʻzbek tilida emotsional U. tarkibiga ham, buyruqxitob U. tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida U. guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi U. shu jumladandir.
Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling