Mavzu: Fransiya klassik maktabi – F. Buagilber nazariyalari Reja: Klassik iqtisodiy maktab paydo bo’lishining tarixiy shart sharotlari
Download 292.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqzoirov azizbek tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Per Buagilber
- «Boylik, pul va omponlaming tabiati to‘g‘risida mulohaza»
Mavzu:Fransiya klassik maktabi – F. Buagilber nazariyalari Reja: 1.Klassik iqtisodiy maktab paydo bo’lishining tarixiy shart sharotlari 2. P.Buagilderning iqtisodiy qarashlari Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo‘lishi (Angliyada) XVII asrga to‘g‘ri keladi. XVI asrning o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalaming boshlanishi V.Petti nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g‘oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo‘lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi. Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar («qirol - quyosh - Ludovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi Yer masalasi to‘la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo‘q» tamoyili saqlandi, mayda yer egaligi, dehqonlaming turli soliq va yig‘imlarga mahkum etilganligi ulami bu tizimda yemi yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirmas edi. Vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo‘lib, ular bu sohada tushkunlikda edi. Shu sababli bu sohada islohotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo‘lib, kapitalistik tadbirkorlikning o‘sishiga yo‘l bermasdi Bu sinf asosiy soliq to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to‘lamagan, shahar burjuaziyasi hali nisbatan каш sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. Yana bir muhim to‘siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar tufayli mablag laming asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. Demak, Fransiyada XVII asming ikkinchi yarmida feodal muno- sabatlar o‘zining cho‘qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring). Vaholanki, Angliyada buijua inqilobi bo‘lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo‘lsalar ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko‘p edi. Xo‘jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo‘lgan. Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo‘lgan Per Buagilber (1646-I714)ning iqtisodiy qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo‘lib, de Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot olgach, adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida lavo- zimini egalladi. U bu lavozimni umrining oxirigacha saqlab qoldi va katta o‘g‘liga topshirdi; o‘zini «qishloq xo‘jaiigining advokati - himo- yachisi» deb atadi Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go‘sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va pulga egalikning o‘zi boylikni ta’minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi Buagilber o‘zining «Boylik, pul va omponlaming tabiati to‘g‘risida mulohaza» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro‘y berishini yorqin va obrazli ifodalab beradi. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvga esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi Buagilber V.Pettidan mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. U bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi*, degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari 0’rtasida mehnat taqsimotining to‘g‘ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o‘rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, Buagilberning e’tibori tovarlaming tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlaming to‘g‘ridan to‘g‘ri almashuviga qaratilgan edi Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rol o‘ynadi. Aslida, ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. XULOSA XVII-XVIII asrlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g'oyalar V.Petti nomi bilan bog'liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar). Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya — merkantilizmdan prinsipial farq qiladi. Agar merkantilizmda boylik- ning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. V. Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlami himoya qildi, xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g'oyalami ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber asosan qishloq xo'jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muhim xulosalarlarini chiqardi. Download 292.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling