Mamlakat xo‘jaligi. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi XII asrdan boshlanadi. O‘rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi


Download 17.41 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi17.41 Kb.
#1134718
Bog'liq
Germaniya


Germaniya
Mamlakat xo‘jaligi. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi XII asrdan boshlanadi. O‘rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi.Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig‘ir yetishtirish, bog‘dorchilik, uzum chilik rivojlanadi.Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti sha harlar ning vujudga kelishi, yuksalishi bilan be vosita bog‘liq edi. Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurnberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo‘shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqar gan Barbarossa movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o‘lkalarda ham qadr langan.
Siyosiy taraqqiyot. Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa(1152–1190) edi. Dastlab Fridrix o‘z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi. chiqadi. 1158-yilda Ronkal vodiysida chaqirilgan seym (kengash) imperatorning Ita liyadagi hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof etadi. Fridrix I ning Bo lonyadan taklif etgan eng bilimdonhuquqshunoslari u n in g xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Bu qonun to‘p lam larida Fridrix I «yerdagi jonli qonun» deb e’tirof etiladi.
Mavjud vaziyatda Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonni bos ti rish davomida Milan aholisiga sakkiz kunda shaharni tashlab ketish sharti qo‘yiladi. Lekin Milan XII asrning 60–70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko‘ra boshlaydi. 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo‘shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna– erkinlik huquqini berishga majbur bo‘ladi.
Innokentiy III Germaniya siyo satiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan Rim papasi bo‘l di. U deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari 1212-yilda qirol deb tan olini shiga erishadi. Keyingi papaning qo‘llashida Fridrix IIoradan sakkiz yil o‘tib imperator deb e’lon qilinadi.Fridrix IIimperatorligining yigirma yilidan ko‘pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o‘tkazadi. Uning sa-87-rasm.Rim papasi
Innokentiy IIIroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlar to‘p langan. Fridrixning o‘zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin va italyan tillaridaijod qilgan. Uning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroyla rini eslatar edi. Imperator Sharq musiqasi, raqslari, Sharq ada biyoti va she’riyati, Sharq me’-mor chi ligining muxlisi bo‘lgan. Sharq hukm dorlarining ayrimlari bilan do‘sttu tin gan.
Imperator mamlakat bo‘ylab harakatlanganida uni jang chilar va filbonlar o‘tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, yo‘lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taassurot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan «Qushlar bilan ov qilish» asari uning bu sohadan yaxshi xabardorligidan darak beradi; asar hozirgacha saqlanib qolgan. Impe rator qator maktablar va Neapol universitetiasoschisidir. U cherkov yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilganbirinchi universitet bo‘lgan.Zamondoshlari Fridrix II ning g‘ay ritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga «Jahon hayrati» deb nom be rishgan.
Fridrix II ning vafotidan so‘ng papalar tarafdorlari shta ufenlar sulolasining vakillarini taxtdan chetlatishgaintilishgan.Germaniyada yigirma yil davomida umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yilda to‘planib Rudolf Gabsburgni taxtga o‘t qazadilar. Ammo Gabsburglarning dastlabki boshqaruvi uzoq davom etmagan Lyuksemburglarsulolasiga qarshi kurash olib boradi. Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri faqat 1437-yildan boshlanadi.
Germaniyada Saksoniyaliklar, Frankoniya, Shtaufenlar, Lyuksemburglar, Gabsburglar sulolalari hukmronlik qilgan.German shaharlari. Nemis knyazlari, sa libchi ritsarlarning Boltiq bo‘yidagi istilolari Germaniya ning shimolidagi shaharlarning yuksalishiga yo‘l ochadi. Bu shaharlar XIV asrning o‘rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu ittifoq faqat iqtisodiy masalalar hamda savdo-sotiq bilangina shug‘ullanib qolmasdan, XIV asrning 70-yillarida Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi.Ganza ittifoqidan tashqari so‘nggi o‘rta asrlarda
Germani yaning boshqa qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo‘ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqiItaliya shaharlari bilan bevosita savdo qilgan. Augsburg, Ulmva Nyurnbergshaharlari movut, surp, ið-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyum, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o‘rinni egallagan.Germaniya shaharlari Ganza va Shvabiya savdo itti foq lariga birlashadilar.
Reyn daryosi bo‘ylab joylashgan shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metall ishlab chiqarish va movut to‘qish rivojlangan. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling