Rejalash asboblaridan foydalanish


Download 184.7 Kb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi184.7 Kb.
#1041434
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-laboratoriya. rejalash asboblaridan foydal


1- laboratoriya ish
REJALASH ASBOBLARIDAN FOYDALANISH
Ishning maqsadi:
- tekislikda rejalashning vazifasi va uni bajarish usullarini; rejalashda ishlatiladigan asboblar va moslamalarni; ish o’rnini tashkil qilish qoidalari va rejalash ishlari vaqtida mehnat xavfsizligi qoidalarini; rejalashda yuz berishi mumkin bo’lgan nuqsonlarni va ularning oldini olish hamda bartaraf etish usullarini o’rganish.
-detallar yuzasini rejalashga tayyorlash; konturlarni rejalashni o’lchamlar va andozalarga binoan bajarish; kerner, chizg’ich va sirkul oyoqchalarini charxlash va qirovini to’kish; mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish; ish o’rnini to’g’ri tashkil etish; kamchiliklar hosil bo’lishining oldini olish; rejalashda yuzaga keladigan nuqsonlarni bartaraf etish kabi amallarni egallash lozim.
Ishning vazifasi.

  1. Metalldan yasalgan o’lchash chizg’ichi yordamida chiziqlar chizish.

  2. Kernlash.

  3. Rejalash sirkulidan foydalanish.

  4. Markaz izlagichlardan foydalanish.

  5. Reysmasdan foydalanish.

  6. Rejalash asboblarini charxlash va qirovini to’kish.

Jihozlar, asboblar va moslamalar: metalldan yasalgan o’lchash
chizg’ichlari, chizg’ichlar, rejalash sirkullari, bir ignali reysmaslar, vertikal chizg’ichlar, markaz izlagichlar, mexanik kernerlar, 200 g vaznli chilangarlik bolg’alari, yog’och taxtachalar, rejalash taxtasi, charxlash stanogi, kernerning charxlash burchagini tekshiradigan andozalar, donadorligi turlicha bo’lgan abraziv qayroqlar.

Zagotovkaning o’lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum o’lchamlaridan katta bo’ladi. Zarur shaklli va o’lchamli buyum yasash uchun zagotovka sirtidan ma’lum metall qatlamini yo’nib, unga ishlov berish kerak. Ishlov paytida yo’niladigan metall qatlami qo’yim deb ataladi.


Zagotovkaga chizmada ko’rsatilgan shakl va o’lchamlarni tushirish operatsiyasi rejalash deb ataladi.
Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo’lgan hollardagina rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari qo’llanganda 0,5 mm gacha aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash millimetrning yuzdan bir ulushigacha aniqlikni ta’minlaydi.
Rejalashning ikki turi bor - tekislikda rejalash va fazoviy rejalash.
Detal konturlari bir tekislikda yotganda tekislikda rejalash usuli qo’llanadi. Tekislikda rejalash chizmachilikning deyarli o’zi bo’lib, undan farqi qog’ozga qalamda emas, balki zagotovkaga o’tkir uchli metall nina (chizg’ich) bilan chiziladi.
Chizgichlar rejalash chiziqlarini chizish uchun mo’ljallangan. Ular toblangan va o’tkir qilib charxlangan uchli po’lat sterjendan iborat. U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan yasaladi. Ishlab chiqarishda chizg’ichlarning bir necha xillari qo’llaniladi:
Amalda qo’yma ninali chizgichlar qo’llaniladi. Nina sifatida oddiy patefon ninasidan foydalanish mumkin.
Go’niyalar to’g’ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. Rejalashda yassi chilangarlik go’niyalari, yo’g’on tokchali (anlaj) go’niyalar, T-simon tokchali go’niyalar qo’llaniladi.
Kernerlar rejalash chiziqlarining o’rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va elektr kernerlar ishlatiladi.




Download 184.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling