1. X-XII asrlarda Bolosog‘un shahri qaysi davlatlaming poytaxti bo‘lgan?
Download 26.11 Kb.
|
7 proba test
1.X-XII asrlarda Bolosog‘un shahri qaysi davlatlaming poytaxti bo‘lgan? A)G‘aznaviylar, qoraxoniylar B)Qoraxoniylar, qoraxitoylar C)Saljuqiylar, xorazmshoblar D)G‘aznaviylar, saljuqiylar 2.Nasr ibn Sayyor noibligi davrida ... 1)Moliya islohoti o‘tkazildi; 2)Mahalliy aholiga nisbatan jazo choralari kuchaytirildi; 3)Islomni yangi qabul qilganlar jiz’yadan ozod etildi; 4)Yer egasining e'tiqodiga qarab xiroj to‘lashi belgilab qo’yildi A)1,2,3 B)1,3 C)3,4 D)1,2,4 3. Quyidagi davlatlar va ularning poytaxti to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Qarluqlar davlati; 2)O‘g‘uzlar davlati; 3)Qoraxitoylar davlati; 4)Kidariylar davlati. a) Bolasog‘un; b)Balx; c)Suyob; d)Yangikent. A)1-d; 2-c; 3-a; 4-b B)1-b; 2-c; 3-d; 4-a C)1-c; 2-d; 3-a; 4-b D)1-c; 2-d; 3-b; 4-a 4. Quyidagi voqealar va ularning sanasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Yoqub va Amir ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Nishopurni egalladi; 2)Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga zarba berdi; 3)Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi; 4)Tohir ibn Husayn xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashladi. a)893-yil; b)873-yil; c)806-yil; d)822-yil. A)1-c; 2-b; 3-d; 4-a B)1-b; 2-a; 3-c; 4-d C)1-b; 2-c; 3-a; 4-d D)1-a; 2-b; 3-d; 4-c 5. XIII asr boshida Xorazm davlatining chegaralarini mos ravishda belgilang. 1)Shimoli-g’arbiy va g’arbiy; 2)Janubi g’arbiy; 3)Janubi sharqiy; 4)Shimoli- sharqiy. a)Orol va Kaspiy dengizi sohillari; b)Iroq; c)G’azna; d)Yettisuv va Dashti Qipchoq. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 6. O‘rta asrlarda Xorazm davlatining mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq? A)Anushtegin B)Qutbiddin Muhammad C)Otsiz D)Elarslon 7. O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan hokimliklar va ularga oid ma’lumotlar to‘g‘ri muvofiqlashtirilgan javobni toping. 1) . . . mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi edi; 2) . . . da ayniqsa qurolsozlik rivojlangan; 3) . . . qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan; 4) . . . tangalarining old betida hukmdor surati, ayrim tangalarda esa, hukmdorga yonma-yon malika tasviri tushirilgan a)Choch; b)Sug‘d; c)Farg‘ona; d)Toxariston A)1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b 8. Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo‘shni mamlakatlar, xususan . . . A)dasht aholisi mahalliy me’morchilik an’analari bilan uyg‘unlashib ilk o‘rta asr madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynadi B)Turkiy xalqlar madaniyati an’analarining qo‘shilishi va ilk o‘rta asrlar madaniyati ravnaqiga olib keldi C)Xitoy va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashuvi yuz berib ilk asrlar madaniyatining shakllanishiga ta’sir etdi D)Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg‘unlashib ilk o‘rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi 9. Qoraxoniylar iqto yerlarni hukmron sulola namoyondalaridan tashqari kimlarga hadya qilganlar? 1)sayidlarga; 2)oliy darajali harbiylarga; 3)davlat ma‘murlariga; 4)arablarga; 5)mahalliy zodagonlarga; 6) dehqonlarga A)2, 4, 6 B)2, 3, 6 C)1, 4, 5 D)2, 3, 5 10. IX asrning so‘nggi choragiga kelib Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari qaysi davlat (sulola) tasarrufiga o‘tgan? A) Tohiriylar B) Safforiylar C) Somoniylar D) Qoraxoniylar 11. Quyidagilardan Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqeani belgilang. A)Ibrohim Bo‘ritegin Amudaryo bo‘yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oldi. B)Buxoro Nasr Eloqxon boshchiligidagi qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi batamom barham topdi. C)Alptegin G‘azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos soldi. D)Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdilar. 12. Ma’muniylar sulolasi davrida Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida faoliyat yuritgan mahkamalarni toping. 1) ziroat; 2) ma’muriy; 3) savdo-tijorat; 4) moliya; 5) zarbxona; 6) mulkchilik; 7)soliq. A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 7 13. Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b)tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2)Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3)Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimolisharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 C) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 D) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 14. Quyidagi voqealardan Arab xalifaligida Muoviya I hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tganlarini toping. 1) Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kirdi; 2) arablarning Maymurg‘ga ilk hujumlari amalga oshirildi; 3) Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar Movarounnahrni zabt etishga kirishdi; 4) arablarning Chag‘oniyonga ilk hujumlari amalga oshirildi A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3 14. Quyidagi qaysi Xuroson noibining boshqaruvi xalifa Marvon II hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi? A) Abu Muslim B) Qutayba ibn Muslim C) Ashros D) Nasr ibn Sayyor 15. Quyidagilardan G‘aznaviylar saroyida ijod qilgan buyuk mutafakkirlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Abu Rayhon Beruniy; 2) Muhammad Narshaxiy; 3) Nosir Xusrav; 4) Ibn Sino; 5) Gardiziy; 6) Atomalik Juvayniy; 7) Mirxond; 8) Bayhaqiy A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 4, 6, 8 C) 1, 3, 5, 8 D) 3, 4, 6, 7 16. Quyidagi voqealarni bo’lib o’tgan asriga qarab to’g’ri tartibda joylashtiring 1)VI asrning ikkinchi yarmi; 2)VII asrning birinchi yarmi; 3)VII asrning dastlabki choragi; 4)VI asr; 5)VI asr o’rtalari a)Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklari mavjjud edi; b)G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchayadi; c)Abruy boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tadi; d)G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy aloqalar faollashadi; e)Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi A)1-c,2-d,3-b,4-a,5-e B)1-c,2-d,3-a,4-b,5-a C)1-c,2-d,3-b,4-e,5-a D)1-c,2-d,3-e,4-a,5-b 17. Quyidagi arab xalifalarining hukmronlik yillariga qarab xronologik tartibda joylashtiring 1)Umar ibn Abdulaziz; 2)Marvon II; 3)Mansur; 4)Horun ar-Rashid; 5)MuoviyaI A)5,1,2,4,3 B)1,5,2,3,4 C)5,1,2,3,4 D)5,1,3,2,4 18. Samarqand, Buxoro va Kesh vohalarining o’n bitta yirik mulklarining har biri..... A)o’z hokimi, kumush puli va davlat xazinasiga ega edi B)o’z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli birligiga ega edi S)o’z hokimi, alohida soliqlari va boshqaruv ma’muriyatiga ega edi D)o’z qo’shini, sug’orish inshootlari va mis puli birligiga ega edi 19. Saljuqiylar davlatidan dastlab qaysi hududlar ajralib chiqib ketdi? A)Kichik Osiyo va Kermon B) Fors va Ozarbayjon S)Xuroson va Hindiston D) Armaniston va Ozarbayjon 20. Jaloliddin Xorazmshoh tarixiga oid quyidagi janglarni to’g’ri xronologik tartibda belgilang 1)Basra yaqinidagi jang; 2)Isfaxon yaqinidagi; 3)Parvon dashtidagi jang; 4)Arzinjondagi jang; 5)Garni qal’asi yaqinidagi jang A)3, 1, 5, 2, 4 B)2, 3, 5, 4, 1 C)5, 3, 4, 1, 2 D)3, 5, 2, 1, 4 21. Quyidagilardan Abbosiylar (a) va Somoniylar (b) tomonidan Xurosonga noib etib tayinlangan shaxslarni belgilang. 1) Tohir ibn Husayn; 2) Rofe ibn Lays; 3) Sobuqtegin; 4) Ibrohim Bo‘ritegin A) a - 1, b – 3 B) a - 2, b - 4 C) a - 2, b – 3 D) a - 1, b – 4 22. X asr oxirida barham topgan sulolalarni aniqlang. A) ma’muniylar va somoniylar B) tohiriylar va safforiylar C) afrig‘iylar va somoniylar D) g‘aznaviylar va tohiriylar 23. Arab xalifasi Mansur davrida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonni aniqlang. A) Bobak qo‘zg‘oloni B) Abu Muslim qo‘zg‘oloni C) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni D) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni 24. Somoniylar davrida isyon ko’targan Ibrohim kimning yordamida Buxoro taxtni egallaydi? A) Sabutegin B) Nux ibn Nasr C) Abu Ali Chag’oniy D) Foyiq 25. Xorazmshoh Otsiz dastavval qaysi qabilalarni o’ziga bo’ysuntiradi? A) turkman va qipchoqlarni B) qarluq va o’g’uzlarni C) qang’li va turkmanlarni D) qo’ngirot va naymanlarni 26. Xorazimshohlar davlati hukmdorlari ketmaketligi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang. A) Otsiz, Elarslon, Aloviddin Muhammad, Takash B) Qutbiddin Muhammad, Otsiz, Elarslon, Takash C) Shohmalik, Otsiz, Elarslon, Takash D) Takash, Aloviddin Muhammad, Otsiz, Abulg’ozi 27. Quyidagi qaysi hududlar Sharqiy Turк xoqonligi tarkibiga kirgan? A) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari B) Sharqiy Xitoy, Oltoy va Yettisuvning shimoliy qismi C) Shimoliy Xitoy, Janubiy Sibir va Urxun havzasi D) Shimoliy Xitoy, Mo'g'iliston va G‘arbiy Sibir 28. O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari -... yuboriladi? A) Ixshid B) Yabg’u C) Tudun D) Dehqon 29. ....davrida aholining tabaqalanishi, ya’ni mulkiy tengsizlik kuchayib borgan. Shu boisdan davlat boshqaruvida qonun qoidalar tarkib topgan. Davlat harbiy kuchga tayangan, jinoyat uchun juda qattiq jazolangan. A) Eftaliylar B) Turk xoqonligi C) Xorazmshohlar D) Kidariylar 30 Quyidagi qaysi hududlar Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdiga tobeligini izohr etib, umumiy dushman - mo`g`ullarga qarshi kurash istagini bildirishadi? 1.Kirmon 2.Fors 3. Isfahon 4.Badaxshon A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 2,3 . Download 26.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling