1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


PATENT HUJJATLARINING BIBLIOGRAFIYASI


Download 170.5 Kb.
bet9/14
Sana14.03.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1267819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn

PATENT HUJJATLARINING BIBLIOGRAFIYASI
Patent hujjatlarini sistemalashtirish imkonini beradigan boshqa muhim xususiyat bibliografik ma’lumotlarning unifikatsiyalashgan tizimi bo‘lib, patent hujjatlari bu bibliografik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
Har bir patent hujjati ushbu hujjatning asosiy ma’lumotlarini ochib beruvchi bibliografik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. Bu bibliografik ma’lumotlarni identifikatsiyalash uchun ST–9 BIMT Standartiga muvofiq INID–kodlaridan foydalaniladi.
Bibiliografik ma’lumotlarni identifikatsiyalash uchun foydalaniladigan asosiy INID–kodlari va eng zarur ma’lumotlarni keltiramiz:
(10) Hujjatlarni identifikatsiyalash
(11) Hujjat nomeri
(12) Hujjat turining so‘zlar bilan ifodalanishi
(13) ST–16 BIMTga muvofiq hujjat turi kodi
(19) Hujjatni e’lon qiluvchi mamlakatni identifikatsiyalash uchun ST–3 BIMT kodi
(20) Milliy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(21) Talabnomani ro‘yxatga olish nomeri
(22) Talabnoma berilgan sana
(24) Sanoat mulki huquqi amal qila boshlaydigan sana
(25) Talabnoma dastlabki marta berilgan til
(26) Talabnoma e’lon qilingan til
(30) Ustuvorlik ma’lumotlari
(31) Ustuvor talabnoma nomeri
(32) Ustuvorlik sanasi
(33) Ustuvorlik mamlakati
(50) Texnik axborot
(51) Xalqaro patent tasnifi
(54) Ixtironing nomi
(57) Ixtiro referati yoki formulasi
(58) Patent qidiruvi sohasi
(70) Hujjatga aloqador shaxslarni identifikatsiyalash
(71) Talabnoma beruvchi (lar)ning nomi (nomlari)
(73) Patent egasining nomi
(74) Patent vakili yoki agentining nomi
(75) Ixtirochi, ham talabnoma beruvchi hisoblanadigan shaxs nomi
(76) Ham ixtirochi, ham talabnoma beruvchi va patent egasi bo‘lgan shaxs nomi
(98) Talabnoma beruvchi bilan yozishmalar olib borish uchun manzil.
E’lon qilinadigan bibliografik ma’lumotlar uchun INID–kodidan foydalanish misoli sifatida biz rasmda O‘zbekistonning dastlabki patentini olish uchun ixtironi tavsiflashning titul varag‘ini keltirdik.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling