1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi


Download 170.5 Kb.
bet1/14
Sana14.03.2023
Hajmi170.5 Kb.
#1267819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn


Patеnt va litsenziya hujjatlari. Patent egasining huquq va majburiyatlari

Rеja:



1.Patеnt egasining huquq va majburiyatlari.
2.Xalqaro patent tasnifi
3.Xorijiy patentlashning asosiy tamoyillari va mexanizmlari
4.Yevrоpa va AQSH patеnt idоrasi va qonunchiligi.


1.Patеnt egasining huquq va majburiyatlari.
Nihoyat, biz intellektual mulkning muhim atamasi – patent degan tushunchaga yaqin keldik. Ixtiroga patentlar boshqa intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash yuzaga kelgan vaqtdan ancha oldinroq berila boshlangan. Shuning uchun patentni haqli ravishda intellektual mulkning asosiy bosh hujjati deb aytish mumkin, u intellektual mulk huquqlarining asosiy mohiyatini yig‘iq holda aks ettiradi va industrial rivojlanishda yetakchi ro‘l o‘ynaydi.
Patent - so‘zi lotincha patentis so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ochiq, aniq degan ma’noni bildiradi. Patent ixtirochi va jamiyat o‘rtasidagi o‘ziga xos almashinuv hisoblanadi. Ixtirochi o‘z ijodini jamiyatga ochib beradi, bu bilan texnika taraqqiyoti darajasini oshiradi, buning uchun esa o‘zining patentlangan ixtirosiga davlat tomonidan kafolatlangan mutlaq (monopol) huquqqa ega bo‘ladi.
Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan hududda muayyan vaqt oralig‘ida amal qiladigan muhofaza hujjatidir.
Patent, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ob’ektlarga mutlaq egalik huquqini beradigan hujjat bo‘lganligi sababli muayyan davlatda bunday mutlaq huquqlarni berish masalasi shu davlatning alohida vakolati hisoblanadi. Ma’lumki, bir davlatning patenti ikkinchi davlatning hududida amal qila olmaydi.
Tarixdan ma’lumki, patent huquqi instituti intellektual mulkning birinchi instituti bo‘ldi. Lekin bugungi kunda ham boshqa muhofaza hujjatlari bilan bir qatorda patentning muhimligini hisobga olib, sanoat mulkini norasmiy tarzda patent huquqi deb ataydilar.

Download 170.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling