1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasnifi
Download 170.5 Kb.
|
1. Patеnt egasining huquq va majburiyatlari. Xalqaro patent tasn
intellektual mulk ob’ektlari uchun litsenziyalar asosiy bitimlarga ilova yoki bu bitimlar bo‘yicha shartnomalarning alohida bo‘limlari hisoblanadigan yo‘ldosh litsenziyalar. Xususan, kompleks uskunani yetkazib berish, pudrat ishlari, injiniring, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, qo‘shma korxonalarni tuzish va boshqalar bunday bitimlar bo‘lishi mumkin;
litsenziarga litsenziat tomonidan asosiy litsenziya shartnomasi bo‘yicha olingan birlamchi bilimlar asosida ishlab chiqilgan texnika yoki texnologiya ob’ektlaridan foydalanish huquqlarini taqdim etadigan qaytma litsenziyalar. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun litsenziya shartnomalariga texnik takomillashtirishlar va yangi patentlar to‘g‘risida kelishib olinadigan moddalarni kiritish zarur; kesma litsenziyalar (kross-litsenziyalar) – ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini har bir tarafning intellektual mulk huquqini buzmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda turli patent egalari tomonidan bir-biriga patent huquqlarining o‘zaro taqdim etilishi. Bir patent egasi tomonidan boshqasiga o‘z patentidan foydalanish imkonini ta’minlash maqsadida biryoqlama tartibda taqdim etilayotgan litsenziyalar ham kesishadigan litsenziyalar tarkibiga kiradi; majburiy litsenziyalar – patent egasi o‘zi ishlab chiqqan ixtirodan uzoq muddat yoki yetarlicha foydalanmagan hamda litsenziyalarni sotishdan bosh tortgan hollarda davlat patent organlari tomonidan manfaatdor shaxsga patentlangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalar. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ko‘rsatilgan vaqt uch yilni tashkil qilib, bu muddat o‘tganidan keyin patent egasi litsenziya shartnomasini imzolashdan bosh tortgan hollarda patentlangan ob’ektdan foydalanishni istagan va unga tayyor bo‘lgan ixtiyoriy shaxs unga majburiy nomutlaq litsenziyani berilishini so‘rab rasmiy iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishi mumkin; ochiq litsenziya – litsenziyani ixtiyoriy manfaatdor shaxsga sotishga tayyor bo‘lgan patent egasining Patent idorasiga berilgan rasmiy talabnomasi bo‘yicha patentlangan ob’ektdan foydalanish huquqini taqdim etish. Bunday ochiq litsenziyani sotib olishni istagan shaxs patent egasi bilan to‘lovlar to‘g‘risida shartnoma yoki nomutlaq litsenziyani taqdim etish to‘g‘risida shartnoma tuzishi shart; Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling