1. Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi. Paxtani tayyorlov maskanidan tashib ketish va uni paxta zavodida qabul qilish


Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi


Download 36.09 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi36.09 Kb.
#1016106
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 11,12 (1)

1. Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi

G‘aramlardagi paxtaning namlanganligini o‘z vaqtida aniqlash uchun tayyorlov maskani laboratoriyasi saqlanayotgan paxtaning haroratini tekshirib turadi.


Qo‘lda va mashinada terilgan I va II nav paxtaning bir kunlik namligi tegishlicha 9-10 %, III va IV nav paxtaning namligi 11-13 % dan oshmagan partiyalarda har besh kunda, namligi yuqori partiyalarda esa har uch kunda tekshiriladi.
Paxtani saqlashda uning hisob-kitobini yuritish uchun boshlang‘ich hujjatlarning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:
7-XL shakl - Tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish daftari;
8-XL shakl - Paxta uchun pasport;
9-XL shakl - Paxtaning jamlash va jo‘natilayotgandagi iflosligi va namligi haqida ma’lumotnoma;
10-XL shakl - Paxtaning saqlanish holatini tekshirish dalolatnomasi;
11-XL shakl - Paxta to‘dalarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish tekshiruvi natijalarining dalolatnomasi;
12-XL shakl - Paxta hosili to‘dalarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish tekshiruvi natijalarining dalolatnomalarini ro‘yxatga olish daftari.
Tayyorlov maskani va paxta zavodlaridagi paxta omborlarda, ayvon ostida va ochiq maydonlardagi g‘aramlarda saqlanadi. Paxta saqlanadigan hamma joylar tartib raqami bo‘yicha raqamlanadi.
Tayyorlov maskanida paxta harakatining hisob-kitobi paxta harakatini hisobga olishning 7-XL shaklli daftarida saqlanadigan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha olib boriladi.
Daftar tayyorlov maskani buxgalteriyasida va paxta uchun hisobdor bo‘lgan katta saralovchi tomonidan yuritiladi. Undagi 3-ustunda yig‘ma hisob-kitobning 4-XL shakli tartib raqami yoki jo‘natilgan paxta spetsifikatsiyasi 16-XL shaklning tartib raqami ko‘rsatiladi. Daftarga paxta harakati bo‘yicha qo‘yilgan qaydlar buxgalter va saralovchi birgalikda qo‘ygan imzo bilan tasdiqlanadi. Ombor bo‘shagandan so‘ng katta saralovchi va buxgalter daftar oxiriga imzo chekadi.
Paxta harakati hisob-kitobi bo‘yicha kirim, chiqim va ko‘chiriladigan qoldiqlar haqidagi ma’lumotlar, oy tugagach buxgal-teriyada tayyorlanadigan ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Tayyorlov maskanidagi paxta harakatini hisobga olishning 7-XL shaklli daftari raqamlanishi, ip o‘tkazib bog‘lanishi hamda paxta zavodi direktori va bosh hisobchi imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi shart.
Paxta saqlanadigan joyda yoki g‘aramga paxta bostirilganda tayyorlov maskani laboratoriyasi har bir to‘dadagi hom-ashyo uchun paxtaning 8-XL shaklli pasportini ikki nusxada yozadi. Paxta pasporti har bir to‘dadagi paxtaning sifat tavsifi ustidan nazorat yuritish uchun qo‘llaniladi.
Pasportga paxta sifati, uning saqlanish holati bo‘yicha tekshirish natijalari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Pasport tayyorlov maskani laboratoriyasining mudiri tomonidan har bir to‘dadagi paxta uchun to‘ldiriladi. Pasportning birinchi nusxasi tayyorlov maskani laboratoriyasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa tekshirish (aprobatsiya) uchun olingan paxta namunasi bilan birga zavodga yuboriladi.
Kunlik qabul to‘dalari hamda jamlash bo‘yicha barcha to‘dalardagi namlik va ifloslik yuzasidan tekshirish o‘tkazib bo‘lingach, tayyorlov maskani buxgalteri qabulda aniqlangan o‘rtacha namlik va ifloslik ko‘rsatkichlarini, laboratoriya mudiri esa, jamlash bo‘yicha haqiqiy va konditsion massasini hisobiy massaga taqsimlash yo‘li bilan hisoblab chiqadi. SHundan keyin bu ko‘rsatkichlar jadval bo‘yicha joylashtiriladi, solishtiriladi va paxtaning 8-XL shakldagi pasportiga kiritiladi.
Pasportga barcha qaydlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yozish mas’uliyati laboratoriya mudiriga yuklanadi. ¢aram yoki saqlov joyiga qo‘yilgan maxsus qutiga pasport ko‘chirmasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan solinadi: to‘da nomeri, saqlov joy nomeri (ombor, bo‘linma), otsek (ayvon, maydon), sanoat va seleksiya navi, sinfi, avlodi, tipi, to‘dani jamlash boshlangan va tugatilgan sana, to‘daning konditsion massasi, saralovchining familiyasi.
Tayyorlov maskanida jamlash va paxta zavodiga jo‘natishda paxta sifatining tavsifi (xarakteristika) uni jamlash va jo‘natishdagi namligi va iflosligi bo‘yicha 9-XL shaklli ma’lumotnomada beriladi.
Ma’lumotnoma tayyorlov maskani yoki paxta zavodining laboratoriya mudiri (katta laborant) tomonidan ikki nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi tayyorlov maskani buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi oxirgi tovar-transport nakladnoyi bilan paxta zavodiga jo‘natiladi. Tayyorlov maskani mudiri va saralovchisi paxta normal sharoitda saqlanishini ta’minlashi shart va uning doimo yaxshi holatda bo‘lishi uchun to‘la javobgar sanaladi. Tarkibida paxta zavodi vakili va tayyorlov maskani xizmatchisi bo‘lgan maxsus komissiya tomonidan paxtaning saqlanish holati bo‘yicha oyida kamida ikki marta tekshirish o‘tkazilishi lozim.
Tekshirish natijalari 10-XL shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Ikki nusxada tuziladigan bu dalolatnomaning birinchi nusxasi paxta zavodiga jo‘natiladi, ikkinchisi tayyorlov maskanida qoldiriladi.
Zavod hududidan tashqaridagi tayyorlov maskanidan keltirilgan paxtaning har bir to‘dasi bo‘yicha paxta to‘dalarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish natijalari haqidagi 11-XL shaklli dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma tayyorlov maskani mudiri, laboratoriya mudiri va katta buxgalterdan tashkil topgan komissiya tomonidan, shu to‘dadagi paxtani keltirish tugallanishiga qarab u uchun hisobdor bo‘lgan saralovchi ishtirokida tuziladi. Bu dalolatnomani tuzish uchun tayyorlov maskanidagi paxta harakatini hisobga olishning 7-XL shaklli daftari va paxtaning 8-XL shakldagi pasporti ma’lumotlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Dalolatnomaning ikki nusxasi tashish tugallangan sanadan hisoblanganda besh kunlik muddatdan kechiktirilmay ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror chiqarish uchun paxta zavodiga yuborilishi shart. Bir nusxasi tayyorlov maskanida qoldiriladi. Saqlov davrida shu to‘dadagi paxta boshqa to‘daga ko‘chirilgan yoki aksincha bo‘lgan hollarda bu, albatta, hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda tayyorlov maskanida paxta harakatini hisobga olish daftarida va pasportida qayd etilishi shart.
11-XL shakldagi dalolatnomada paxta massasi, uning tayyorlov maskani ichida to‘dadan to‘daga ko‘chirilishini va shu to‘dadagi paxtaning zavodda qabul qilinishi natijalarini hisobga olgan holda ko‘rsatilishi lozim.
Tayyorlov maskanidan olingan dalolatnomalarni zavod direktori u olinganidan hisoblaganda besh kunlik muddat ichida katta saralovchining tushuntirish xati, tayyorlov va texnika nazorati bo‘limlari (TNB) boshliqlarining xulosalarini, zavod bosh buxgalterining mulohazasini e’tiborda tutgan holda ko‘rib chiqishi, har bir dalolatnoma bo‘yicha amaldagi tartibga muvofiq kamomadni hisobdan chiqarish va ortiqcha xom-ashyoni kirim qilish haqidagi fikrini yozma ravishda bildirish darkor.
11-XL shakldagi dalolatnoma ko‘rsatkichlari paxta to‘dalarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish tekshiruvi natijalari da-lolatnomalarini qayd etish bo‘yicha 12-XL shakldagi daftarga yozuvlar paxta zavodi buxgalteri tomonidan yoziladi.
Bu daftarni paxta zavodi buxgalteri 2 nusxada to‘ldiradi va paxtaning har bir moddiy-javobgar shaxs bo‘yicha saqlanish natijalari, paxta zavodi hissadorlik jamiyati boshqaruvi raisi saqlash natijalari yuzasidan qabul qilgan chora-tadbirlar tavsiflanadi. Daftarga 11-XL shakldagi dalolatnomaning birinchi nusxasi ilova qilinadi. Ushbu dalo-latnomaning ikkinchi nusxasi zavod direktorining qarori bilan tayyorlov maskaniga yuboriladi va u kamomadni chiqim, ortiqcha paxtani kirim qilish yoki aybdor shaxslarga da’vo bildirish uchun asos hisoblanadi.



Download 36.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling