1. Paxtani saqlashda uning hisob-kitobi. Paxtani tayyorlov maskanidan tashib ketish va uni paxta zavodida qabul qilish


Qabul qilib olingan paxtaga haq to‘lash


Download 36.09 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi36.09 Kb.
#1016106
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза 11,12 (1)

3. Qabul qilib olingan paxtaga haq to‘lash

Qabul qilib olingan paxtaning miqdori va sifati haqida guvohlik beruvchi va shu asosda tayyorlov maskani xo‘jalik bilan hisob-kitob qiladigan hujjat paxta xarid qilishga oid qabul kvitansiyasi (№ PK – 17 shakli) hisoblanadi.


Xo‘jalikdagi bir kun ichida qabul qilib olingan bir xil seleksion navli bir xil terimda olingan va bir xil maqsaddagi (urug‘lik yoki texnikaviy) paxta va alohida erdam terib olingan paxtaga uch nusxada bitta kvitansiya yoziladi. Kvitansiya barcha bo‘limlari bo‘yicha tartib bilan, tushunarli qilib to‘ldirilishi kerak.
Paxta qabul qilish uchun mo‘ljallangan № PK – 17 shaklidagi qabul kvitansiyasini katta saralovchi yoki saralovchi – tarozibon to‘ldiradi. Kun davomida ular qabul kvitansiyasining I – bo‘limida har bir № 1 SX (paxta) shaklidagi nakladnoy bo‘yicha sanoat navlariga qarab alohida–alohida qabul qilingan paxtaning haqikiy miqdorini yozib boradi. Kun oxirida kvitansiyaning I – bo‘limini rasmiylashtirishni tugallashadi, navlar va partiyalar bo‘yicha yakunlarni hisoblab chiqishadi. Tayyorlov maskanida №3 – XL shakli bo‘yicha qabul qilingan paxta uchun kvitansiyalar ro‘yxatini tuzishadi. №PK – 17 shakli barcha uch nusxadagi qabul kvitansiyalari va №3 – XL shaklidagi ikki nusxadagi qabul kvitansiyalari ro‘yxati imzolanadi va №1 – SX (paxta) shaklidagi nakladnoylar bilan hisob-kitob qilish uchun tayyorlov maskani buxgalteriyasiga jo‘natiladi.
Tayyorlov maskanining katta buxgalteri katta saralovchining №3–XL shaklidagi qabul kvitansiyalari ro‘yxati bo‘yicha hisoblarini tekshirib chiqqach, ro‘yxatni imzolaydi va bir nusxasini katta saralovchiga qaytaradi.
So‘ngra katta buxgalter qabul kvitansiyasining I – bo‘limidagi yakuniy ma’lumotlar qanchalik to‘g‘ri hisoblab chiqilganligini tekshiradi va ularni kvitansiyasining «Paxta navlari va to‘plash partiyalari bo‘yicha qabul qilinadi» degan II – bo‘limiga o‘tkazadi.
Laboratoriya tahlillari ma’lumotlariga asoslanib, har qaysi sanoat navi bo‘yicha paxtaning amalda necha foiz ifloslanganligi va namligi yozib qo‘yiladi hamda qabul qilingan paxtaning mo‘ljaldagi va konditsion vazni aniqlanadi.
Amaldagi «Paxta va g‘o‘zapoya xarid narxlari preyskuranti» bo‘yicha xarid narxlari qo‘yib chiqiladi va qabul qilingan paxta qiymatining summasi belgilanadi.
Tayyorlov maskani katta buxgalteri paxta partiyalari va navlari bo‘yicha hisoblarni tugatgach, kun mobaynidagi yakunlarni hisoblab chiqadi.
Qabul kvitansiyasining III – bo‘limidagi «Qabul qilingan paxta uchun to‘lanadigan haq» degan joyga tayyorlov maskanining katta buxgalteri qo‘shimcha haq, ushlab qolingan pul summalarini yozib chiqadi va to‘lashga tegishli butun summani aniqlaydi.
Qabul qilingan paxta xom-ashyosi uchun hisob-kitoblar uning tarkibidagi tolaning sifati va miqdoriga ko‘ra ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - tayyorlash mavsumida paxta xom-ashyosining sifatini hisobga olgan holda tiplari (seleksion navlari) va sanoat navlari bo‘yicha dastlabki hisob-kitob qilish;
Ikkinchi bosqich - paxta xom-ashyosini qayta ishlash tugallangach tola chiqishiga ko‘ra uzil-kesil hisob-kitob qilish.
Paxta xom-ashyosi qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay amalga oshiriladigan birinchi bosqichdagi dastlabki hisob-kitobda №70-03-04 preyskurantining harid narxlari bo‘yicha xo‘jalikka xom-ashyo bahosining 90 foizi to‘lanadi.
Xom-ashyoning xarid narxlarida 90 foiz miqdordagi to‘lov miqdorini aniqlash uchun №PK – 17 qabul kvitansiyasining tegishli qatoridagi «Pul» (summa) degan bandga kasr shaklida yoziladi:
- kasr suratiga – paxta xom-ashyosining 100 foiz xarid narxlaridagi bahosi;
- maxrajiga – hisoblab chiqilgan pul miqdorining xo‘jalikka to‘lanadigan 90 foizi.
Tola chiqishi hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining bahosi qabul qilingan har bir seleksion va sanoat navi xom-ashyosi bo‘yicha quyidagi formula bilan hisoblanadi:


(1)

Bunda, S – mazkur seleksion va sanoat navi paxta xom-ashyosining


bahosi, so‘m;
S – amaldagi xarid narxi, 1 tonna uchun so‘m;
Mk – qayta ishlash paytida paxta xom-ashyosidan olingan
tolaning haqikiy konditsion vazni, tonna;
Vv – bitim –shartnomada ko‘rsatilgan me’yoriy tola
chiqishi, %.
Xo‘jalik bilan tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-ashyosining topshirilgani uchun uzil–kesil hisob-kitob qilishda sotilgan barcha seleksion va sanoat navlari xom-ashyoning tola chiqishi ham hisobga olingan holdagi bahosi bilan birinchi bosqichda amalda unga to‘langan pul o‘rtasidagi farq ham to‘lanishi kerak.
Agar tola chiqishi ham hisobga olingan holda paxta xom-ashyosining umumiy bahosi preyskurant bo‘yicha xarid narxlaridagi baholash miqdoriga teng bo‘lsa, u holda xo‘jalikka to‘lanmagan (10 foiz miqdordagi) pul o‘tkazib beriladi.
Agarda tola chiqishi ham hisobga olingan holdagi paxta xom-ashyosining bahosi amaldagi xarid narxlarida baholanganligidan ham oshib ketsa, xo‘jalikka to‘lanmagan 10 foiz miqdordagi mablaQ, shuningdek tolasi me’yordan yuqori darajada chiqqan paxtaning xo‘jaliklar va paxta zavodlari o‘rtasida 60 va 40 foizdan taqsimlanadigan (hisobiy) qiymatining tegishli qismi xo‘jalik hisobiga o‘tkaziladi.
Agar paxtaning tola chiqishi ham hisobga olingan bahosi amaldagi xarid narxlariga ko‘ra baholanganidan kam, ammo amalda to‘langan pul miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda paxtaning preyskurantidagi xarid narxlari bo‘yicha bahosi bilan tola chiqishi hisobga olingandagi bahosi o‘rtasidagi farq xo‘jalik va paxta zavodiga teng miqdorda tegishli bo‘ladi.


O‘z-o‘zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:

1. Paxtani tayyorlov maskanidan tashib ketish va uni paxta zavodida qabul qilish qoidalarini aytib bering?


2. Qabul qilingan paxta haq to‘lash tizimini aytib bering?
3. Paxtaga haq to‘lash nechta bosqichda amalga oshiriladi?
4. PK – 17 shakli qanday to‘lg‘aziladi?



1 Ўзбекистон Республикаси пахта заводларида пахтани тайёрлаш ва маҳсулотларни ишлаб чиқариш ҳақида бошланғич ҳисоб-китобни юритиш бўйича йўриқнома. ПДҚИ 36-2001. –Т.:Меҳнат, 2002.



Download 36.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling