1. Payvandlash Metallarni elektr yoy yordamida avtomatik usulda payvandlash
Download 24.2 Kb.
|
O’zgaruvchan tokda ishlovchi payvanlash agregatlari
Plazma yordamida payvandlash
Reja:
1. Plazma yordamida payvandlash
Bu usulda suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan metallar va ulrning qotishmalari shuningdek, mis, alyuminiy, qotishmalarini payvandlashda, kesishda hamda boshqa metallar bilan qoplashda foydalaniladi. Bunda metallarni payvandlash, kesish qoplash joyiga yuqori temperaturali plazma (ionlashgan gaz) oqimi yo‘naltiriladi. Suyuqlanayotgan metall soviganda kristallanib chok hosil bo‘ladi. Plazmatron (plazma gorelka) ni ishga tushirish uchun avval volfram elektrod 1 va suv bilan sovitilib turiluvchi soplo 3 orasida yoy yondiriladi. Keyin gorelkaning tor kanalidan argon yoki geliy gazi yuboriladi. Gaz yoy ustunidan utayotganda u qiziydi va ionlanib soplo teshigidan chiqishidayoq yuqori temperaturali plazmaga o‘tib, u yoy bilan birgalikda ta’sirida zagotovka tez suyuklanadi. Chunki bunda temperatura 10000—20000°S ga ko‘tariladi (31-rasm, a). 37 Issiqlik oqimi elektrod toretsidan uzoqlashgan sari uning temperaturasi pasayadi. Masalan, bu oraliq 6—8 mm bo‘lganda temperatura 6000—8000oS bo‘ladi (31-rasm, a). Payvandlash zonasini havoning zararli ta’siridan himoya qilish uchun soploning halqali kanalidan qushimcha ravishda inert gaz yuboriladi. Juda yupo‘a (0,03—0,5 mm) metallarni payvandlashda mikroplazmadan foydalaniladi. Faqat plazma oqimida ishlandigan plazmatron sxemasi 31- rasm, б da keltirilgan. Lazer yordamida payvandlash Bu usulda metallarni payvandlashda issiqlik manbai sifatida maxsus qurilmada hosil qilinadigan kuchli yoruglik nuri (lazer)dan foydala- niladi. Lazer nurida payvandlash sxemasi rubin pristali 2, ksenon lampa 1, linza 4 va nur 5 dan iborat (32- rasm). Silindrik rubinning kristall sterjen torslari jilolanib kumush bilan qoplangan bulib, u optik qaytargich xizmatini bajaradi. Ksenon lampa yonganda xrom atomlari uyg‘onib va betartib fotonlar ajralib, ular yana dastlabki holatga qaytadi. Kristall o‘qi bo‘ylab ajraluvchi fotonlarning bir qismi yangi fotonlar ajratadi. Ular kristall toretsidan tashkariga jadal utib linza 4 da bir nuqtaga tuplanib nur 5 zagotovka 6 ga yo‘naltiriladi. Lazer nuridan asbobsozlikda kalinligi 0 , 1 — 1 mm bo‘lgan metallarni payvandlashda foydalaniladi. Xulosa Hozirgi kunda xalq xo‘jaligining turli sohalari: sanoat, qurilish, transport, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ulami ishlab chiqarishda, shuningdek, maishiy xizmatda elektr energiya- sidan keng foydalanilmoqda. Xususan, qishloq xo£jaligining, ayniq- sa, cho'llarga suv chiqarib bog‘lar, ekinzorlar yaratishda elektr energiyasidan foydalanib katta natijalarga erishilmoqda. Jumladan, Qarshi cho‘llarini o‘zlashtirishda Amudaryo suvi 6 ta nasos stansiya orqali ko'tarib berilmoqda. Cho'lda tortilgan yuqori kuchlanislili elektr energiya liniyasi transformator podstansiyalari orqali nasos stansiyalarida o‘matilgan agregatlardagi 5 tadan sinxron elektr motorlarni aylantirib sekundiga 200 m3 suvni yerlarni sug‘orish uchun chiqarib bermoqda. Bu sinxron motorning har biri 12 ming kilovatt quwatga ega. Demak, faqat Qarshi nasos stansiyasi kaskadlaridagi motorlarga sarflanadigan elektr energiya- ning umumiy quwati 400 ming kilovatga yaqindir. Bunda sinxron motorlarning quwat koeffitsiyenti, ya’ni coscp = 1 qilib olinib, elektr energiyasi to‘laligicha foydali mexanik energiyaga aylantirib beriladi. Shu bilan birga, katta quwatli elektr energiyasi transfor- matorlar vositasida uzoq masofalarga osongina va tejamli uzatiladi. Kerakjoydabu energiya mexanikenergiyaga aylantirib beriladi. Download 24.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling