Reja kirish Uch fazali sinxron motor tuzilishi va ishlash tarzi. Sinxron motorlarni ishga tushirish usullari
Download 208.17 Kb.
|
sinxron motorlarni ishga tushirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Uch fazali sinxron motor tuzilishi va ishlash tarzi.
Mavzu; Sinxron motorlarini ishga tushirish REJA Kirish 1.Uch fazali sinxron motor tuzilishi va ishlash tarzi. 2. Sinxron motorlarni ishga tushirish usullari. Sinxron motorning ish xarakteristikalari. Xulosa 1.Uch fazali sinxron motor tuzilishi va ishlash tarzi. Sinxron motorning tuzilishi umumiy holda sinxron generatorniki kabi bo‘lishiga qaramasdan, uning konstruksiyasida ayrim farqlar mavjuddir. Sinxron mashinalar boshqa turdagi elektr mashinalari singari, qaytarlik xossaga ega, ya’ni ular generator rejimida ham, motor rejimida ham ishlashi mumkin. Lekin elektr sanoati sinxron mashinalarni aniq rejim uchun, ya’ni faqat generator rejimida yoki motor rejimida ishlash uchun mo‘ljallab ishlab chiqaradi, chunki mashina ishining mazkur rejimlardagi o‘ziga xos xususiyatlari uning konstruksiyasiga har xil talablar qo‘yadi. Sinxron motorlar asosan ayon qutbli (2p =(624) qilib tayyorlanadi; havo oralig‘i generatornikiga nisbatan kamroq qilinadi (bunda uning ishga tushirish toki kamayadi); ishga tushirish jarayonidagi elektromagnit momenti generatorlar momentiga nisbatan katta bo‘lishi uchun ularning ishga tushirish (dempfer) chulg‘ami katta toklarga mo‘ljallab hisoblanadi, chunki bu chulg‘am sinxron motorni ishga tushirishda asosiy vazifani bajaradi. Sinxron motorlar katta quvvatli nasoslarda, ventilyatorlarda, havo haydagichlarda, kompressorlarda, sharli tegirmonlarda, prokat stanlarida va un tayyorlash tegirmonlarida foydalaniish mumkin. Ishlash prinsipi. Sinxron mashina motor rejimda ishlashi uchun uning stator chulg‘amlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok, qo‘zg‘atish chulg‘amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg‘amida toklar vujudga keltirgan MYK lar aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok bilan ta’sirlashib aylantiruvchi momentni hosil qiladi va u rotorni aylantiradi. Demak, sinxron motorning stator chulg‘amiga berilgan elektr energiya uning o’qidagi mexanik energiyaga aylanar ekan. Sinxron motorlarning vektor diagrammalarini qurishda tok fazasini tarmoq kuchlanishi UT ga nisbatan aniqlash qabul qilingan. Sinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish U(M), tok I1 va ular orasidagi vaqt bo‘yicha siljish burchagi ma’lum bo‘lganda vektor diagrammani qurish sinxron generatorniki kabi amalga oshiriladi (1-rasmning chap tomoni). Masalan, ayon qutbli motor uchun quyidagi tenglamaga asosan quriladi (bunda katta va o‘rta quvvatli sinxron mashinalar uchun stator, ya’ni yakor chulg‘amining aktiv qarshiligini r1 = 0 deb qabul qilingan): U(M)= E0 –jI1dxad – jI1qxaq – jI1x1. 1-rasm. Ayon qutbli sinxron motorning o’ta qo’zg’atishli rejim uchun vektor diagrammasi Agar diagrammani tarmoq kuchlanishi UT ma’lum bo‘lganda qurilsa, unda (1) tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: UT E0 + jI1dxad + jIq xaq + jI1x1 . (2) (1) va (2) tenglamalarga mos keluvchi vektor diagrammalar yakor toki kuchlanishdan oldin keladigan, ya’ni o‘ta qo‘zg‘atishli rejimi uchun 1- rasmda ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinishicha, sinxron motorda yakorning bo‘ylama reaksiyasi o‘ta qo‘zg‘atishli rejimda magnitsizlovchi ta’sir qiladi (chunki MYK Fad vektori qo‘zg‘atish MYK vektori Fqo’z vektoriga teskari yo‘nalgan). Shunga o‘xshash holda ko‘rsatish mumkinki, sinxron motorda kuchlanishdan vaqt bo‘yicha orqada qoluvchi tokda yakorning bo‘ylama reaksiyasi magnitlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Download 208.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling