1. Payvandlash va eritib qoplashning turlari Payvandlash va eritib qoplashningusullari Payvandlash va eritib qoplashning turlari


Payvandlash va eritib qoplashning usullari


Download 25.65 Kb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1703273
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu.

2.Payvandlash va eritib qoplashning usullari.Payvand chok va eritib hosil qilingan qatlamning kerakli xossalariga asosan ularni legirlash yo‘li bilan erishiladi. Legirlash bir necha usullar bilan amalga oshiriladi:

a) oddiy qoplamali elektrodda yoki oddiy flyusda, shuningdek enert yoki himoya gaz muhitida legirlangan sim yoki tasmadan foydalanish yo‘li bilan;


b) kam uglerodli po‘lat tasmasidan tayyorlanib, ferro qotishma va oddiy flyuslar bilan to‘ldirilgan kukun simlardan foydalanish yo‘li bilan;
v) oddiy sim yoki tasma va flyusdan foydalanish yo‘li bilan;
g) detal sirtiga oldindan qoplangan legirlovchi elementlarni eritish yo‘li bilan.
Metaldan yasalgan detallarning ma’lum joyini (joylarini) suyuqlanish haroratigacha qizdirib, molekulyar tishlashish kuchlaridan foydalangan holda ajralmas birikma hosil qilish jarayoni payvandlash deyiladi.
Ishlash imkoniyati tiklanayotgan detal yuzasiga suyuqlantirilgan metall qatlami qoplash jarayoni suyultirib qoplash deb ataladi. Suyultirib qoplash payvandlash turlarining biridir.
Detal materialini suyuqlantirish usuliga qarab payvandlash ikki turga bo‘linadi.
Gazoviy payvandlash. Gazoviy payvandlashda detal metali yonuvchi gazlarning kislorod muxitida yonishidan xosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga suyuqlantiradi. Bunda yonuvchi gazlar sifatida atsetilen, suyultirilgan tabiiy gazlar ( propan-butan aoalashmasi), benzin va benzol bug‘lari, vodorod ishlatilishi mumkin. Atsetilen-kislorod alangasida payvandlash gazoviy payvandlashning eng ko‘p ishlatiladigan turidir: bunda alanganing xarorati 3100-3200oC ga yetadi. Propan-butan aralashmasi benzin yoki benzol bug‘i yonayotganda esa alanganing xarorati 2400-2700 oC dan oshmaydi.
Detalning payvandlanilayotgan joyiga yonuvchi gaz bilan kislorod keltirish va normal alanga xosil qilish uchun payvandlash gorelkalaridan foydalaniladi.
Payvandlash gorelkasining quvvati, ya’ni gorelkaning soatiga atsetilen o‘tkazish imkoniyati Q quyidagi formuladan topiladi:

Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling