1. Payvandlash va eritib qoplashning turlari Payvandlash va eritib qoplashningusullari Payvandlash va eritib qoplashning turlari


Download 25.65 Kb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1703273
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu.


7-MAVZU. DETALLARNI PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH YO‘LI BILAN TIKLASH.
Reja:
1.Payvandlash va eritib qoplashning turlari
2.Payvandlash va eritib qoplashningusullari

1.Payvandlash va eritib qoplashning turlari. Detallarning shakllari, o‘lchamlari va materiallari turlicha bo‘lganidan payvandlash va eritib qoplashning turli usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Payvandlashdan mexanik shikastlangan detallarni (detallarda darzlar, uchib ketgan joylari, teshiklar bo‘lganda) tiklashda, detallarning eyilgan sirtini o‘stirishda eritib qoplash usulidan foydalaniladi. Payvandlash va eritib qoplashning elektr yoy usulidan keng foydalaniladi. Payvandlash va eritib qoplashning elektr yoy usulida eritish zonasida paydo bo‘ladigan elektr yoyi materialni eritish uchun asosiy issiqlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Elektr yoyi gazli muhitda ikkita elektrodlar orasida paydo bo‘ladigan kuchli elektr razryaddan iborat, elektr razrayad uchun past kuchlanish katta tok, yoy oralig‘ida gazlarning ionlashishi xosdir. Gazlarning ionlashishi natijasida erkin elektronlar va ionlar paydo bo‘ladi, gazli muhit yuqori elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi va payvand yoyining barqaror yonishini ta’minlaydi. Payvandlash yoyi hosil qilish uchun o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklardan foydalaniladi.
Payvand yoyi bilan payvandlanganda yoy ustunidagi harorat 6000-7500 0C gacha, ko‘mir elektrodlar sirtida (anod va katod doglarda) 3000-4000 0C gacha, po‘lat elektrodlarda 2200-2500 0C gacha ko‘tariladi, bunda katod dog‘iga nisbatan anod dog‘ida harorat yuqori bo‘ladi.
Elektrodni eritish jarayoni eritish koeffitsienti bilan baholanadi, bu koeffitsient quyidagiga teng:

Bu yerda:
- eritilgan metall massasi,
-payvandlovchi tok kuchi, - eritish vaqti
Elektrod metalining erish koeffitsienti vaqt birligi ichida A ga teng. Payvandlash tokida eritiladigan metall miqdorini bildiradi va u payvandlash usuli, elektrod markasi, tok zichligi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Eritib qoplash koeffitsienti ham xuddi shunga o‘xshash topiladi.

Bu yerda:
- eritib qoplanadigan metall massasi.
Odatda eritib qoplash koeffitsienti erish koeffitsientidan oksidlanish, metall elektrodning bug‘lanishi va atrofga sachrashi hisobiga 3-5 g/A soat miqdor qadar kichik bo‘ladi. Eritib qoplashda metall elektrodning isrof bo‘lish koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha topiladi.

va u 1,1...1,25 ga teng bo‘ladi.
Payvandlash jarayonida metal eritilib, payvandlash vannasi hosil qilinadi, so‘ngra u qotib payvand chok hosil bo‘ladi. Bunda eritilgan metalda ham, asosiy metalda ham noxush jarayonlar (metallarning oksidlanishi, azotning yutilishi, legirlovchi elementlarning kuyishi, hajmiy va strukturaviy o‘zgarishi) sodir bo‘ladi, bular o‘z navbatida payvand chokning mexanik xossalari pasayishiga, ichki kuchlanishlar paydo bo‘lishiga, detalning asosiy metalida deformatsiyalanishiga olib keladi. Noxush jarayonlarning ta’sirini kamaytirish uchun payvandlanuvchi va eritilib qoplam hosil qilinuvchi zona neytral gazlar va shlaklar bilan atrof-muhitdan himoyalanadi. Elektrodlarga qoplangan maxsus shlak hosil qiluvchi moddalar (flyuslar) eriganida shlaklar paydo bo‘ladi. Eritib qatlam hosil qilishning avtomatik usullarida kukun ko‘rinishdagi flyuslar payvandlash zonasiga maxsus bunkerlar orqali uzatiladi.

Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling